Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari
Download 149.13 Kb.
|
Referat maxsus ta\'lim metodikasi (1)
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:Davlat ta’lim standartlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat hisoblanadi: Taʼlimni standartlashtirish – bu butun dunyo kasb-hunar taʼlimini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Xalqaro talablarga javob beruvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar taʼlimi ekvivalentligini hamda oʻz navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida toʻsiqlarsiz ishtirok etishini taʼminlaydi, ikkinchidan taʼlim xizmatlari sifatiga aniq (qatʼiy) talablarni belgilab qoʻyish natijasida kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda taʼlim muassasalari ishining samara nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash zarurdir. Jumladan: ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yyoriy bazani yaratish; xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayyoniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yyorlar va talablarni belgilash; ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Download 149.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling