Referat mavzu: Bajardi


Download 1.55 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1590553
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat-Markaziy-Qozog\'iston

To’rg’ay okrugi. Markaziy Qozogʻiston okrugining gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Bu hududga Toʻrgʻay platosi va Mug’ojar togʻlari kiradi. Toʻrgʻay platosi Ulutoʻgʻ va Mugojar togʻlari oraligʻida joylashgan. Bu plato uzoq vaqt suv ostida boʻlib, Shimoliy Muz okeani plato oʻrtasida joylashgan botiq orqali Orol-Kaspiy boʻgʻozi bilan tutashgan.
Toʻrgʻay platosi — Ishim va Tobol daryolari havzalari bilan Orol dengizi havzasi oraligʻidagi suv havzasi. Eng baland joylari Irgiz, Toʻrgʻay, Tobol daryolarining suv havzalarida 250—300 m balandlikda joylashgan. Relefi janubga qarab asta-sekin pasayib boradi, botiq qismining o’rtacha balandligi 70—90 metrga etadi. Unda ko’p ko’llar bor. Eroziya va yuvilish natijasida mintaqaning yer yuzasi ba’zi supachalarga bo’linadi. Togʻ jinslari asosan shu hududlarda tarqalgan. Toʻrgʻay okrugi qum va loydan iborat yarim choʻl landshaft xususiyatiga ega. Iqlimi, garchi kontinental boʻlsa-da, Qozogʻistonning past togʻlariga qaraganda yumshoqroq, yogʻingarchilik miqdori esa shimoldan janubga qarab kamayib boradi – 200-300 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8, —16°S, iyulniki 16—30 S. Eng yirik daryolar Toʻrgʻay va Irgʻiz hisoblanadi va Shalkartengiz koʻliga quyiladi. O’lkaning eng past qismlarida ko’llar bor. Shalkartengiz koʻllarning eng kattasi boʻlib, undagi suv shoʻr, maydoni 1800 km². Boshqa ko’plab ko’llar sayoz bo’lib, yozda quriydi va sho’r bo’ladi.
Toʻrgʻay supasimon okrugining shimoliy qismida dasht sho’r tuproqlar keng tarqalgan, daryo vodiylari boʻylab va koʻl atrofida sho’rxoklar, o’tloq sho’ralar, sho’rlangan va sho’r o’tloq tuproqlari hosil bo’lgan. Bu tuproqlarda sho’ra, shuvoq, chim va qiyoq oʻsadi. Chala cho’llarida qumli va qumoq tuproqlar, sho’rxoklar bor. Oʻsimlik qoplami yarim butachalar va sho’ralardan iborat. Efemerlar va efemeroidlar ham bor. Toʻrgʻay oʻlkasining janubiy qismida juda shoʻrlangan qo’ng’ir tuproqlar keng tarqalgan boʻlib, oʻsimlik qoplami oq shuvoq va boyalichlardan iborat.
Mugʻajar togʻlari Ural togʻlarining janubiy davomi boʻlib, u meridian boʻylab 450 km. ga cho’zilgan. Ural daryosining ko’ndalang vodiysi Mug’ojar tog’larini Ural tog’laridan ajratib turadi. Mug’ojarning gʻarbiy yonbag’ri tik, sharqiy yonbag’ri esa qiyaroqdir, oʻrtacha balandligi 250-350 m. Eng baland yeri 656 m. Mug’ojar tog’lari gertsen burmalanishida paydo bo’lgan. Bu o’lkaning iqlimi chala choʻl tipidagi kontinental iqlim bo’lib, qishi sovuq keladi. Yanvar oyining o’rtacha havo harorati -16-17 C, iyulda +22°, +25°, atrofida. Yillik yogʻin miqdori 150-250 mm [2].

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling