Referat mavzu: Modilyani va Millerning leverej bo'yicha nuqtai nazari


Download 7.44 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi7.44 Kb.
#1782949
TuriReferat
Bog'liq
Subxonov Jasurbek. referat


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
"BYUDJET HISOBI VA G'AZNACHILIK" FAKULTETI
93/2 guruh talabasi Subxonov Jasurbekning
"Biznes moliyasi" fanidan
REFERAT
Mavzu: Modilyani va Millerning leverej bo'yicha nuqtai nazari.
Real pozitsiya La mer kompaniyasining 10 000 ta aksiyasi (ya‘ni, aksiyalar umumiy sonining 1 foizi) 10 000 1800 Muqobil pozitsiya 10 000 funt sterlingni qarz olish (10 000) (1000) Sea plc kompaniyasidan 20 ming dona aksiya sotib olish (ya‘ni aksiyalar umumiy sonining 1 foizi) 20 000 2800 10 000 1800 Franko o'z aksiyalarini 10 ming funt sterlingga sotish va yillik 10% bilan La Mer kompaniyasining 1% qarz mablag'iga muqobil miqdorda (ya‘ni, 10 000 f. st.) teng ssuda olib, keyin esa olingan 20 000 funt summani Sea plc kompaniyasining 1% oddiy aksiyalarining sotib olish (20 000 ta aksiya) bilan xuddi shu kutilgan daromadni ham qo'lga kiritishi mumkin edi. Sea plc kompaniya aksiyalarining taxmin qilingan daromadliligi 14% ni tashkil qiladi, ya‘ni, jami 2800 f. st. 2,800 funt sterlingdan qarz bo'yicha foizlar to'langanidan so'ng 1800 f.st. qolib, bu La Mer kompaniyasi uchun kutilgan daromad riskiga o'xshash riskda (tadbirkorlik va moliyaviy risk) o'rtacha yillik 1800 funt miqdorida daromad olishni umid qilmoqda.
Investitsiyalar, f. st. Daromad, f. st.
Real pozitsiya La mer kompaniyasining 10 000 ta aksiyasi (ya‘ni, aksiyalar umumiy sonining 1 foizi) 10 000 1800 Muqobil pozitsiya 10 000 funt sterlingni qarz olish (10 000) (1000) Sea plc kompaniyasidan 20 ming dona aksiya sotib olish (ya‘ni aksiyalar umumiy sonining 1 foizi) 20 000 2800 10 000 1800 Franko o'z aksiyalarini 10 ming funt sterlingga sotish va yillik 10% bilan La Mer kompaniyasining 1% qarz mablag'iga muqobil miqdorda (ya‘ni, 10 000 f. st.) teng ssuda olib, keyin esa olingan 20 000 funt summani Sea plc kompaniyasining 1% oddiy aksiyalarining sotib olish (20 000 ta aksiya) bilan xuddi shu kutilgan daromadni ham qo'lga kiritishi mumkin edi. Sea plc kompaniya aksiyalarining taxmin qilingan daromadliligi 14% ni tashkil qiladi, ya‘ni, jami 2800 f. st. 2,800 funt sterlingdan qarz bo'yicha foizlar to'langanidan so'ng 1800 f.st. qolib, bu La Mer kompaniyasi uchun kutilgan daromad riskiga o'xshash riskda (tadbirkorlik va moliyaviy risk) o'rtacha yillik kutilgan daromaddidir.
Franko vaziyati bo'yicha natijalarni quyidagi jadvalda ifodalash va umumlashtirish mumkin: Qimmatli qog'ozlar (aslida esa, barcha moddiy aktivlar) faqat ularning kutilayotgan daromadliligi va risk darajasiga nisbatan baholanishi tufayli yuqorida aytilgan pozitsiyalarning har biri Franko uchun va boshqa har qanday investor uchun ham bir xil afzallik va kamchiliklarga ega. Har ikkala vaziyat ―risk daromadlilikning ayni bir nisbatini taqozo etadi.
Agar yuqoridagi shart-sharoitlarda Sea plc kompaniyasi aksiyalari qiymati La Mer plc aksiyalari narxidan ko'ra pasayib ketgan bo'lsa, u holda Franko birlamchi o'rniga muqobil pozitsiyani egallashi, kutilayotgan daromad va riskning xuddi o'sha darajasida o'z pozitsiyasini o'zgartirish tufayli foyda olishi mumkin. La Mer kompaniyasi aksiyalari sotuvi va Sea kompaniyasi aksiyalari xaridi bir vaqtning o'zida amalga oshirilishi mumkin bo'lgani uchun (arbitraj sifatida ma‘lum harakat [arbitraging]), risksiz foyda olish mumkin bo'ladi. Bunday imkoniyatni payqagan Franko va boshqalarning harakati Sea plc aksiyalariga bo'lgan talabni ham, La Mer plc aksiyalariga taklifni ham oshirib yuboradi. Natijada, ushbu kompaniyalarning aksiyalari narxi tenglashadi
MM nazariyasining asosiy g'oyasi shundan iboratki, agar Franko qarz kapitaldan foydalanishni xohlasa, lekin bunda Sea kompaniyasi aksiyalariga ham egalik qilmoqchi bo'lsa, bunga individual, ya‘ni, ―o'zi uchu' maxsus o‗ylangan (homemade) leverej yo'li bilan erishishi mumkin. Xuddi shunday, boshqa individ – Sea plc aksiyalariga ega, lekin La Mer plcga investitsiya qilishni xohlaydigan Merton qarz mablag'laridan foydalanmagan holda buni osonlikcha amalga oshirish imkoniga ega. Merton Sea plc aksiyalarini sotishi, mablag'ning La Mer plc dan qarz oladigan summasiga (10000 f. st.) teng bo'lgan qismini ssuda sifatida taqdim etishi, qolgan 10000 f. st. ni La Mer kompaniyasi aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishi mumkin (quyidagi jadvalga qarang)
Shuningdek, bu yerda ham real pozitsiyadan muqobil pozitsiyaga o'tish riskning ayni bir darajasida xuddi shunday kutilgan daromadlilikni beradi. Kompaniya uchun bu – aksiyadorlar farovonligini faqatgina o'z daromadlarini ma‘lum bir sxema bo'yicha taqsimlash yoki ―qadoqlash‖ (packaging) hisobiga amalga oshirish mantiqsiz ko'rinadi. Bu ayrim aksiyadorlar bu taqsimotni faqat qarz olish va yoki qarz berish hisobiga o'z ehtiyojlari uchun moslashtirishi mumkinligi tufayli ayniqsa mantiqsiz tuyuladi. Risk va kutilgan foydaning ayni bir xil darajasida olingan daromadlar taqsimotdan qat‘i nazar, oqilona bozorda teng baholanishi lozim.
Ushbu misollardan aniq ko'rinib turibdiki: Sea ning o‘z mablag‘lari umumiy qiymati / 100 = La Mer ning o‘z mablag‘lari umumiy qiymati /100 + La Merning qarz mablag‘lari umumiy summasi /100 Ushbu formulani o'zgartirgan holda quyidagini hosil qilamiz: Sea ning o‘z mablag‘lari umumiy qiymati = La Mer ning o‘z mablag‘lari umumiy qiymati va La Merning qarz mablag‘lari umumiy summasi Buni yanada soddalashtirsak: VU = VG
Bu yerda VU va VG kompaniyalarning mos ravishda leverejsiz va leverejli umumiy qiymati. MM fikrining natijasi shundaki, kompaniya qiymatiga moliyalashtirish usuli ta‘sir qilmaydi (ya‘ni, VU = VG); shunday qilib, leverejni joriy etish kapital qiymatini kamaytirmaydi (yoki umuman ta‘sir qilmaydi). Kompaniya qiymati va uning WACCini belgilaydigan omillar esa quyidagilardir: • kutilganidek, korxonaga investitsiyalar olib kelayotgan pul oqimi; • ularning risk darajasi (tadbirkorlik riski nazarda tutilmoqda). Bu Fisherning taqsimoti bilan bir xil modelga mos keladigan yana bir hodisadir. MM, mohiyatan, menejment investitsiyalarni topish va ularni boshqarishga barcha sa‘y-harakatini qaratishi kerak deb hisoblagan, bu esa moliyaviy mexanizmlarni aksiyadorlar e‘tiboriga havola qiladi. MM tomonidan ko'rilgan va ifodalangan samarani grafik tarzida tasvirlash ham mumkin. Unda arzon qarz mablag'lar summasini oshirish hisobiga WACCni kamaytirish salohiyati o'z kapitali qiymatini oshirish bilan to'liq kompensatsiyalanishini ko'rishimiz mumkin. Shunday qilib, WACC leverej darajasiga ta‘sirchan emas. Leverejga ega kompaniyalarning aksiyadorlari leverejsiz kompaniyalardan shu kabi daromadni, shuningdek, leverej darajasiga to'gri proporsional bo'lgan mukofotni kutishadi. Shunday qilib, leverej aksiyadan foydani oshirishi bilan birga yuqori risk tufayli kapital bozorida aksiyalarning kutilgan daromadliligini ham oshiradi. Ushbu omillarning har bir aksiya qiymatiga umumiy ta‘siri nolga teng bo'ladi, ya‘ni, bu ta‘sir teng va qarama-qarshi bo'ladi (MM fikriga muvofiq). Ushbu nuqtayi nazarga ko'ra mantiqiy xulosa shundan iboratki, leverejning optimal darajasi mavjud emas. Har qanday leverej darajasida WACC bir xil bo‗ladi. Buning sababi shundaki, o'z kapitalining qiymati leverejning barcha darajalarida qarz kapitalning past qiymati afzalligini yaqqol yo'qqa chiqaradigan miqdorda ortadi.
Kapital bozori samarali Tajriba ularning zaif va o'rta shaklda samaradorligini ko'rsatadi. Buning ma‘nosi shuki, investorlar moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqar ekan, riskning muayyan darajasida daromad u qancha mablag' olgan bo'lishidan qat‘i nazar, bir xil ekanligini tushunib yetadilar. Bu fikr anchayin oqilona sanaladi. Qarz olish va kreditlashda, shuningdek, kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari tengdir. Shubhasiz, bu notog'ri. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin bo'lgan kreditlarning stavkalari o'rtasida, odatda, farq bor. Masalan, yirik kompaniyalar ko'pincha sifatli qimmatli qog'oz taklif qilishi, yirik miqdorda qarz olishi va aksariyat individlar uchun mumkin bo'lmagan qarz olish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin (masalan, chet eldan qarz olish). Ushbu taxminning ahamiyati ―individual leverej bilan bog'liq bo'lib, bunda investor o'zining xususiy hisobidan qarz oladi va leverejsiz kompaniyadan aksiyalar xarid qiladi. Biroq aksiyalarning istalgan noto'g'ri baholanishidan foydalanuvchi investor muqarrar ravishda jismoniy shaxs bo'lishi uchun sabablar mavjud emas, u yirik kompaniya, masalan, yirik ishonch payli jamg'arma yoki investitsion trast ham bo'lishi mumkin. Oxir-oqibat, eng kamida Buyuk Britaniyada qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar ko'pincha jismoniy shaxslarga qaraganda institutlar tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda har bir investor istalgan noto'g'ri baholashdan foydalanishga intilishi, shuning uchun u korrektirovka qilinishi mutlaqo majburiy emas. Vaziyatdan foydalanish uchun yaxshi pozitsiyaga ega bo'lgan bir nechta investorning harakati yetarli bo'ladi. Aftidan, MM nazariyasini shubha ostiga qo'yish uchun ushbu taxminning ishonarsizligi yetarli emas. MM, shuningdek, kompaniya uchun qarzdorlik qiymati leverej darajasi bilan birga ortmaydi, degan bilvosita taxmindan xulosa 208 chiqarishadi. Bu haqiqatga uncha yaqin ko'rinmaydi. Bu masalaga biz ushbu bobning keyingi o'rinlarida yana qaytamiz. Bankrotlik bilan bog‘liq xarajatlar yo‘q Ushbu taxmin agar kompaniya tugatilishi kerak bo‗lsa, aksiyadorlar o'z aksiyalari o'rniga bevosita tugatishga qadar ularning bozor qiymatiga muqobil qimmatlik olishini taqozo etadi. Bu taxmin kompaniya foizlar to'lash va/yoki kapitalni qaytarish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmasligi natijasida kreditorlarning tashabbusi bilan tugatilgan vaziyatni nazarda tutadi. Bu taxmin noto'g'ri, chunki bitimni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar kompaniya aktivlarining sotilish qiymatiga kiritadi va korxona tugatilganda sud xarajatlari yuzaga keladi, eng muhimi, real aktivlar bozori, odatda, kapital bozorlari kabi samarali emas. Ushbu oxirgi taxmin A kompaniyasi uchun 1000 funt sterling turadigan dastgoh B kompaniya uchun xuddi shunday qiymatga ega bo'lishi shart emasligini anglatadi. Chunki B kompaniya ba‘zi sabablarga ko'ra, uni A kompaniya kabi samarali ishlata olmasligi mumkin. Tugatishga qadar A kompaniyaning o'z mablag'lari qiymatiga ushbu dastgoh 1000 funt sterlingga baholangan holda kiritilishi mumkin, lekin mashina va jihozlarni sotish vaqti kelganida, uni faqat 500 funtga sota olishi mumkin. Bundan tashqari, bunday firmaning ―hayoti‖ni saqlab qolishga erishilsa-da, potentsial nochor korxonalarni boshqarish bilan bog'liq xarajatlar mavjud. Keng ma‘noda ushbu taxminning yetarlicha asoslangan emasligi MM konsepsiyasiga putur yetkazadi. Shu bilan birga, bu taxmin, odatda, amaliyotda uchraydigan o'rtacha darajali leverejda o'ta muhim ekanligi shubhali. Boshqa tomondan, bankrotlik bilan bog'liq xarajatlarning mavjudligi real hayotda ko'rishimiz mumkin bo'lgan leverej darajasini cheklaydi. Bir xil daromadli (pul oqimlariga ega) va riskli ikkita kompaniya mavjud; birining barcha mablag‘lari o‘ziniki, boshqasining mablag‘larining bir qismi qarz sanaladi
Download 7.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling