Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni


Download 149.13 Kb.
bet1/8
Sana18.10.2023
Hajmi149.13 Kb.
#1708323
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Referat maxsus ta\'lim metodikasi (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI DIN ISHLАRI BO‘YICHA QO‘MITА


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

70230101 – “LINGVISTIKA (SHARQ TILLARI)” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA

MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI” fanidan


REFERAT
MAVZU: DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI MAZMUNI
Bajardi: F. Muhammadjonov
Qabul qildi: filol. fan. dokt., prof. D.Lutfullayeva


Toshkent – 2023

Mavzu: Davlat ta’lim standartlari mazmuni


Reja:



  1. Kirish………………………………………………………………………..3




  1. Asosiy qism………………………………………………………………….6




  1. Davlat ta’lim standartlari haqida umumiy tushuncha……………........….6



  1. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:....................................................9




3. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari
mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar (magistratura kesimida)........................15



  1. Xulosa………………………………………………………………...……...18



IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………….........….….…..21
Kirish:

Davlat ta’lim standarti, bir davlatning ta’lim tizimida o‘quvchilar, o‘qituvchilar, maktab va oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan talablardan iborat ma’lumotlar jamlanmasidir. Bu standartlar, ta’lim sohasidagi samaradorlik, sifat, tartib va boshqa muhim ko‘rsatuvlarni belgilashda asosiy ko‘rsatkichlardir.


Davlat ta’lim standartlari, ta’lim sohasidagi umumiy maqsadlarni, o‘quvchilarning bilim va malakalarini oshirish, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, o‘qituvchilarning tayyorlashi, ta’lim sifatini oshirish, ta’limning baholash va monitoring tizimini ta’minlash, ta’limning xalqaro standartlarga moslashishini ta’minlash va boshqaruvchi organlarning ta’lim sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirishning asosiy vositalarini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? – Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: Ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;

  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;

  • ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;

  • sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;

  • ta’lim jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash;

  • mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:

  • ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;

  • ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish;

  • xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;

  • o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarish va ta’minlashdan iboratdir.

  • milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

7-moddasida davlat ta’lim standartlari yoritilgan:
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.




  1. Download 149.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling