Referat mavzu: k means algoritmi Bajardi: Sh. Xoshimov Tekshirdi
Download 160.25 Kb.
|
Semantik to\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Sh.Xoshimov Tekshirdi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI REFERAT Mavzu: K means algoritmi
Toshkent – 2023 Reja: I Kirish. II Asosiy qism. 2.1 Algoritmning umumiy tavsifi 2.2 Bilimlarni tavsiflash modellari. III Semantik tarmoqlar. IV Xulosa. V Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Inson aqliga xos va o’xshash narsani yaratish va undan murakkab ishlarda foydalanish fikri kadimdan kishilarni uylantirib kelgan. 14 asrda yashagan olim R.Lulliy tushunchalar kvalifikatsiyasiga asoslanib mashina yaratishga xarakat kilgan. 18 asrda yashagan G.Leybnis va R.Dekart bir-biridan mustakil holda xamma fanlar buyicha universal til taklif etishgan. Ushbu taklif sun’iy intellekt rivojiga asos bo’ldi. Sun’iy intellektning fan yo’nalishi sifatida rivojlanishi EXM paydo bo’lganidan so’ng mumkin bo’ldi. Bu narsa 20 asrning 40-yillariga to’g’ri keladi. Shu paytda N.Viner yangi fan kibernetikaga asos soldi. Sun’iy intellekt termini (artifikalintelligence) 1956 yilda Amerikada taklif etildi. Sun’iy intellekt tan olingandan ko’p o’tmasdan u ikki asosiy yo’nalishga ajraldi: "Neyrokibernetika" va "qora yashik" kibernetikasi. Fakat - hozirgi paytga kelib bu ikki yo’nalish yana qo’shilish tendensiyasiga yo’l tutmokda. "Neyrokibernetika" yo’nalishini quyidagicha izoxlash mumkin: O’ylashi va fikr qilishi mumkin bo’lgan birdan-bir ob’ekt bu-inson miyasidir. Shuning uchun boshqa yaratiladigan fikrlovchi qurilma uning tuzilishini aks ettirishi kerak. Shunday qilib neyrokibernetika inson miyasiga o’xshash strukturalarni modellashtirishga karatilgan. Fiziologlar tomonidan inson miyasida o’zaro bog’langan va o’zaro amal qiluvchi 10^21 tadan ko’p nerv tukimalari - neyronlar borligi oldindan aniqlangan. Shuning uchun neyrokibernetika maqsadi neyronlarga o’xshash elementlarni yaratish va ulardan amal qiluvchi birikmalar tuzish edi. Bu birikmalarni neyron tarmoqlari (neyroset) deb kabul qilingan. Birinchi tarmoqlar Amerika olimlari G.Rozenblat va Mak-Kamok tomonidan 50-yillar oxirida yaratilgan. Bunda inson kuzini va uni miya bilan aloqasini modellashga xarakat qilingan edi. Ular yaratgan qurilma perientron deb atalgan. Ushbu qurilma bir kurinishda yezilgan xarflarni ajrata olgan, lekin uning ikkinchi kurinishini ajrata olmagan, masalan A, kabi kurinish bu qurilma uchun ikkita belgi hisoblangan.70-80 yillarga kelib bu yo’nalishdagi ishlar kamaya boshladi. Birinchi urinishlar natijasi muvaffakiyatli emas edi. Buni mualliflar usha paytda bo’lgan EXMlar ishlash tezligi past va xotirasi kichikligi bilan izoxlaganlar. 80-yillarga kelib Yaponiyada bilimlarga asoslangan EXM 5-avlod bazasida 6- avlod EXM yaratildi, bu bilan tezlik va xotira kamchiliklari amalda olib tashlandi. Bu kompyuterlar neyrokompyuterlar deb ataldi. Parallel ishlovchi kompyuterlar - transpyuterlar paydo bo’ldi. Neyrokompyuterlar uchun maqsad belgilarni ajratish bo’lib koldi. Hozirgi davrga kelib neyron tarmoqlarini ajratishning uch yo’nalishi mavjud: - barcha algoritmlarni bajara oluvchi mikrosxemalar birligidan iborat maxsus kompyuterlar yaratish; - tez ishlovchi kompyuterlarga asoslangan maxsus dasturlar yaratish; - yukoridagi ikki yo’nalishni birlashtirish, ya’ni hisoblash bir kismni maxsus sxemalar, bir kismini dasturlar bajaradi. "Qora yashik" kibernetikasi yo’nalishi neyrokibernetikaga qarama-qarshidir. "O’ylovchi" qurilma qanday kurilgani axamiyatga ega emas. Asosiysi, berilgan ko’rsatmaga u inson miyasidek javob qaytarsa yetarli. 1963-70 yillarga kelib sun’iy intelekt masalalariga matematik mantiq usullarini qo’llay boshlashdi. Shu asnoda 1973 yilda Prolog algoritmik tili yaratildi. 70-yillar o’rtalarida AKShda mutaxassis - ekspertlar bilimini modellashtirish goyasi tugilishi sun’iy intellekt amaliy qo’llanilishida katta turtki bo’ldi. AQSh da birinchi bilimlarga asoslangan tizimlar, ya’ni ekspert tizimlar paydo bo’ldi. MUCIN va DENDRAL nomli meditsina va ximiyada qo’llaniluvchi ekspert tizimlar qo’llanila boshlandi. 80-yillar o’rtalaridan boshlab sun’iy intellekt tadbirkorlik mashgulotiga aylana bordi. O’z-o’zini o’qitish tizimlariga bo’lgan kizikish kuchaya bordi. Download 160.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling