Referat Mavzu: Media axborot tushunchasi va uning ahamiyati Bajardi: O’ktamov Asadullo Fakultet: 1-Davolash ishi Guruh: 106b Axborot haqida tushuncha
AKT rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz
Download 21.88 Kb.
|
axborot
AKT rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz.
Masala turi va ma'lumotlarga ishlov berish jarayoni bo’yicha: 1-nchi bosqich (60-70 y) - ommaviy foydalanish rejimi asosida hisoblash markazlarida ma'lumotga ishlov berish. 2-nchi bosqich (80 yillardan boshlab) - strategik masalarlarni hal etishga yo’naltirilgan informatsion texnologiyalarni yaratish. 2. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lida turgan muammolar bo’yicha: 1-nchi bosqich (60 yillarning oxiri) apparat vositalari imkoniyatlarining cheklanganligi sharti ostida katta hajmdagi ma'lumotlarga ishlov berish muammosi 2-nchi bosqich (70 yillarining oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHM - larni keng tarqalishi. Ushbu bosqichning muammosi-dasturiy ta'minotning apparat vositalari rivojlanishi darajasidan orkada kolishi. 3-nchi bosqich (80 yillarning boshidan) - kompyuter profesional bo’lmagan foyidalanuvchining quroliga aylanadi, informatsion tizim esa, uning karorini qabul qilish uchun kullab-quvvatlovchi vosita bo’lib qoladi. 4-nchi bosqich (90 yillarning boshi) - tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va informatsion tizimlarni yaratish.Ushbu bosqichning muammolari juda ham ko’p. Ulardan muhimlari: • kompyuter aloqasi uchun protokollar • strategik ma'lumotlarga kirish imkoniyatlarini tashkil qilish •ma'lumot xafsizligi va ximoyasini tashkil qilish Ko‘pgina kuzatuvchilarning fikricha, 2 mavzu- IAT (ilmiy axborot texnologiyalari) hamda sog‘liqni saqlash o‘zaro chambarchas bog‘liq. Qator sog‘liqni saqlash tashkilotlari klinik axborot boshqaruvi sohasidagi kompyuterlashgan tizimdan foydalanishga asoslangan faoliyatni yuritishga e'tibor qaratmoqdalar. Bunda albatta, kompyuter nafaqat bemorga xizmat qilish, balki 34 kerakli ma'lumot almashinuvida, teletibbiyot masalalarini hal etishda ham bevosita ishtirok etadi. Masalan bemorning bir tibbiy muassasaga murojaat qilganida, shu kungaqadar qaysi tibbiy muassasalarda davolangani hamda bundagi davolash usullarini o‘rganish imkoni bo‘ladi. Shuningdek, davolash uslubini o‘rganishda markazlashgan kutubxonaga ulanish masalalari, bemorning kasallik ma'lumotlarini konffidensialligi, bemorlar va shifokorlarga kerakli ma'lumotni taqdim etib bera oladigan, havfsiz bo‘lish bilan birga boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni taqdim eta bilishi kerakdir. Bo’larning barini sog‘liqning elektron yozuvi o‘zida aks ettiradi.Elektron yozuvning joriy qilinishi integratsiya tizimining vazifasi hisoblanadi. Tibbiy elektron yozuvlari( TEYo) ning klinik tadqiqotlarni saralashdagi o‘rnini o‘rganamiz. TEYoning joriy qilinishi bemoning kundalik kuzatuvida chalkashliklarni tug‘dirishi mumkin. Sababi, onlayn tizimida kiritilgan keyingi ma'lumot yangilashi mumkin bo‘ladi. Dinamikani o‘rganishda esa asosiy klinika kompyuterining hotirasiga murojaat orqali aniqlanishi mumkin. Davlat va federal hukumatning o‘rnini alohida ta'kidlash joiz. Sababi ayrim aholi vakillarining salomatligi haqidagi ma'lumotlarning ovoza bo‘lishi, ayrimlarga taz'yiq o‘tkazilishini oldini olish, jamiyatdagi ijtimoiy tinchlik 1.1.6-rasm ta'minlanishi kerak. Kuzatuv vaqti o‘rnatilgangandan keyin olingan ma'lumotlarni haqiqiyligini tekshirishda taqdim etuvchilarga ularni tasdiqlash uchun qayta yuboriladi. Shu tariqa markazlashgan tizimda ikki tomonlama aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. (rasm.1.6). Bu bevosita taqdim etuvchining axborotini axborot integratsiyasiga mos holda standartlashni ta'minlaydi. Shifokor va elektron-tibbiy nazoratchi orasidagi bunday bog‘liqlik klinik tajribalarni ancha sifatli va samarali o‘tishini ta'minlaydi. Sog‘liqni saqlashni 35 rejalashtirishda bir necha klinik va regional tibbiy muassasalardan olingan ma'lumotlarning davlat darajasida hal etish imkonini beradi. Internet va raqamli axborot almashinuvi bugungi kunda tibbiyot va sog‘liqni saqlashning ajralmas qismiga aylandi Nima uchun bugungi kunda ta'limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi? Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo‘lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta'lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta'minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo‘lib qoladi. Ta'lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta'lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta'lim tizimini takomillashtirishga, ta'lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta'limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi: − fan sohalarini axborotlashtirishni; − o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni; − integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni; − ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. 3 ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish: − masofaviy o‘quv ko’rslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini; − pedagoglar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini; − ta'lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi: −talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; −o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga; − o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; −interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga; −sun'iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga; −axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga; −o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Download 21.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling