Referat Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni auditi Bajaruvchi: Po`latov a ilmiy rahbar: Qo`chqarov Sh Reja


Download 112.5 Kb.
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1427249
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit REFERAT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

«Iqtisodiyot» fakulteti


“Turizm(Faoliyat turlari bo’yicha)” yo’nalishi sirtqi bo`lim
191- guruh talabasi Po`latov Azizbekning
“Buxgalteriya hisobi va audit” fani

Referat


Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni auditi

Bajaruvchi: Po`latov A
Ilmiy rahbar: Qo`chqarov Sh

Reja

  1. Kirish……………………………………………………………3

  2. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari……………………..………...4

  3. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish…………………………………..…...……………6

  4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi………………….……………………………..…………..13

  5. Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish……………..…17

  6. Xulosa……………………………………………………………21

  7. Adabiyotlar ro`yxati………………………………….…………21



  1. Kirish

Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy vama’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro ma’lum munosabatda bo’ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o’rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo’lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog’liq bo’lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo’lmaganda kishi bilan tabiat o’rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo’lmas edi. Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.



  1. Download 112.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling