Referat mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi Bajardi: Mamurjonova Muslima Tekshirdi: Iqtisodiyot nazariyasi predmeti vazifasi va o’rganish metodlari


Download 47.86 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi47.86 Kb.
#1525651
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
iqtisod




REFERAT
Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi
Bajardi:Mamurjonova Muslima
Tekshirdi:__________________


Iqtisodiyot nazariyasi predmeti vazifasi va o’rganish metodlari.

Birinchidan, odamlarning o‘zlari iste’mol qilishlari uchun zarur bo‘lgan ne’matlarni yaratishga qaratilgan faoliyatini tashkil qilish usulini shunday deb ataydilar «iqtisodiyot-ekonomika» so‘zining ma’nosining sinonimi «xo‘jalik» tushunchasidir.


Ikkinchidan, «iqtisodiyot» odamlar cheklangan resurslardan o‘zlarining hayotiy ne’matlariga bo‘lgan talablarni qondirishda qanday foydalanayotganliklarini o‘rganuvchi fandir.
Bu fanning nomi Qadimiy Yunonistonning buyuk olimi Aristotel tomonidan ikki so‘z: «oykos» – xo‘jalik va «nomos» – qonun so‘zlarini qo‘shish yo‘li bilan berilgan. Shuning uchun ham «ekonomika» – iqtisodiyot» yunonchadan aynan tarjima qilinganda «xo‘jalik qonunlari» ma’nosini bildiradi. Iqtisodiyot fani odamlarning o‘zlarini tutishini o‘rganishi sababi, garchi unda ishlatiladigan tadqiqot usullari matematika va turli xil jadvallarning kengroq ishlatilishini, qo‘llanilishini taqozo etsa ham, xuddi tarix yoki falsafasi kabi ijtimoiy fanlar toifasiga kiritilgan.
Nobel mukofoti sovrindori, amerikalik iqtisodchi, professor Pol Samuelson iqtisodiy nazariyaga shunday ta’rif beradi: «Iqtisodiy nazariya – bu ishlab chiqarish va odamlar o‘rtasidagi almashinuv bo‘yicha faoliyat haqidagi fandir. U iqtisodiy hayotning harakatini, narxlarining ishlab chiqarishini, ishsizlikning rivojlanishidagi tendensiyalarni o‘rganadi. Ana shu holatlar o‘rganib borilgan sari iqtisodiyot hukumat uning vositasida iqtisodiy hayotga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan buyuk siyosatni ishlab chiqishga yordam beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi – tanlash ilmidir. U turli xil tovarlarni ishlab chiqarish va jamiyatning turli xil a’zolari o‘rtasida taqsimlash uchun odamlar cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer, mehnat, uskunalar, texnik bilimlar)dan foydalanishning qaysi usullarini tanlashlarini o‘rganadi. U odam o‘zining iste’mol va ishlab chiqarishni tashkil qilish muammolarni qay tarzda hal qilayotganligini o‘rganadi, pulni, foiz me’yorini, kapital va boylikni tadqiq qiladi».


Download 47.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling