Referat Mavzu: Bajardi
Угринович Д.М. Введение в религиоведение. М., 1985, с.-55
Download 27.1 Kb.
|
Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Иқтибос юқорида келтирилган А.Радугин китобидан, 57-бет.
1 Угринович Д.М. Введение в религиоведение. М., 1985, с.-55.
Taniqli amerikalik faylasuf va sosiolog E.Fromm o’zining «Psixoanaliz va din» nomli asarida dinning ijtimoiy roliga har tomonlama yondashib, uning gumanistik va avtoritar tamoyillariga e’tibor bergan. Birinchisiga dastlabki buddaviylik, daosizm va Isoi Masehning ta’limotini taaluqli deb topgan. Uningcha, Budda xudo emas, balki ulug’ ustozdirkim «Uyg’onib», ison borligining haqiqatini birinchi bo’lib anglagan. U g’ayri tabiiy kuch nomidan emas, balki aql nuqtai nazaridan har bir kishiga murojaat qilib, o’qtiradiki o’z aqlu farosati bilan haqiqatni bilishiga shaxsan intilsin. Shu bois, Nirvana konsepsiyasi ojiz va gunohkor odam holati bo’lmasdan, insonning to’liq uyg’ongan, o’zligini anglagan 25 holati hisoblanadi. Shuning uchun, buddaviylikda ilohiylikdan ko’ra, insoniylik tamoyillari kuchliroqdir2. 2 Иқтибос юқорида келтирилган А.Радугин китобидан, 57-бет. Dinning insonparvarlik (gumanistik) tamoyili yoki funksiyasi, shubhasiz insonni ma’naviy-ruhiy shakllantirish orqali amalga oshadi. Bu jihatdan islom ta’limoti ham o’zining insonparvarlik tamyoili bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega ega. Islomning gumanistik tamoyili uning muqaddas kitobi Qur’oni Karim va hadisda ifodasini topgan. Islom, uning gumanistik g’oyalari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishiga yo’l ochadi. Zero, uning ta’limotida ezgulik va insoniylikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi boy va sermazmun o’gitlar bisyor. Jumladan, Yurtboshimiz I.A.Karimov islom dini haqida bunday deb yozgan edilar: «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr – oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutishimiz kerak»1. Mana shu ma’noda islom dini tarixiga nazar tashlasak, ko’ramizki, «bu dinni anglash, uni tushunish, tushuntirish, targ’ib va pokligini saqlash borasida asrlar mobaynida ko’p-ko’p bahs-munozara va tortishuvlar, hatto jangu-jadallar ham bo’lib o’tganligini ko’ramiz» - deb ta’kidladi I.A.Karimov Imom Motrudiy tavalludining 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida. Darhaqiqat, islom dinining ta’limoti insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insonning hayoti va taraqqiyotini yaxshilash, poklik sari, adolat sari yo’naltirishda, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi. Download 27.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling