Referat mavzu: Bajardi


Download 1.55 Mb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1590553
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat-Markaziy-Qozog\'iston

Ustyurt okrugi. Markaziy Qozogʻiston provinsiyasining janubi-gʻarbida joylashgan. Okrug tarkibiga Ustyurt platosi va Mangʻishloq yarim oroli kiradi. Ustyurt Mang’ishloq yarim oroli bilan Orol dengizi oralig’ida joylashgan. U baland yassi platodir. Oʻrtacha mutlaq balandligi 200 m. Lekin gʻarbda 342 m li va janubi-gʻarbida – Koplonkir chinkida 370 m li choʻqqilari bor. Ustyurtda bir qancha pasttekisliklar (Samqum, Asakaovdon, Borsakelmas) bor. Ularning mutlaq balandligi 30-50 m dan oshmaydi. Ustyurtning oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning deyarli barcha tomonlari tik qiyalik (chink) bilan tugaydi. Chinklarda uchlamchi davrga oid ohaktosh, mergel va gillarning gorizontal konlari topilgan. Chinklar Ustyurtning tabiiy chegarasi hisoblanadi.



Ustyurt gips-gilli cho’ldan iborat. Uning ustki qism neogen (Sarmat dengizi) ohaktosh, mergel va gillardan tashkil topgan, bu jinslar orasida tuzlarning oraliq qatlamlari ham uchraydi.
Ustyurt platosining asosini qadimgi yotqiziqlar, ya’ni mezozoy va paleogen yotqiziqlari tashkil etadi. Shu sababli, platoning kelib chiqishi Kimmeriya burmasida paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Keyinchalik dengizni qoplagan. (miotsen davrida) cho’kindi jinslari bilan qoplangan.
Ustyurtda oqar suvlar yo’q. Grunt suvlari juda chuqur (20-50 m) joylashgan. Ular sho’r.
Ustyurt okrugi moʼtadil va subtropik zonalar chegarasida joylashgan. Shuning uchun uning iqlimi oraliq. Iyul oyida havoning o’rtacha harorati +26, +28 C, maksimal harorat +43 C. Yanvarda o’rtacha havo harorati -8, -19 °. Sovuq bo’lmaydigan davrida gʻarbda 220—250 kun, sharqda 180—200 kun davom etadi. Yillik yogʻin miqdori 100-130 mm.
Okrug cho’llar zonasining shimolida joylashgan bo’lib, shimoliy, ya’ni mo’tadil cho’l zonasiga kiradi. Bu yerda sur-qoʻngʻir va ibtidoiy tuproqlar rivojlangan. Tuproq qatlami qalin emas va chirindi miqdori (0,5-0,8%) juda kam. Okrug tuproqlarida gips qatlami qalin (0,5), tuproqlari esa karbonatli. Tuproqning yuza qatlami serohak-gipsli bo`lib, tarkibida tuzlarning ko`pligi bilan boshqa tuproqlardan farq qiladi.
Okrugda oʻsimliklar juda kam oʻsadi, eng koʻp tarqalgan oʻsimlik burgan boʻlib, ular orasida shuvoq, sarv, saksovul bor. Pasttekislikdagi taqir tuproqlarda va sho’rxoklarda qora saksovul, sarsazan va boshqa sho’ralar keng tarqalgan. Ustyurtda sut emizuvchilarning 36 turi, qushlarning 51 turi, sudralib yuruvchilarning 20 turi, tulki, bo’ri, jayron ko’p uchraydi. Sayg’oq bor.
Ustyurt tabiiy sharoitiga ko’ra 3 qismga – shimoliy, markaziy va janubiy qismlarga bo’linadi. Uning tabiiy resurslari yaylovlar va foydali qazilmalar konlari, shuningdek, yirik neft, gaz va tuz konlaridan iborat [2].

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. P. Baratov, M. Mamatqulov, A. Rafiqov O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi T.: O’qituvchi 2002
2. I. A. Hasanov, P.N.G’ulomov O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi T.: 2002
Internet saytlar:
3. www.ziyo.uz
4. www.fayllar.uz
5. www.geografiya.uz
Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling