Referat mavzu: institutsional iqtisodiy islohotlar va iqtisodiyotni boshqarish tiziming tubdan o`zgartirilishi jarayonlari
Referat ishning ilmiy amaliy axamiyati
Download 110.87 Kb.
|
sardorga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referat ishning tuzilish va xajmi
- INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR
Referat ishning ilmiy amaliy axamiyati: Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiy yo’li, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, bir yoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiy yo’lga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Referat ishning tuzilish va xajmi: Referat ishi 23 betdan iborat bo`lib, 3 ta reja xamda xulosa va takliflarni o`z ichiga oladi. I BOB INSTITUTSIONAL IQTISODIY ISLOHOTLAR VA IQTISODIYOTNI BOSHQARISH TIZIMING TUBDAN O`ZGARTIRILISHI JARAYONLARI 1.O`ZBEKISTONNING IQTISODIY SIYOSATIDA INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi XX asrning oxirgi o‗n yilligi insoniyat tarixiga buyuk davri yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin bir-biriga qarama-qarshi qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta‘sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o`z taraqqiyot ko`lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O`zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish maqsadida o`zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O`zbekistonning o‗z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo`lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O`zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo`lda Prezident .Ma‘lumki, sobiq ittifoq davrida O`zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan qilish imkonidan mahrum bo`lib, respublikaning o`rni faqat mustahkamlangan edi, xolos. O`zbekiston o`z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko`rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O`zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o`rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta‘kidlash kerakki, O`zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. ―Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a‘zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‗lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‗in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat‖,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Bayonotda o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan O`zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu yo`lni qonun bilan mustahkamladi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining asarlari, ma‘ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; umumbashariy qadriyatlarni ustun qo`ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish; tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlikni o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga intilish; xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. Download 110.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling