Referat mavzu: Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishini rag’batlantirish mexanizmi
Download 119.73 Kb.
|
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI QO
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda barcha xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda) 6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin: Oldingi tahrirga qarang. (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son) tijorat banklari tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash; xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish; Oldingi tahrirga qarang. xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish. (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son) (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan) 10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin: yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy javobgarligini ikki barobarga oshirish; bojxona nazorati muddatini uch yil bilan cheklash, shuningdek, tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan bir yil keyin, bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblashni taqiqlash. Download 119.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling