Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Hisoblash texnikasi qachondan boshlab rivojlana boshlagan?
2. Al-Xorazmiyning fanga qo‘shgan ulkan hissasi nimadan iborat?
3.11k mexanik hisoblash texnikalan va ulami ishlab chiqqan
olimlam ismlarini ayting.
4. Birinchi EHM qachon va kim tomonidan yaratilgan?
5. EHMlaming qanday avlodlarini bilasiz? Ular bir-biridan
qanday tomonlari bilan farq qiladi?
3-§. KOMPYUTERNING ASOSIY QURILMALARI
3.1. LTmumiy ma’Iumotlar
Kompyuter - murakkab hisoblash tizimi bo‘lib, inson tafak-
kuriga nisbatan million, hatto milliard marta tezroq hisoblash hamda
mantiqiy yechimlami qabul qilish qurilmasi sanaladi.
21
Kompyuter o ‘ta itoatkor qurilma bo‘lib, inson tomonidan beril
gan buyruqlami tez, sifatli va aniq bajara oladi. Kompyuterlar bunday
buyruqlami bajarishi uchun ularda mos dasturiy ta’minot o ‘rnatilgan
bo‘lishi zarur.
Kompyuterlardan foydalanuvchilami ikki guruhga ajratish mum
kin: oddiy foydalanuvchilar va amaliy dasturchilar.
Amaliy dasturchilar fan, turli xo‘jalik sohalari va hayotda ucbrab
turadigan masalalar uchun amaliy dasturlar ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadilar. Ular tomonidan kompyuterda hal qilish mumkin
bo‘lgan juda ham katta sinfdagi masalalar uchun dasturiy ta’minotlar
yaratilgan. Oddiy foydalanuvchilar esa amaliy dasturchilar mahsulot-
laridan turli maqsadlarda foydalanadilar.
Kompyuter tizimiga kiruvchi turli qurilmalar uning apparat
ta’minoti, kompyuter tomonidan bajarilishi nazarda tutilgan dasturiy
majmualar esa dasturiy ta’minoti deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |