Referat mavzu: Davlat tomonidan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishini rag’batlantirish mexanizmi


Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash


Download 119.73 Kb.
bet5/9
Sana28.02.2023
Hajmi119.73 Kb.
#1238198
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI QO

Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash
1. Biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiyotning normal mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani barpo etish qismi bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berishda paydo bo‘ladigan budjetning, kredit, sug‘urta muassasalari va korxonalarining yo‘qotishlarini kompensatsiya qilishga, kreditlarga kafolat berishga va tadbirkorlar faoliyatini sug‘urta qilishga da’vat etilgan Tadbirkorlik va xususiy biznes qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond) tashkil etildi.
Xususiy biznes va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, ham bilvosita (imtiyozli soliq solish) mablag‘ bilan ta’minlash yo‘li bilan respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘larini, jamoat jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek xususiy xayr-ehson va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimlari va inshootlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar qurilishi, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek ijtimoiy infrastrukturani ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini, mehnat kuchlari ortiqcha bo‘lgan qishloqlarda esa uy-joy qurish uchun zarur bo‘lgan qishloq, joylarda muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash ushbu obyektlarni rivojlantirishning tegishli davlat dasturlari doirasida ustun darajada tegishli budjetlar va budjetdan tashqari fondlar hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘larning 20 foizini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirish hisobidan amalga oshiriladi. Maqsadli davlat markazlashtirilgan sarmoya qo‘yilmalarini qishloqda xususiy biznes va tadbirkorlik infrastrukturasini rivojlantirishga taqsimlash davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlariga yuklanadi.
Meliorativ, gidrotexnika, elektr energetikasi inshootlari va tarmoqlari qurilishi, yerlarga suv chiqarish, ekologik va eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, kimyoviy melioratsiya, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, jamoa korxonalari va boshqa korxonalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, qishloq joylarda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish tegishli davlat dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq joylarda ijtimoiy-madaniy va sport maqsadlaridagi barcha muassasalarga, shu jumladan nogironlar va mehnat faxriylari uylari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari xarajatlari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport tadbirlari o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlar ustun darajada budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Soliq solish tartibi, xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliq to‘lashdan ozod qilish, ularni to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga soliq krediti berish tizimi joriy etiladi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkdan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi soliqlar joriy etiladi.
2. Ulush qo‘shib qatnashish shartlarida va kredit berish shaklida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar ustun darajada infrastrukturani rivojlantirishga, xususiy biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Biznes-fondga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘larning 50 foizi beriladi.
3. Biznes va tadbirkorlik subyektlariga, kredit tashkilotlariga tegishli farq Biznes-fond mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilingan holda, imtiyozli foizli stavkalar bo‘yicha kredit berilishi mumkin. Xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda kredit beruvchi kredit tashkilotlari imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanadilar. Xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarga to‘lanadigan kreditlar to‘lanmasligi tavakkalchiligini majburiy sug‘urta qilish tizimi joriy etiladi. Bunda xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarining kreditlarni va kreditlardan foydalanganlik uchun foizlarni sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat davomida o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash haqidagi javobgarligi sug‘urta obyekti hisoblanadi.
4. Tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish maqsadida kichik va tadbirkorlik subyektlari ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ko‘rsatib o‘tilgan jamiyatlar qatnashchilarining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jamlash uchun xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro kredit berish jamiyatini tuzadilar, manbalari haqida deklaratsiya to‘ldirilmaydigan xususiy mablag‘larga asoslangan agroinvestitsiya firmalari tashkil etiladi.
Biznes va tadbirkorlikning xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlari asosiy ishlab chiqarish fondlarini tezlikda yangilash uchun asosiy fondlarning tegishli turlari uchun belgilangan normadan ikki baravar ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratmalarni ishlab chiqarish chiqimlariga tegishli deb hisoblagan holda asosiy ishlab chiqarish fondlarini jadal amortizatsiya qilish qo‘llaniladi. Xususiy biznes va tadbirkorlik subyektlarini jadal amortizatsiya qilish mexanizmini qo‘llash bilan bir qatorda amortizatsiya ajratmasi sifatida, uch yildan ortiq xizmat qilgan asosiy fondlarning dastlabki qiymatining 50 foizigacha hisobdan chiqarib tashlashning qo‘shimcha tizimi joriy etiladi.
5. Biznes va tadbirkorlikning ilgari xususiylashtirilgan korxonalari va subyektlarining to‘lovga qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlariga baho berishga asoslangan hamda ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini davom ettirishga qaratilgan qarzdorlarning qarzni to‘lay olmasligi sanatsiyasi tizimi shakllantiriladi. Qarzni to‘lay olmaydigan qarzdorlarning mol-mulkini xususiylashtirish hamda umumiy ishlab chiqarish tuzilmasi tarkibida haqiqiy bankrotlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish obyektlarini maydalashtirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.


Download 119.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling