Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)


Download 175.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana02.01.2022
Hajmi175.15 Kb.
#193606
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
Referat mavzu Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. E

      

SHKning  lokal  tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin

binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90%

axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega

bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi SHKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish

kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha SHKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish

kanalining bo’lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyatidir. Optik kanalda yorug’lik

o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat

turadigan kabel.

      

Lokal  tarmoqda  ishlashning  asosiy  afzalliga  quyidagicha:  ko’p  marta  foydalaniladigan



rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma

kirish mumkin bo’lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir

SHKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy

afzalliklarini sanab o’tamiz:



      

1.  Shaxsiy  va  umumiy  foydalanuvchi  ma’lumotlarni  faylli  serverda  saqlash

imkoniyatining mavjudligi. Shu bois ham umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir

vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini

ko’rib chiqish, o’qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidaga ma’lumotlar ko’p

tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy




dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish

uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o’rnatilgan chegara doirasida bo’ladi.



2.  Ko’pgina foydalanuvchilar  uchun zarur  bo’ladigan dasturli vositani  doimiy

saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bo’ladi. Shuni qayd etamizki,

dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. Ko’pgina

foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik tahrirlovchi,

elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko’rsatilgan

imkoniyatlar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin: ishchi stansiyalar-ning lokal diskni

dasturlangan vositalarini saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish;

tarmoq operasion tizim himoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli

mahsulotlarni ishlashga layoqatli ahvolda ushlab turishni va ularni yangilashni soddalash-tirish,

chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.

3. Tarmoqning barcha SHKlari o’rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan

foydalanuvchilar o’rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish

imkoniyati ta’minlanadi.

4.Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha

foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: har bir

foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish

imkoniyati; dasturli mahsulotlar sifatida bosishini amalga oshirish.

5. O’quvchilar va o’qituvchilar SHKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus

dasturini qo’llash hisobiga o’quv jarayonlarini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq

muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

o’qituvchi SHKda bajariladigan ishlarni o’quvchilar SHKda ko’rsatish; o’qituvchining SHK

monitorida o’quvchilar SHKlari ekranlarini aks ettirish orqali o’quvchilar bajaradigan ishlarni

nazorat qilish.

6.  Global tarmoqning yagona kommunikasiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har

qanday SHKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.


Download 175.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling