Referat mavzu: Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishini rag’batlantirish mexanizmi
Bob. Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi va rag’batlantirish mexanizmi
Download 119.73 Kb.
|
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI QO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor infrastrukturasini hamda xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish
1 Bob. Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi va rag’batlantirish mexanizmi.
1.1 Xususiy biznes xa tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashdavlat dasturi to’risida. Xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va davlat, xo‘jalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik muhiti yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1.Xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi ma’qullansin (ilova qilinmoqda). 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni ta’minlasinlar, respublikada tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targ‘ib qilsinlar. 5. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha idoralararo kengash raisi, Bosh vazirning o‘rinbosari V. A. Chjen va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. Bozor infrastrukturasini hamda xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish 1. Qishloqda xususiy biznes va tadbirkorlikning ishlab chiqarish infrastrukturasini ustuvor rivojlantirish amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor melioratsiya, gidrotexnika, elektr energiyasi inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sug‘orishga, eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratiladi. Qishloq joylarda kichik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimi va inshootlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar, telekommunikatsiya tizimlari ustuvor ko‘riladi. Qishloqda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish davlat dasturi va mahalliy dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Qishloqda bozor infrastrukturasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida respublika viloyatlarida bozor qayta o‘zgartirishlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga, bozor infrastrukturasini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga, respublika ichki va tashqi iqtisodiy xo‘jalik aloqalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirishga da’vat etilgan Tadbirkorlik departamentlari tashkil etiladi. Tadbirkorlikni va xususiy biznes qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ning xususiy tadbirkorlarga va xususiy biznesga kreditlar berish, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam ko‘rsatishni amalga oshiruvchi hududiy tarmoqlari rivojlanadi. Tadbirkorlikni va xususiy biznes sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish bo‘yicha hududiy agentliklar tashkil etiladi. Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilgan, to‘lanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sug‘urta qilgan, tadbirkorlik va xususiy biznes rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan chet el investitsiyalari sug‘urta yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlagan holda kichik va xususiy korxonalarning kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishlari uchun investitsiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan o‘tkazadilar. Xususiy biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa fondlar, sug‘urta muassasalari tashkil etiladi. Respublika mintaqalarida davlat organlarida tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarini ifodalaydigan, bozor konyunkturasini o‘rganishda, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatishda, korxonalarni ro‘yxatga olishda, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda ko‘maklashadigan “Tadbirkorlar palatasi” tashkil etiladi. Qishloqda qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’minotida, mahsulotni sotishda va transport xizmati ko‘rsatishda yordam beradigan, mahsulotni saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga kommunal, maishiy, tuzatish-qurilish xizmatlari ko‘rsatadigan, jamoa, dehqon xo‘jaliklari a’zolari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarini o‘qitadigan, axborot ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatadigan Biznes markazlar tashkil etilmoqda. Xususiy qo‘yilmalarga asoslangan, ilg‘or texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun butlovchi buyumlarni sotib olish uchun mablag‘larni birinchi navbatda maqsadli ayirboshlash huquqiga ega bo‘lgan agroinvestitsiya firmalari tashkil etilmoqda, kontraktlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi organlarida ruxsat beruvchi tartiblarsiz ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Faoliyat turlari bo‘yicha mayda ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga yordam berilmoqda, bu uyushmalar o‘z manfaatlarini jamoa yo‘li bilan himoya qilishi, xo‘jalik yuritishning ilg‘or usullarini yeyishi lozim. Kredit muassasalarini rivojlantirish, ixtisoslashgan tijorat banklari tarmog‘ini, shu jumladan xususiy biznes va tadbirkorlik sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoya ishtirok etgan tijorat banklari tarmog‘ini kengaytirish davom etmoqda. Savdo uylari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya vositachilari, fond do‘konlari, kliring va agentlik tarmoqlari faoliyati kengaytirilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni axborot bilan ta’minlashda, bozor konyunkturasini o‘rganayotgan, bozor imkoniyatlariga axborot xizmati ko‘rsatishni taklif etayotgan xususiy korxonalar ishida, tarmoqlararo ma’lumotlar bankini yaratishda yordam berilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, uning to‘siqsiz qabul qilinishi, saqlanishi va keyinchalik iste’mol tarmog‘ida tahsimlanishini ta’minlash maqsadida kichik va xususiy ulgurji-vositachilik tuzilmalari, ixtisoslashgan bozorlar, ulgurji do‘konlar, bazalar, saqlash joylari, omborxonalar jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori nav urug‘lari va ekish materiallari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun qishloq joylarda urug‘ yetishtiradigan hamda ularni sotadigan urug‘chilik korxonalari tashkil etilmoqda. Qishloqdagi tadbirkorlarga tuzatish-tiklash, agrokimyo, zooveterinariya va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatadigan agroservis korxonalari tashkil etilmoqda. 3. Davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‘zgartirishga demografiya siyosati o‘tkazilishini, oilani har tomonlama rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishini, xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash va uni rag‘batlantirish yo‘li bilan aholini ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Aholining qishloqda o‘rnashib qolish jarayonini rag‘batlantirish va uni xususiy biznes hamda tadbirkorlik sohasidagi ishga jalb qilish maqsadida qishloq joylarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga) turar joy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurishda, gazlashtirish, suv va elektr ta’minotida, telefonlashtirishda, aloqada, kommunal obyektlarni qurishda, radio va televideniye xizmatlarida afzalliklar yaratish nazarda tutiladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida ijtimoiy sohani rivojlantirishga investitsiyalar ulushini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ijtimoiy soha obyektlarini aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish uchun xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga berish yo‘li bilan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Download 119.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling