Referat ishinig vazifalari. Referat ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar bilan tanishib chiqamiz.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.
Referat ishining ilmiy amalish ahamiyatlari.Referat ishining ilmiy ahamiyati shundan iborat ki xususiy biznes va tadbirkorlikning rivolanishi va rag’batlantirilishi davlat tomonidan olib borilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida O‘zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to‘rtta qismni — xususiy biznes rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta’minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o‘z ichiga oladi.
Referat ishining tuzilishi va hajmi. Referat ishi 21 betdan iborat bo’lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |