Referat mavzu: Kapitalni joylashtirish undan oqilona va samarali foydalanishni baholash Majidov Xurshid
Download 107.92 Kb.
|
Moliyaviy rejalashtirish referati
Inson salohiyatining ahamiyati
Inson kapitalining ahamiyatini bir nechta turli usullarga asosan baholash mumkin. An’anaga ko‘ra, iqtisodchilar buni ko‘proq ta’lim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblar edi. Tadqiqotlar har bir qo‘shimcha ta’lim yili inson daromadini o‘rtacha 10 foizga oshirishini ko‘rsatdi. Bunda ta’lim sifati ham muhim. Misol uchun, AQShdagi boshlang‘ich maktabning alohida sinfida malakasi past o‘qituvchini o‘rta darajadagi mutaxassisga almashtirish o‘quvchilarga butun umri davomida 250 ming dollargacha umumiy daromad olish imkonini beradi. Ammo kognitiv imkoniyatlar inson kapitalining yagona ko‘rsatkichi emas. Mardlik, iroda va halollik kabi ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar, odatda katta iqtisodiy samaradorlik keltiradi. Sog‘liq ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, sog‘lom insonlarning mehnat samaradorligi yuqori bo‘ladi. Misol uchun, 2015-yilda Keniyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalarga narxi atigi 30 sentga teng gelmintlarga qarshi dori vositalarini berish maktabda dars qoldirishni kamaytirishga, keyinchalik esa mustaqil hayotga qadam qo‘yganda oylik maoshining jami 20 foizga oshishiga olib keldi. Erta yoshdan inson kapitalini turli yo‘llar bilan o‘lchab borish yaxshi samara beradi. Bolani go‘daklikdan to‘g‘ri ovqatlantirish, sog‘lom rivojlanishini rag‘batlantirish keyinchalik uning jismoniy va ruhiy farovonligini yaxshilaydi. Ayni paytda bolalikda kognitiv va ijtimoiy-hissiy imkoniyatlarda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni balog‘at yoshiga yetganda tuzatish qimmatga tushadi. Shuning uchun hukumat tomonidan inson kapitalini bola hayotining dastlabki 1000 kunligida rivojlantirish iqtisodiy samara beradi. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sish bilan nechog‘li bog‘liq? Birinchidan, inson kapitaliga individual sarmoyalardan olinadigan foyda qo‘shilsa, umumiy samara alohida qismlar miqdoridan ko‘proq ekanligi ayon bo‘ladi. Keniyadagi maktab o‘quvchilariga qaytadigan bo‘lsak, birgina bolaning gelmintlardan xalos bo‘lishi boshqa bolalarning zararlanish ehtimolini kamaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning kelajakda yaxshi o‘qishi va ulg‘aygach nisbatan katta maosh olishiga olib keladi. Inson kapitalini rivojlantirishning ayrim afzalliklari jamlanib, sarmoya kiritilayotgan avlod bilangina cheklanib qolmaydi. Masalan, onaning farzandning prenatal parvarishi haqidagi bilimini boyitish bolalarning go‘dakligidanoq sog‘lig‘ini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, inson kapitaliga individual investitsiyalar umumlashtirilganda, turli mamlakatlarda inson kapitaliga kiritilgan investitsiya bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar o‘rtasidagi tafovut 10 foizdan 30 foizgacha bo‘lishini ko‘rsatdi. Misol uchun, XIX asr o‘rtalarida Braziliya ziyoli yevropaliklarning San-Pauloga immigratsiyasini rag‘batlantirgan. Natijada 100 yildan so‘ng bu shtatda yuksak darajadagi ta’lim, qishloq xo‘jaligiga nisbatan sanoatda ko‘proq bandlik, shuningdek, aholi jon boshiga yanada yuqori daromad kuzatildi. Ayniqsa, ta’lim katta samaradorlik keltiradi, shuning uchun u qashshoqlik ko‘lamini qisqartirishda muhim rol o‘ynaydi. Buni Gana tarixi ham tasdiqlaydi: 1990-yillarda va 2000-yillar boshida mamlakat ta’limga ketadigan xarajatlar miqdorini ikki barobar ko‘paytirish orqali asosiy ko‘rsatkichlarni keskin oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada 1999-yildan 2012-yilgacha mamlakatda savodxonlik darajasi 64 foizga yetdi, qashshoqlik darajasi esa 61 foizdan 13 foizga tushdi. Ta’limga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishi mumkin. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan o‘ziga to‘q oilalarda tug‘ilgan farzandlar bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va bu butun umri davomida qator afzalliklarga olib keladi, aksincha, nochorroq oilalar farzandlari bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi. Bunday muammoni hukumat tomonidan hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlar amalga oshirilganda iqtisodiy tengsizlikning qisqarish tendensiyasi kuzatiladi. Shimoliy Karolinada o‘tkazilgan tadqiqot agar Qo‘shma Shtatlar bolalikdanoq samarali rivojlanish dasturlaridan foydalansa, mamlakatda daromadlardagi tengsizlik 7 foizga kamayishini ko‘rsatdi. Bu esa AQShning Kanada darajasiga erishishi uchun yetarli. Inson kapitaliga sarmoya kiritishdan jamiyat ham katta manfaat ko‘radi. Uzluksiz maktab ta’limi turli jinoyatlar sodir etilishi ehtimolini kamaytiradi. 2017-yilda Liberiyada narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, o‘g‘rilar va jinoyatga moyil boshqa erkaklar kognitiv-axloqiy terapiyaga yo‘naltirilishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilgan. Bu ularga o‘z hissiy holatini anglab yetish, o‘zini idora etishni yaxshilash va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutgan. Unchalik ko‘p xarajat talab etmagan dastur ushbu insonlarning jinoyat olamiga qaytishi ehtimolini sezilarli darajada qisqartirdi. Inson kapitali shaxsning jamiyat hayotida ishtirok etishi bilan bog‘liq. 1970-yillarning o‘rtalarida Nigeriyada umumiy boshlang‘ich ta’lim joriy etilib, bolalarning katta qismi boshlang‘ich maktablarga qamrab olindi. Bir necha yil o‘tib, bu yigit va qizlar yangiliklar bilan qiziqish, tengqurlari bilan siyosat haqida suhbat qurish, palata yig‘ilishlari va saylovlarda ishtirok etishni boshladi. Inson kapitaliga investitsiya kiritish ishonch darajasini ham oshiradi. O‘qimishli insonlar boshqalarga ko‘proq ishonadi, ishonch darajasi baland bo‘lgan jamiyat odatda nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishadi. Shuningdek, ular ancha sabrli ham bo‘ladi: tadqiqotlar yigirmanchi asr o‘rtalarida Yevropada amalga oshirilgan maktab islohotlari odamlarning migrantlarga nisbatan bag‘rikengroq bo‘lishiga xizmat qilgan. Download 107.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling