Referat mavzu: institutsional iqtisodiy islohotlar va iqtisodiyotni boshqarish tiziming tubdan o`zgartirilishi jarayonlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUTUN JAHON JAMOATCHILIGI OLDIDA XALQARO IQTISODIY-HUQUQ NORMALARI RATIFIKATSIYASI


Download 110.87 Kb.
bet5/6
Sana24.03.2023
Hajmi110.87 Kb.
#1291707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sardorga

3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUTUN JAHON JAMOATCHILIGI OLDIDA XALQARO IQTISODIY-HUQUQ NORMALARI RATIFIKATSIYASI
O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e‘tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida ―Diplomatik munosabatlarni o`rganish tartibi‖, ―O`zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish‖ haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o`z aksini topdi.
Shu o`rinda aytib o`tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta‘minladi. O‗zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‗i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‗rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‗zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda. O`z navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi.
Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‗lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta‘sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e‘tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a‘zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‗rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O`zbekistondagi vakili etib saylandi.
O`zbekiston BMTning to`laqonli a‘zosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‗ilishlarida ishtirok etishi bilan o`zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O`zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e‘tiborini qaratishi O`zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o`rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo`yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e‘lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta‘qiqlash bo`yicha xalqaro nazorat o`rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo`yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
XULOSA
Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlaming butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
O`zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro miqyosda manfaatli bo`lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bagishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning ko`p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o`ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O`zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko`pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‗ilishlarda O`zbekiston prezidentiningkiritgan aniqtashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi ―6+2‖ guruhining tuzilishiga asos bo`lgan edi. (O`zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va ―Tolibon‖ harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o`tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo`ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o`zida bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni ―Afg‗onistondagi mojorolarni tinch yo`l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to`g‗risidagi‖ tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O`zbekiston rahbariyatining ko`p yillik sa‘y-harakatlari natijasi edi. O`zbekiston rahbariyatining tinchlik yo`lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg‗onistonda muxolif kuchlar o`rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko`zga tashlandi. Mazkur Bayonot o`zaro qon to`kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o`tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O`zbekistonning tinchlik yo`lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko`zga tashlanib qoldi. Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot ixte'yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog‘ liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon'yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaravchi kuchlaming rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning. yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta mu- rakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ro‘y berib turadi. Jumladan, 2008-yilda AQSHda boshlangan va hamon davom etib turgan jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir. 



Download 110.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling