Referat mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi Bajardi: Mamurjonova Muslima Tekshirdi: Iqtisodiyot nazariyasi predmeti vazifasi va o’rganish metodlari
«Iqtisodiyot » fani nimani o‘rgatadi?
Download 47.86 Kb.
|
iqtisod
«Iqtisodiyot » fani nimani o‘rgatadi? Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida XVII-XVIII asrlarda, kapitalizmning oyoqqa turayotgan davrida vujudga keldi. Uning o‘sha paytdagi asosiy vazifasi davlat boyliklarining manbalarini aniqlash edi.
Eng oldin merkantizm (italyancha «merkenta-savdogar» so‘zidan olingan) nazariy maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktab vakillari odamlarning boyligini evaziga hamma narsani sotib olish mumkin bo‘lgan pullar tashkil qiladi deb hisoblashar edi. Merkantilistlarning tasavvurlari kapital boshlang‘ich jamg‘arishga katta daromadlar keltiruvchi xalqaro savdoga muvofiq kelardi. Bu holatda boylikning o‘sishi o‘z-o‘zidan ayon edi, zero, o‘sha vaqtda tovarlar bir mamlakatda ancha past narxlarda sotib olinar, boshqa mamlakatda esa ancha baland bahoda sotilar edi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasini vazifasi davlatning mamlakatda savdoni kengaytirish va oltinni to‘plashga da’vat etilgan siyosat uchun tavsiyalar ishlab chiqarish deb hisoblar edilar. Merkantilizmning angliyadagi birinchi namoyondasi Tomas Lin (1571-1641 y.y.) savdogar: Ost-Indiya kompaniyasining kotibi edi. U tovarlarni chet ellarga chiqarishni ko‘paytirish va xorijdan keltirilgan tovarlarni iste’mol qilishni kamaytirish choralarining butun bir dasturini ishlab chiqdi. Bu dasturga quyidagi choralar kirgan edi: chet ellardan olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish; aholini xorijdan keltirilayotgan mahsulotlarni iste’mol qilishini qonunchilik yo‘li bilan cheklash; chet ellarga chiqarilayotgan mahsulotlarning qiymatini oshirish uchun mamlakat faoliyatidan foydalanish; ancha uzoqda joylashgan mamlakatlar bilan qilinayotgan foydali savdo-sotiqni rag‘batlantirish; mamlakatda chiqarilayotgan tovarlarning sifatini ko‘tarish uchun hunarmandchilik ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash. Fransuz iqtisodchisi Antuan De Monkretyen (1575-1671 y.y.) iqtisodiy nazariyaga «siyosat iqtisodi» degan nom berdi (bunda «siyosat» sifati yunoncha «politika» – davlatni boshqarish san’ati so‘zidan tuzilgan, «ekonomiya – iqtisod» esa «oykos» – uy, xo‘jalik, «komos» – ta’limot, qonun so‘zlaridan olingan). U paytda siyosiy iqtisod to‘g‘risidagi tasavvur «davlatining qanday boyishi» haqidagi fan sifatida qabul va talqin qilinar edi. Merkantilizmdan keyin fiziokratlarning nazariy ta’limoti paydo bo‘ldi. Ular klassik siyosiy iqtisodga asos soldilar. Klassik siyosiy iqtisod boylik sifatida odamlarning ishlab chiqarish faoliyatini tan oladi. To‘g‘ri, fiziokratlar birgina tarmoq – boylik tabiiy yo‘llar bilan, tabiatning in’omi sifatida ko‘riladigan qishloq xo‘jalik bilan cheklab qo‘ygan edilar. Bu yerda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotning ko‘paytirilishi, sof foyda olinishi bilan qoplanadi. Daromad hosilining umumiy summasidagi ishlab chiqarish xarajatlarini ayrib tashlash bilan hisoblab chiqariladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan fiziokratni qarashlarning bir yoqlama ekanligi bilinib qoldi. Fiziokratlar jamiyati boyligining o‘sishini faqat yerning tabiiy unumdorligi bilangina bog‘lar edilar va shunga asoslanib, sanoatni daromadlarni ko‘paytiruvchi tarmoq deb hisoblamas edilar. Millat boyligining tashkil topishi va o‘sishi masalalari bo‘yicha savollarga eng asosli javoblarni klassik maktab vakillari – ingliz iqtisodchilari Uilyam Petti (1623-1687 y.y.), Adam Smit (1723-1790 y.y.), David Rikardo (1772-1823 y.y.)lar berishdi. Bu iqtisodchilarning asosiy (bosh) xizmati shundaki, ular o‘z ta’limotlarida shuni aniqlab berdilarki, butun millatning boyligi moddiy ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida vujudga keltiriladi. Boylikning o‘sishi ishlab chiqarishga dastavval (pul, tovarlar shaklida) sarflangan qiymatlar mehnat jarayonida qo‘shimcha kattalik (foydaga yoki qo‘shimcha qiymat)ga o‘sib o‘tgandagina ro‘y beradi. Iqtisodiy nazariyaning pirovard natijasida haqiqatan ham tom ma’nodagi fanga aylanishiga imkon bergan tamoyil jihatdan muhim bo‘lgan kashfiyot mana shu tarzda qilingan edi. Qiymatning mehnat nazariyasini asoslangan ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari kapitalistik iqtisodiyotni mana shu nazariyadan kelib chiqib o‘rganolmadilar. Bu ishni Karl Marks (1818-1883 y.y.) oxiriga yetkazdi. K. Marksning bosh xizmati qo‘shimcha qiymat nazariyasining yaratilishi bo‘ldi. K.Marks kapitalistik ishlab chiqarish qandoq va qaysi shart-sharoitlarda vujudga kelishi, u qaysi yo‘nalishda rivojlanishini aniqladi. Hozirgi kunlarda jahon iqtisodiy fanining ilmiy darajasi sezilarli ravishda o‘sdi. 1969 yildan boshlab Shvetsiya fanlar akademiyasi ushbu sohadagi faoliyat uchun har yili Nobel mukofoti bilan taqdirlamoqda. Iqtisodiy ilim biznes uchun amaliy ahamiyatga ega va ishchilik jamiyatining taraqqiyoti uchun yordam beradi. Download 47.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling