Referat Mavzu: Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari fanining rivojlanish tarixi
Download 22.54 Kb.
|
mah
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari fanining rivojlanish tarixi Tekshirdi: Normatova Maftuna Bajardi: Abdusattorova Mahliyo
- 2Logopsixologiya fanining maqsad vazifasi
- Logopsixologiya
O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Fan va Innovatsiya Vazirligi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va Psixologiya Fakulteti Fan: Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari Referat Mavzu: Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari fanining rivojlanish tarixi Tekshirdi: Normatova Maftuna Bajardi: Abdusattorova Mahliyo Mavzu: Logopsixologiya va psixologik korreksiya metodlari fanining rivojlanish tarixi Reja: 1 Logopsixologiya fanining rivojlanish tarixi 2Logopsixologiya fanining maqsad vazifasi Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopsixologiya boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq. Nutqiy buzilishl korreksiyalash va oldini olish bilan shug'ullanishda nutq buzilishlari simptomatikasini bilish, nutqiy faoliyat tizimida nutqiy bo'lmagan belgilar aloqasini o'rganish uchun logopsixologiya boshqa fanlar bi lan o'zaro aloqada faoliyat ko'rsatadi. Bolalarning rivojlanish bosqichlarini psixiktomondan o'rganishda bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya va logopediya fanlari o'zaro hamkorlikda ish olib borishi kerak. Bolalar psixologiyasi bo lalarda kechadigan ruhiy jarayonlarni o'rganadi. Bolalar psixologi yasi bolani boshqa shaxslar bilan muloqotga kirisha oladigan, meh nat qila oladigan shaxsga qay tarzda aylanishini ko'rsatib beradi. Pedagog bolalar psixik rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashda va farqlashda yuqorida bayon etilgan bilimlarga tayani- shi lozim. Logopsixologiya — maxsus psixologiyaning bir bo‘limi, maxsus psixologiya esa umumiy psixologiyaning bir yo‘nalishidir. Umumiy psixologiya psixikaning tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyat- larini me’yorida o‘rgansa, logopsixologiya ana shu qonuniyatlarni nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda o‘rganadi. Shuningdek, um u miy psixologiyada qoilanadigan tadqiqot metodlari, tamoyillar, o‘rganilayotgan holatlarning tushunchalari, atamalari logopsixo- logiyada ham qoilanadi. 1970-yilda A.R.Luriya tashabbusi bilan bolalar neyropsixologi- yasi rivojlana boshladi. Logopsixologiya logopediya bilan bog‘liq. Ma’lumki, logopediya nutqida kamchiligi boigan bolalarning taiim -tarbiya tizim ini tashkil etishda logopsixologiya tomonidan o‘rganiladigan bolalarning guruhli, yosh va individual psixologik - xususiyatlari haqidagi bilimlarga tayanadi. Logopsixologiya tibbiy fanlar bilan aloqada rivojlanadi. Bu fan- lar bir xil o‘rganish obyektiga ega. Lekin bu fanlar o‘rganish pred- metiga ko‘ra farqlanadi. Logopsixologiya nevrologiya, psixiatriya, fiziologiya fanlari bilan bogiiq. Logopsixologiya nevrologiya, fi- ziologiya fanlarini integratsiyalash natijasida nutq nuqsoniga ega boigan bolalarning psixik rivojlanish holatini yangi sifat nuqtayi nazaridan baholash imkonini beradi. Funksional tizimlar nazari- yasining yaratilishi, bosh miya qobigi funksiyalarining joylashishi (lokalizatsiyasi) haqidagi nazariyaning ishlab chiqilishi, alohida ehtiyojlarga ega bolalarda oliy psixik funksiyalarning shakllanishi va rivojlanishi nutq kamchiliklarini tahlil etishning yangicha usul- larini keltirib chiqardi. Logopsixologiya — otoloringologiya, nevropatologiya, psixopa- tologiya, oligofreniyaklinikasi,pediatriya fanlari bilanham bogiiqdir. Bu fanlarning m aium otlari ovoz buzilishlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu holatda ovoz buzilishlari halqum nuqsonlari asosida yuzaga kelgan boiishi mumkin. Ko‘p buzilishlar markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bogiiq boiib, uning tashxisi logoped va vrach-nevropatologning o^zaro faoliyati asosida amalga oshiriladi. Nutq buzilishlarida ruhiy rivojlanishning turli holatlari — emot- sional-irodaviy, diqqat, xotira, aqliy mehnat faoliyati hamda shaxs- ning psixik rivojlanishi orqada qoladi. Bu ma’lumotlar nutq buzi- lishini aniqlash va unga kerakli yordam ko‘rsatishda muhimdir. Nutqiy buzilishlar miya faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holatlarda logopedik ish bilan bir qatorda markaziy asab tizimi faoliyatini faollashtiruvchi dori-darmon orqali ham davolash olib boriladi. Logopsixologiya lingvistika va psixolingvistika bilan o‘zaro bog‘liqdir. Logoped lingvistika fanida berilgan til birliklari va qoi- dalarini yaxshi bilsa, bu unga aniq tashxis qo‘yishi, to‘g‘ri korrek- siyalashga yordam beradi va logopedik ish samaradorligining oshi- shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Logopsixologiya umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnos- tika fanlari bilan bogliqdir. Logoped bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini bilishi, psixologik-pedagogik tekshiruv metodlarini qollay olishi lozim. Shunday qilib, logoped nutq buzilishlarining turli shakllarini farqlashi, intellektual, emotsional va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq nutqiy buzilishlarga tashxis qo‘yish malakasiga ega bo'lishi kerak. Psixologiyaga oid bilimlarni bilish logopedga faqat nutqiy bu- zilishni emas, balki nutqiy buzilishni ruhiy buzilishlar bilan bog'liqligini to'g'ri tushunish imkoniyatini beradi. Bunday bilim turli yoshdagi nutq nuqsoni mavjud bolalar bilan muloqotga kiri- shishga imkon beradi. Shunday qilib, maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lgan logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi si fatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida takomillashib bormoqda. L.S. Vigotskiy, R.A. Luriya, Elkonin, Y.M. Mastyukova va boshqa bir qator olimlarning bolalarda uchraydigan nuqsonlar etimologiyasi, tavsifi, tasnifiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tashxislash, ular bilan korreksion-logopedik ish olib borish metodikalari, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari logopsixologiyaning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari sifatida xizmat qiladi. Xorijiy va mamlakatimiz defektologlarining rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ta’limtarbiyasi, ularni ijtimoiy moslashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarida ilgari surilgan g‘oyalar respublikamizda logopsixologiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida ta’lim masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning bola tarbiyasi haqidagi fikrlari, g‘oyalari, bolani jismonan va aqlan soglom o‘stirish borasidagi o‘gitlari, o‘zlari amal qilgan didaktik metodlar hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning nomi matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho‘qqilarga ko‘tara olgan mutafakkir sifatida tarixda abadiy qoldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri — «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o‘nli pozitsion sanoq sistemasining iste’molga kiritilishidir. Uning «Al-Jabr val-muqobola», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus Zijlari», «Kitob suratard», «Yer sathini oichash», «Quyosh soati to‘g‘risida», «Yahudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash», «Vasiyatlar kitobi» kabi asarlari jahon matematika fanini va amaliy matematikani boyitdi. «Logopsixologiya» kursi defektolog bakalavrlarni tayyorlash tizimida asosiy o'rinlardan birini egallaydi, chunki talabalar o‘zlarining keyingi ish faoliyatlari davomida maxsus ta’lim-tarbiya tizimida rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlash, nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularning oldini olish bilan shug‘ullanadilar. Ma’lumki, nutq nuqsonlariga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshirishda defektolog maxsus psixologik bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlari, ularning shaxsini shakllantirish omillari haqida bilimlarga ega bo‘lishi va ana shu bilimlarga tayangan holda faol psixokorreksion (tuzatish) ishlarini olib borishi zarur. Shuningdek, mazkur kurs davomida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko'nikmalarini egallab boradilar, har bir nutq kamchiligida bola hissiy-irodaviy doirada, psixik jarayonda o‘ziga xos, alohida xususiyatlarga ega ekanligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kursning asosiy vazifasi talabalarga logopsixologiya fanining barcha bo‘limlarini, logopsixologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan (maxsus pedagogika, logopediya, psixologiya, maxsus psixologiya, psixolingvistika va h.k.) fanlarning yangi ilmiy yutuqlarini hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni berishdan iborat. Logopsixologiya fanining o'rganish obyekti tug‘ma yoki orttirilgan nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalardir. Logopsixologiya fanining predmeti doirasiga nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning psixik xususiyatlarini o‘rganish va psixokorreksion ishlarni tashkil etish jarayoni kiradi. Logopsixologiya fanining vazifalari: — turli nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxslarning psixik rivojlanish xususiyatlarini o'rganish; — nutq nuqsonlarining differensial diagnostika metodlarini ishlab chiqish; — nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini o'rganish va bartaraf etish; — nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda hissiy-irodaviy sohani va shaxslararo raunosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish metodlarini ishlab chiqish; — nutq nuqsoniga ega bolalarning bilish faoliyatidagi va hissiyirodaviy sohasidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi. Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin oqibatlar darhol yuzaga kelmadi, balki ma’lum vaqt o'tganidan keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar natijasida, ma’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibatlar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bolada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z vaqtida rivojlanmaganida ma’lum bo'ladi. Birgina sabab, ma’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqarishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlarning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq. Ushbu omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayonidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri. 128 Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili. Korreksion ishning vazifalari bola rivojlanishining to iiq psixologik diagnostikasiga asoslanganidagina to‘g‘ri belgilanishi mumkin. Psixologik diagnostika va korreksiya bir-birini to'ldir adigan jarayonlardir. Shuning uchun bolaga psixologik korreksiya kerakmi yoki yo'q degan savolga javob berishdan oldin, bolaning psixologik rivojlanish xususiyatlarini, muayyan yangi psixologik hosilalarning shakllanganlik darajasini, malakalar, bilimlar, ko‘nikmalar, shaxsiy va shaxslararo aloqalarning rivojlanganlik darajasining bola yoshi bosqichlariga muvofiqligini aniqlab olish zarur. Alohida individuumning barcha psixik xarakteristikalarini bir butun (yaxlit) o‘rganish tamoyili determinizm va tizimlilikning umummetodologik tamoyillarini yanada aniqlashtiradi. Bu tamoyil L.S. Vigotskiyning biron buzilishning tizimli tahlilini amalga oshirish imkonini beradigan nuqson tuzilishi haqidagi konsepsiyasining asosini tashkil qiladi. Bu tamoyilning mohiyatini faoliyatli psixologiya doirasida ko'proq ochib berish mumkin. Unga ko'ra inson o'zini predmetli-manipulyativ, o'yin, o'qish va mehnat faoliyatida imkon darajada to‘liq namoyon etadi. Bunday yondashuv sinalayotgan s haxs psixikasining barcha sohalarini — shaxsi, intellekti, xulqalvorini ochish imkonini beradi. Insonga shaxs sifatida yondashish tamoyili nutq kamchiligiga ega shaxslarni tekshirishda g'oyat muhimdir. Bolaning emotsionalirodaviy holatini belgilab beradigan xulq-atvor yo‘nalishini hisobga olmasdan turib, psixologik yordam samarali bo‘la olmaydi. Psixolog liar bir bolani va uning ota-onasini nodir, avtonom individlar sifatida qabul qilishi hamda ularning erkin tanlash, o‘zini-o‘zi belgilash huquqini, o‘z hayoti bilan yashash huquqini tan olishi va hurmat qilishi lozim. Faoliyat orqali yondashuv tamoyili. Tekshiruv bolaning yetakchi faoliyati hisobga olingan holda amalga oshirilishi lozim. Agar bu maktabgacha yoshdagi bola bo'lsa, o'yin feoliyati kontekstida, maktab bolasi bo'lsa, o'quv faoliyatida. Ayrim hollarda, agar rivojlanishda, shu jum ladan nutq rivojlanishida orqada qolish kuzatilsa, o‘yin metodikalari maktab yoshida ham o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari bola va o'smir 129 uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya etiladi. Bolani dinamikada o‘rganish tamoyili. U bolalarning mavjud imkoniyatlarinigina emas, balki ularning kelgusida bilimlari va ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga yo'naltirilgan. L.S. Vigotskiyning ta’lim va rivojlanish nisbatlari haqidagi konsepsiyasi shu tamoyilga asoslanadi. Unga ko'ra bola o'zi mustaqil hal qiladigan masalalar bilan belgilanadigan aktual rivojlanish zonasi va bola kattalar yordamida hal qiladigan masalalar belgilab beradigan eng yaqin rivojlanish zonasi farqlanadi. Individual va kollegial tekshirish shakllarini birga qo'shib olib borish tamoyili kam kuch sarflab, eng yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Tekshirishning kollegial shaklida bir mutaxassis ikkinchisining yordamchisi sifatida ish olib borishi va o'z o'rnida sinovdan o'tuvchining xatti-harakatlarini tashkil qilishi, ijobiy emotsional fon yaratishi va, ayniqsa, olingan diagnostika natijalarini tahlil qilishda faol qatnashishi mumkin. Bunda bir xil faktlarga har xil nuqtayi nazar bilan qarash va optimal xulosaga kelish imkoni bo'ladi. Rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, nuqsonning yuzaga kelish jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuqsonni bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etishini o'rganish nazarda tutiladi. Ruhiy holatlarning to'g'ri tavsifnomasi nuqsonning kelib chiqish sabablari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni inobatga olgan holda tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so'zni, tovushni tahlil — sintez qilish malakasini egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda agramatizmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, noaniq talaffuz nutqiy faollikning susayishiga, muloqotga kirishishda ehtiyojning kamayishiga olib keladi. Bola atrofdagilarning masxaralashlaridan uyalib muloqotga kirishmaydi, natijada esa, bolaning faol va passiv lug'ati kamayadi. Rivojlanish tamoyiliga ko'ra, nuqsonni statistik jihatdan ta’riflashga emas, balki uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga alohida urg'u beriladi. 130 Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyilga ko'ra, ong inson xulq-atvori va xatti-harakatining boshqaruvchisidir. Ma’lumki, biologik nasldan naslga o'tuvchi xususiyatlar psixik funksiyalar shakllanishining shartlaridan birinigina tashkil etadi. Insonga insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar dunyosi va hodisalarni egallashga boigan intilishlar xos. Faoliyat esa inson ongining shakllanish omilini yuzaga keltiruvchi shartlaridan biri sanaladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning ifodasidir. Inson o‘zining faoliyatini ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo'naltirib boradi. Inson faoliyatiga xos boigan xususiyatlardan yana biri shundaki, uning bilish jarayonlari iroda bilan bog‘liq boiadi, ularga tayanadi, ya’ni faoliyat bilish va iroda jarayonlarisiz yuz berishi mumkin emas. Nuqsonli bolalarni o‘rganishda ushbu tamoyil nuqsonli bolalar faoliyati ana shu bolalarning rivojlanish darajasini aniqlovchi asosiy parametr ekanligini nazarda tutadi. Psixik rivojlanishning nutq bilan bogiiqligi tamoyili. Nutqiy faoliyat bola psixikasi, turli ruhiy jarayonlar (sensor, intellektual, hissiy iroda sohasi) bilan bogiiq holda shakllanadi. Bolada kechayotgan ruhiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini individual o‘rganish natijasida bola nutqining nuqsonli rivojlanishini aniqlash mumkin. Olingan ma’lumotlarning tahlilida sifat-son jihatdan yondashish tamoyili, bir tomondan, son ko‘rsatkichlari asosida sifat birliklari yotishi lozimligiga asoslansa, ikkinchi tomondan, tekshirish natijalari mana shu rasmiy ko‘rsatkichlardan iborat boimay, vazifalarning bajarilish jarayoni (operatsiyalarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishda sobitlik va h.k.) ham tahlil qilinishini talab etadi. Logopsixologiyaning metodlari Kuzatish metodi. Bu metodga ko'ra kuzatish aniq reja asosida olib borilishi va natijalar qayd varag'iga yozib borilishi kerak. Bola kuzatilayotganini bilmasligi lozim. Agar bola bu holatdan xabardor bo'lsa, bu metod tabiiyligini, haqqoniyligini yo'qotadi. Kuzatish jarayonida tekshiruvchi faqat bolaning tashqi holatlarini ko'rishi mumkin: bolaning amaliy faoliyati, ma’noga ega xarakterlari va h.k. Biroq psixolog tashqi" holatlarni kuzatish bilan cheklanmay, mana 131 shu tashqi holatlar zamirida yashiringan psixik jarayonlar sifat va holatlarini to‘g‘ri aniqlay bilishi lozim. Kuzatish metodida asosiy urg‘u tashqi holatlarni ta’riflashga emas, ulardan to'g'ri xulosalar chiqarishga qaratiladi. Produktiv faoliyatni tahlil qilish metodi. Bola faoliyati mahsuliga bolalar chizgan rasmlar, applikatsiya, qurish-yasash, turli o'yinchoqlar, yasagan narsalari, ular tomonidan yozilgan she’r va ertaklar kiradi. Bunda bolalarning o'z ixtiyorlariga ko'ra mustaqil bajargan faoliyat mahsuli alohida ahamiyatga ega. Masalan: bola rasmda aks ettirgan predmet bilan bolaning tasavvuri o'rtasidagi aloqani aniqlash mumkin. Laborator va tabiiy eksperiment metodi. Laborator eksperiment laboratoriya sharoitida, maxsus qo'llanma va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda tekshiriluvchi o'zining tekshirilayotganligini biladi. Notanish sharoit, ayniqsa, apparaturalardan foydalanish bolaga o'zgacha ta’sir etib, uning xulq-atvorida, o'zini tutishida o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bola hatto topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun eksperiment jarayonida qiziqarli o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Tabiiy eksperiment kundalik tabiiy sharoitda (dars, muloqot, o'yin) olib boriladi. Bunda bolalar ularga tavsiya etilayotgan o'yinlar, topshiriqlar ma’lum bir maqsadda berilayotganini bilmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga nisbatan qo'llaniladigan tabiiy va laborator eksperiment metodlarida keskin farqlar kuzatilmaydi, chunki har ikkalasida ham bolalar o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan faoliyat turi bilan mashg'ul bo'ladilar. Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaruvchi eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb nomlanadi. Suhbat metodi. Bu metoddan bolaning atrof-muhit haqidagi bilimlarini, xulq-atvori, oila va ta’lim muassasasiga munosabatini aniqlash uchun foydalaniladi. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli va qiziqarli bo'lishi kerak. Suhbatga alohida tayyorgarlik ko'riladi, ya’ni mavzu, savollar oldindan o'ylangan bo'ladi. Ko'p hollarda bolalarning javobi savollarning mazmuni bilan bir qatorda, bolalarning tekshiruvchiga nisbatan munosabatiga ham bog'liq. Test metodi. Test inglizcha so‘z bolib, tekshirish, sinash ma’nolarini anglatadi. Bu usulning afzalligi shundaki, qisqa vaqt ichida, ommaviy tarzda ko‘p tekshiruvchilarni tekshiruvdan o‘tkazish mumkin. Testlar mazmuniga, tuzilish shakliga ko'ra: individual, guruhli, harakat, intellektual, psixologik va boshqa turlarga ajratiladi. Test — bu bolalarga qat’iy aniq sharoitda tavsiya etiladigan, maxsus tanlangan vazifalar tizimi. Bolaning har bir to'g'ri javobi uchun baho qo'yiladi. Test javoblari bir necha variantlarda beriladi. Vazifa bir xil yoshdagi bolalar guruhiga beriladi va ularning o'rtacha o‘zlashtirish ballari hisoblab chiqiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan testlar birlamchi faoliyat (o'yin, qurish-yasash) tarzida tavsiya etiladi. Testlar yordamida bolalarni maktabda taiim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlash mumkin. Shuningdek, testlardan foydalanib, rivojlanishida orqada qolishlar kuzatiladigan bolalarni aniqlash mumkin. Lekin testlar bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun test metodini boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi. Sotsiometriya metodi. Bu metod shaxslararo munosabatlarni, shuningdek, bolalarning guruhdagi o‘rnini o‘rganish imkonini beradi. Bunda asosan quyidagicha savollardan iborat anketalar tarqatiladi: «Sen kim bilan ]sayrga borishni xohlaysan?», «Sayrda kim bilan o'ynashni xohlaysan?», «Tug'ilgan kuningga kimni taklif etasan?», «Kim bilan bir partada o‘tirishni xohlaysan?» va h.k. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bunday savollar berish tavsiya] etilmaydi. Bunda bolaga o'ziga yoqqan 3 ta o'yinchoqni tanlab olish taklif etiladi. So‘ng bolaga «maxfiy tarzda» shu o'yinchoqlarni o'ziga yoqqan bolalar shkafchasiga solib qo'yish tavsiya etiladi. Olingan natijalar sotsiogramma jadvalida aks ettiriladi. Jadvalda aks etgan natijalar yordamida guruh «yulduzlari», lider bolalar guruhi aniqlanadi. Shuningdek, bu metod yordamida bolalarning kirnlar bilan do'stligi yoki do'stlashishga intilishlari haqida maiumot olinadi. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling