faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliy-
texnik tizim tushuniladi.
1-rasm. Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlar.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil
qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja
ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni SHK xotirasida
saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai
nazaridan mantiqiy bo’linadi.
Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar
bazasi - bu, SHKning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning
katta hajmining
majmuasidir.
Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, SHK xotirasida saqlanadigan va muammo soha
holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning
majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini
ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Muammo soha haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish qiyin va hozirgi vaqtda
zamonaviy SHK xotirasi hajmining yetarlicha bo’lmasligi sababli amalda bajarish mumkin
emas. Unga nafaqat ushbu omil to’sqinlik qiladi. Amalda ko’pgina ma’lumotlar bazalari
ishlatishlarning cheklangan soni uchun loyihalashtiriladi. Bitta SHKda, qoidaga ko’ra, bir
necha xildagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqt o’tishi bilan turdosh vazifalarni bajarish
uchun mo’ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazalari, agar bu butun hisoblash majmuasining ish
unumdorligini oshirishga ko’maklashsa, birlashtirilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasini yaratilishi ma’lumotlarni integrasiyalashuvi va ma’lumotlarni
markazlashgan holda boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi.
Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalari
Access
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi va ular
obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: