Referat mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari Bajardi: Qodirov J
Download 368.03 Kb.
|
5-Мавзу. Baliq va baliq mahsulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karplar oilasi
- Treska baliqlar oilasi
Osetrlar oilasi - bu oilada: osetr sevryuga, beluga, kaluga, ship baliqlari kiradi. Bunday baliqlar dengizda yashaydi. Ularning tanasi dukka o’xshash uzun va tumshug’i chiqiq bo’ladi: og’zi boshininng pastgi tomonida joylashgan; tanasida tangachalari bo’lmaydi, tanasi uzunasiga besh qator suyakchalar bilan qoplangan. Bu baliqning go’shti semiz, oq yoki sarg’ishroq rangda, juda to’yimli va mazzali bo’ladi. Osetr baliqlar ikrasi qimmatbaho bo’ladi. Bunday baliqlardan qora ikra olinadi.
L ososlar oilasi - bu oilaga: losos, semga, gorbusha, oq baliq, forel, yurka, nelma, kijuch, sig, muksun, omul va boshqalar kiradi. Bu baliqlarning go’shti mayin, seryog’ bo’lib, tanasi kumush rang tangachalar bilan zich qoplangan. Bu baliqlardan yirik donli a’lo sifatli qizil ikra olinadi. Seldlar oilasi - bu baliqlarning tanasi urchuqsimon cho’ziq ustki suzgichi bitta, tangachalari oson tozalaydigan. Bu oilaga: sardina, Murmansk seldi, Kaspiy dengiz seldi, salaka Baltika kilkasi, tyulka kabi baliqlar kiradi. Bu baliqlarning go’shti yog’lik va mazasi yaxshi. Karplar oilasi - bu oilaga: karp, sazan, vobla, lesh, jerex, taran, chexon, krasnoperka, beloglazka kiradi. Karp baliqlarning tangachasi zich yopishib, yon chizigi aniq ko’rinib turadi. Ularning go’shti oq, mayin, xushxo’r, sal shirinroq, yog’ligi o’rtacha. Okunlar oilasi - bu oilaga: okun, sudak, ersh, bersh baliqlari kiradi. Bunday baliqlarda 2 ta elka suzgich qanotlari (1-chisi tikanakli, 2-chisi yumshoq) bo’lib, tangachasi zich yopishgan, yon chizigi aniq ko’rinib turadi. Go’shti oq, mayin, lekin ozg’in. Treska baliqlar oilasi - bu oilaga: treska, piksha, sayda, navaga, nalim, mintay, kumushsimon xek baliqlari kiradi. Bunday baliqlarning tanasi uzunchoq, tangasi mayda, 3 ta yoki elka suzgich qanoti va 2 ta anal suzgich qanoti bo’ladi. Go’shti oriq, kam suyakli, o’ziga xos hidli va ta’mli bo’ladi. Ovqatlanish korxonalari va savdoga baliqlar tirik holda sovutilib, muzlatib, tuzlab, ziravorlar solib sirkalab, dudlab, quritib, ikra, konserva qilib chiqariladi. Ta’m xususiyatlari va to’yimliligi jihatidan tirik baliq sovutilgan va muzlatilgan baliqlardan yuqori turadi. Savdoga tirik holda: amall, sterlyad, karp, sazan, lesh, jerex, karas, sudak, cho’rtanbaliq, laqqa baliq, okun chiqariladi. Tirik baliq navlarga bo’linmaydi. Tirik baliq titroq bo’lishi, tangachalarining tabiiy rangi o’zgarmagan, tanasining harakati normal, g’ayratli bo’lishi kerak. Baliq turlari; 1- osyotr; 2- keta; 3- sazan; 4 - sudak; 5 - treska; 6- navaga: 7- nalim; 8- sariq qorinli kambala; 9 som; 10-salaka; 11- skumbriya; 12- skumbriya. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, hozir baliq va dengiz mahsulotlari Er sharida yashovchi aholining 50 foizdan ortig'i uchun asosiy oqsil manbai hisoblanadi. YUrtimizda ham ushbu mahsulotga bo'lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Aholi ehtiyojini inobatga olgan holda, so'nggi yillarda baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha sezilarli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Ammo sohada qilinishi kerak bo'lgan ishlar hali ko'p. Prezidentimiz 2020 yil 14 aprelda qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida mazkur sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bu yil baliq etishtirishni kamida 350 ming tonnaga etkazish, sun'iy havzalardan foydalanish samaradorligini oshirib, baliqchilik xo'jaliklari va qayta ishlash korxonalari tashkil qilish bo'yicha qator topshiriqlar berdi. — Baliqchilik qadimdan insonlar uchun to'yimli oziq-ovqat mahsuloti hamda iqtisodiy ta'minot manbai bo'lib kelgan, — dedi suhbatdoshimiz Baliqchilik ilmiy markazi direktori Dilmurod SHohimardonov. — Baliq tarkibi, asosan, muvozanatlashgan oqsil, qolaversa, inson organizmi uchun zarur proteinlar, mikroelementlar, yog' va boshqa iste'mol moddalariga boy bo'lib, ratsionli ovqatlanishni tashkil etishda muhim o'rin tutadi. Jahonda baliq mahsulotlari iste'moli aholi jon boshiga o'rtacha 21 kilogrammga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich uzoq umr ko'rish bo'yicha etakchi hisoblangan YAponiyada 60 kilogrammgacha boradi. O'zbekistonda esa bir kishining yillik baliq iste'moli 4-5 kilogrammni tashkil etadi. Bugun yurtimizda baliqchilik sohasi rivojlanmayapti, deb bo'lmaydi. Oxirgi yillarda ko'plab baliqchilik xo'jaliklari tashkil etildi. Bozorlarimiz baliq va baliq mahsulotlari bilan etarlicha ta'minlanyapti. Mamlakatimizda 2009 yilda 10 ming tonna baliq mahsulotlari etishtirilgan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich 200 ming tonnaga etdi. Bu ishlar bugun ham izchil davom ettirilmoqda. Ayni paytda tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga zamonaviy texnologiyalar, baliq etishtirishning intensiv usullari joriy etilmoqda. — Bilamizki, baliq etishtirishning bir qancha usullari mavjud. Bugungi kunda ularning qay biri samaraliroq hisoblanadi? — Jahonda baliq etishtirishning asosan ikki usuli — tabiiy suv havzalari(okean, dengiz, ko'l, daryo va boshqalar)dan baliq ovlash va nazorat qilinadigan sharoitlarda baliq etishtirishga asoslangan akvamadaniyat keng ommalashgan. Akvamadaniyat ham, o'z navbatida, intensiv va yarim intensiv yo'nalishlarga bo'linadi. Hozir mamlakatimizdagi aksariyat baliqchilik xo'jaliklari zamonaviy usullardan keng foydalanmoqda. Ayni paytda mavjud 3824 ta baliqchilik xo'jaligidan 240 tasi tabiiy suv havzalaridan baliq ovlayotgan bo'lsa, 3584 tasi allaqachon akvamadaniyat asosida baliq etishtirishga o'tgan. YUrtimizda yaqin vaqtgacha 1970-yillarda joriy qilingan sun'iy tashkil etiladigan tuproq havzalarda baliq etishtirish texnologiyasi keng qo'llab kelingan. Hozir ham ayrim baliqchilik xo'jaliklarida foydalaniladigan ushbu yarim intensiv texnologiya yordamida 1 gektar sun'iy hovuz maydonida o'rtacha 30 tsentner baliq etishtirish mumkin. Ammo u katta miqdorda er va suv resurslarini talab etadi. Baliq etishtirishning dunyoda keng tarqalgan intensiv texnologiyalari esa ancha tejamkor bo'lib, ular er va suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Bunda 1 kub metr suvda 40 kg. va undan ko'proq hosildorlikka erishish mumkin. Intensiv texnologiyalarning bir nechta turi mavjud bo'lib, hozir yopiq suv ta'minoti tizimi, basseynlar, tuproq hovuzlardagi suvni tozalab, kislorod bilan boyitish va qayta ishlatishga ixtisoslashgan texnikalar olib kelinmoqda. Bunda 1 kub metr suv hajmida 40 – 200 kg. baliq etishtiriladi. SHuningdek, joylardagi tabiiy suv havzalarida o'rnatilgan qafaslarda baliq etishtirish ham keng yo'lga qo'yilyapti. Bu juda samarali va intensiv texnologiya bo'lib, tabiiy havza hosildorligiga ta'sir qilmagan holda 1 kub metr suvda 40 kg.dan ortiq baliq etishtirishni ta'minlaydi. Uning uchun qo'shimcha er va suv resurslari ham talab qilinmaydi. Ayni paytda respublikada 800 ming gektardan ortiq tabiiy suv havzalari mavjud bo'lib, 600 ming gektarida baliqchilik bilan shug'ullanish imkoniyati bor. SHundan 305,6 ming gektari hozirgi kunda 240 ta baliqchilik xo'jaligiga uzoq muddatli ijaraga berilgan. Mavjud sun'iy suv havzalari esa 37,9 ming gektarni tashkil etadi. Afsuski, ularning atigi 0,6 foizida intensiv baliqchilik yo'lga qo'yilgan. Baliq go‘shti tarkibida oqsil, yog‘, mineral moddalar, A, D vitaminlari va boshqa moddalar bor. Oqsil ayniqsa muhimdir. Oqsil baliq go‘shtidagi moddalarning 21% ini tashkil etadi, ahamiyatsizroq oqsil moddalari juda ham kam, ular faqat biriktiruvchi to‘qimalardagina mavjud. Yog‘ tarkibi turli zot baliqlarda 0,1 dan 30% gacha va undan ham ortiq o‘zgarib turadi. Baliqlar yog‘lilik darajasiga ko‘ra yog‘liq baliqlarga (yog‘i 7-8% dan ortiq), o‘rtacha yog‘liq baliqlar (yog‘i 1-7%) va oriq baliqlarga (yog‘i 1% gacha) bo‘linadi. yog‘ baliqning ta’mini yaxshilaydi va uning kaloriyasini oshiradi. Mineral moddalar miqdori taxminan 0,5 dan to 2% atrofida o‘zgarib turadi. Baliqda shuningdek, kaltsiy, kaliy, fosfor va qalqonsimon bezning normal faoliyati uchun ayniqsa zarur bo‘lgan yod ham bor. Baliqlarning ximiyaviy tarkibi hatto bir xil zotdagi baliqning o‘zida ham o‘zgarib turadi va bu holat bir qator omillarga bog‘liqdir. Bu omillarning asosiylari - jinsi, katta-kichikligi, yoshi, oriq-semizligi, ovlash vaqti va ovlanadigan joyi hamda ovlangandan so‘ng ishlanish usullaridan iborat. Chunonchi, erkak baliqlarning go‘shti urg‘ochi baliq go‘shtiga qaraganda birmuncha yumshoq konsistentsiyaga ega. Yirik baliqlar odatda maydalariga nisbatan yog‘liroq, chiqitlari esa kamroq bo‘ladi. Semiz baliqlarda yog‘dan tashqari oqsil ham oriqroq baliqlarga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Baliq go‘shti hayvon go‘shtiga nisbatan odam organizmida to‘laroq va tezroq hazm bo‘ladi. Masalan, go‘shtlik taomlar organizmda 4-5 soat davomida, baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlar esa 2-3,5 soatda hazm bo‘ladi. Go‘shtlik oziq-ovqatlarni doim navbati bilan baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlarga almashtirib iste’mol qilish tavsiya etiladi. Turli baliqlarning kaloriyaliligi turlichadir, masalan: semiz baliqning 100 g go‘shti 140 dan to 250 kkal, o‘rtacha semiz baliq go‘shti-90 dan to 110 kkal, oriq baliq go‘shti- 70 dan to 90 kkal bo‘ladi. Bundan tashqari semiz baliqlar A va D vitaminlariga boyroq bo‘ladi. Oriq baliqlarda vitaminlar bo‘lmaydi, bo‘lsa ham juda kamdir. Yashash sharoitiga ko‘ra barcha baliqlar dengizda yashovchi va chuchuk suvda yashovchi baliqlarga bo‘linadi. Dengiz baliqlari esa o‘z navbatida chala o‘tkinchi va o‘tkinchi baliqlarga bo‘linadi. Chala o‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yish davrida dengizdan chiqib, daryoning quyilish joylariga keladi va tuxum qo‘yish davri tugagach, yana dengizga qaytadi. O‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yish vaqtida dengizdan daryoga o‘tadi va oqimga qarshi yuzlab kilometr masofa suzib ketadi; tuxum qo‘yish davri tugagach, ular yana dengizga qaytadi. Tana tuzilishiga ko‘ra: sersuyak baliqlar (sazan, seldlar, lesh), kamsuyak baliqlar (som, treska) va tog‘aysimon suyakli baliqlar (osetr, sevryuga, beluga, ship, sterlyad) bo‘ladi. Suyagi va eb bo‘lmaydigan boshqa chiqitlari kam bo‘lgan baliqlar eng qimmatli hisoblanadi. Baliqlar osetrlar oilasi, lososlar oilasi, seld, karp, okun, treska va boshqa xil baliq oilalariga ajratiladi. Xulosa Hech kim baliqning foydali ekanligi bilan bahslashmaydi. Aslida, uning yuqori ovqatlanish qiymati tufayli baliq butun vujudga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Baliq mahsulotlarida haqiqiy sog'liqni saqlash formula saqlanadi: juda hazm bo'ladigan oqsillar, yog 'kislotalari, D vitamini va yod, selen, ftor, magniy, kaltsiy kabi turli xil minerallar. Shunday qilib, baliq va baliq mahsulotlarining tarkibi va ozuqaviy qiymati bugungi kunda suhbat mavzusi. Qizig'i shundaki, baliq go'shti tarkibida turlar, yosh, oziq-ovqat turi, individual yashash joylari kabi ko'plab omillarga bog'liq. Biroq, har qanday holatda, baliq qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir. Baliq maxsulotlarida proteinlar ulushi (1957-1982 yillar) so'yish uchun o'stirilgan hayvonlarning go'shtidan ancha yuqori. Yog 'miqdori taxminan 5% ni tashkil qiladi va oqsil (foydali protein) va uglevod tarkibining chegarasi 27% gacha. Hech bir oziq-ovqat mahsuloti inson tanasini bir vaqtning o'zida juda ko'p ozuqa bilan ta'minlay olmaydi. Va osonlik bilan hazm qilinadi va ortiqcha yog'li to'qimalar bo'lmaydilar. Baliq kelib chiqishi (dengiz baliqlari, shirin suvlar) yoki yog' miqdori bilan bir nechta turlarga bo'linishi mumkin. Dengiz baliqlari shirin suvda yashovchi baliqlarga qaraganda boyroqdir va shuning uchun ko'proq omega-3 moddalarini o'z ichiga oladi. Dengiz baliqlarida ko'proq yod, lekin shirin suvda baliq, ko'proq fosfor - oddiy miya funktsiyasi uchun zarur bo'lgan modda. Shunga qaramay, yog'li baliqlar ko'proq kaloriya hisoblanadi, lekin u daryoning yuqorisida baholanadi. Baliqning tasnifi quyida keltirilgan ko'rsatkichlarga o'xshash: Aslida: dengiz baliqlari: losos, qo'ziqorin, orkinos, mayinbog'lar, halibut, cod, sprat, baltik somonlari va boshqalar Chuchuk suvli baliq: chilli, baliq, baliq, toshbo'ron, alabalık, tench, roach, baliq, zander va boshqalar Yog 'tarkibi bo'yicha: Yalang'och baliqlar: hake, cod, tilapia, dengiz boshi, kerguelen, tench, chigirtka, pollock, pangasius, çipura, roach. o'rta yog'li baliqlar: alabalık, daryo pergası, toshbo'ron, guruch. yog 'baliqlari: halibut, losos, yoviq, orkinos, sviter, makkel, sardalya, shpallar. Download 368.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling