Referat mavzu; Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi
Download 293.16 Kb.
|
Buxgalteriya Nurislom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy faoliyatning daromad va xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent moliya institute ‘’Buxgalteriya hisobi’’ fanidan REFERAT Mavzu; Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi Tayyorladi; Nurislom G’aybullayev HBA-82 guruh talabasi Tekshirdi; dots.Ochilov Ilyos Toshkent-2022 Reja; Moliyaviy faoliyatning daromad va xarajatlari Moliyaviy faoliyatning daromad va xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarRoalti ko’rinishidagi daromadlarDvientlar ko’rinishidagi daromadlar Foizlar ko’rinishidagi daromadlar Valyuta kursi farqlaridan olingan daromadlar Uzoq muddatliijaradan olingan daromadlar Moliyaviy faoliyatning daromad va xarajatlari Moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish uchun quyidagi schotlar mo‘ljallangan: 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» 9540-«Valutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar» 9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» 261 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar» 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» 9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar»: 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» 9620-«Valuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar» 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar» schoti 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va xarajatlarni shakllantirish tartibi №2 «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar», №6 «Ijara hisobi», №12 «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» BHMSlar va «...xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» bilan tartibga solinadi. 9510-schot kreditida olinadigan royalti, 9610-schot debetida esa - royalti bo‘yicha to‘langan (hisoblangan) hisob-kitoblar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Masalan, oluvchi tarafda royalti bo‘yicha olinadigan daromad hisoblab yozilgan: D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olinadigan schotlar» schoti K-t 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob» schoti K-t 4850-«Olinadigan royalti» schoti. To‘lovchi korxonada royaltiga oid summalarning to‘lanishi: D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». 9520-schotda boshqa korxonalarning faoliyatida ulush qo‘shib ishtirok etishdan olingan daromadlar va korxonaga tegishli aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividenlar aks ettiriladi. Masalan, dividend ko‘rinishidagi daromad aks ettirilganida: D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti K-t 9520-«Dividend ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» schoti 9530-schotda uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi daromadlar, 9610-schotda esa – banklar, yetkazib beru- 262 vchilarning kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarning to‘lanishiga oid xarajatlar aks ettiriladi. Masalan, qarz beruvchi tashkilotda berilgan qarzlar bo‘yicha foizlar hisoblab yozilganida: D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti K-t 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schoti. Uni olish chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti. Qarz oluvchi tashkilotda to‘lanadigan foizlarning (olingan qarzlar bo‘yicha) hisoblab yozilishi: D-t 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schoti K-t 6920-«Hisoblangan foizlar» schoti. Foizlar to‘langanida: D-t 6920-«Hisoblab yozilgan foizlar» schoti. K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». Olingan qarz va kreditlar (6800, 7800-schotlar) bo‘yicha hisoblangan foizlaralohida (6920-schotda) hisobga olinadi. Bu qarz (kredit) larning balans qiymati hisoblangan foizlar o‘zgarmasligini ta’minlaydi. 9540-«Valyutalarning kurs farqlaridan olingan daromadlar» schotida valyuta schotlari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari, shuningdek, xorijiy valyutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga oid daromadlar hisobga olinadi. 9620-«Valutalarning kurs farqlari bo‘yicha xarajatlar» schotida esa-xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan muomalalarga oid salbiy kurs farqlari va zararlar aks ettiriladi. Masalan, valuta schoti bo‘yicha ijobiy kurs farqi aks ettirilganda: D-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari» K-t 9540-«Valyutalar kursi farqlaridan daromadlar». Valyuta schotiga oid salbiy kurs farqi: D-t 9620-«Valyutalar kursi farqlaridan zararlar» K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schotlari». «Xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), unga oid qo‘shimchalarni hisobga olgan holda (O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 7 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan), xo‘jalik yurituvchi subyektlar valuta schotidan olingan bank ko‘chirmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 263 kursi bo‘yicha balansning valuta moddalarini har oyda qayta baholashni amalga oshiradilar. Yuzaga kelgan valuta kursi farqlari xo‘jalik yurituvchi subyektning hohishiga qarab quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobdan chiqariladi: 1) Bevosita moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — bevosita olib borish usuli). Bunda ijobiy kurs farqlari moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schotlarda (9540-schot), salbiy kurs farqlari esa — moliyaviy faoliyatga oid xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda (9620-schot) aks ettiriladi. 2) Jamlash yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamlash usuli). Bunda ijobiy kurs farqlari muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davrlar daromadlari)ni hisobga oluvchi schotlarda (6230-schot), salbiy kurs farqlari esa kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarda (9620-schot) aks ettiriladi. Valyuta kursi farqlar tegishli schotlarga olib borishning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tanlangan usuli uning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi va kalendar yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim (№1 BHMSning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Valyuta kursi farqlarini to‘g‘rilash(korrektirovka)ning jamlash usuli qo‘llanilganda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan salbiy va ijobiy kurs farqlari moliyaxo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi: — xorijiy valutadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha — ularni qoplash (hisobdan chiqarish)ning borishiga qarab); — qolgan holatlarda — balansning tegishli valuta moddalari bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishiga qarab. Balans valuta moddalarining so‘mdagi ekvivalentida qayta baholanishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot oyining oxirgi sanasiga bo‘lgan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi, kurs farqi summasi esa, balansning valyuta moddalarining qayta baholangungacha va undan keyingi qiymatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Balansning valuta moddalariga quyidagilar kiradi: ¾ kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schotlaridagi valyuta mablag‘lari, shu jumladan, akkreditivlar; ¾ xorijiy valyutadagi pul hujjatlari; ¾ xorijiy valyutadagi qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; 264 ¾ xorijiy valutada olingan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar. Valuta kursi farqlarini to‘g‘rilashda quyidagilar qayta hisob-kitob qilinmaydi: ¾ xo‘jalik yurituvchi subyektning xorijiy valyutaga sotib olingan mol-mulki (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar); ¾ xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitali va ta’sischilari (ishtirokchilar) ulushlarining nisbatlari, bularga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ham kiradi. Masalan, uskuna xorijiy valutaga sotib olingan va uning valyutadagi qiymati 100 ming AQSh dollari. Uskunaning qiymati milliy valyutada hisob-kitob qilish uchun ushbu operatsiya rasmiylashtirilgan sanada amal qilgan almashtirish kursi qabul qilinadi. Ushbu uskunani olish vaqtida amal qilgan 1 AQSh dollari 960,0 so‘mga teng bo‘lgan kursni hisobga olgan holda, uning qiymati 9600 ming so‘m deb baholanadi, mol yetkazib beruvchiga bo‘lgan kreditorlik qarzi ham mana shuncha summaga baholanadi. Uskunaning qiymati valuta kursining o‘zgarishi chog‘ida o‘zgarmasligi lozim, biroq, mol yetkazib beruvchidan kreditorlik qarzlari summasi to u to‘liq qoplanmagunga qadar, har oyning oxirida qaytadan hisob-kitob (korrektirovka) qilib boriladi. Faraz qilaylik, hisobot oyining oxirgi sanasida 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 970 so‘mni tashkil qilgan va bu kreditorlik qarzlari summasi endi 9600,0 ming so‘mni emas, balki 9700,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Jamlash usuli qo‘llanilganda mazkur salbiy kurs farqi (9600,0- 9700,0) muddati kechiktirilgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi: D-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan boshqa xarajatlar» schoti — 100,0 ming so‘m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti – 100,0 ming so‘m. Bevosita usul qo‘llanilganda salbiy kurs farqi jamlanmaydi, balki o‘sha zahotiyoq zararlarga kiritiladi: D-t 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» - 100,0ming so‘m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar»- 100,0 ming so‘m. Mol yetkazib beruvchiga qarz to‘langan (o‘tkazilgan) vaqtda esa 1 AQSh dollarining kursi 975,0 so‘mni tashkil qilgan. Bunda yetkazib 265 beruvchiga (10,0 x 975,0) q 9750,0 ming so‘m o‘tkazildi. Ushbu holatda bir hisobot davri doirasidan chiqmaydigan salbiy kurs farqi o‘sha zahotiyoq zararlarga kiritiladi: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti - 9700,0 ming so‘m D-t 9620-«Valuta kursi farqlaridan zararlar» schoti – 9750,0 ming so‘m K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schotlari» - 9750,0 ming so‘m. Ilgari jamlash usuli bo‘yicha 3230-schotda aks ettirilgan kursdagi farq ham to‘lov amalga oshirilishi vaqtida zararlarga hisobdan chiqariladi: D-t 9620-«Valyuta kursidagi farqlardan ko‘riladigan zararlar» schot – 100,0 ming so‘m. K-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» — 100,0 ming so‘m. Mazkur operatsiya bo‘yicha valyutadagi farqlardan ko‘rilgan jami umumiy zarar summasi 150,0 ming so‘mni tashkil qiladi. 9550-schotda mol-mulkning uzoq muddatli ijaraga berilishidan, shuningdek, moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromad va joriy debitorlik qarzlarining qoplanishiga taqsimlanadigan lizing to‘lovi olinganda lizing beruvchi buni quyidagi tarzda aks ettiradi. Masalan, 1200,0 ming so‘mdan iborat summadagi lizing to‘lovi, qoplash jadvaliga muvofiq, lizing oluvchining asosiy qarzini (750,0 ming so‘m) kamaytirish va foizlar ko‘rinishidagi daromadga (450,0 ming so‘m) kiritilishi kyerak Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq oldin lizing bo‘yicha foizli daromad hisoblab yozilishi kyerak: D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti - 450,0 ming so‘m K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» - 450,0 ming so‘m. Lizing oluvchidan undiriladigan asosiy qarzning joriy qismini tavsiflovchi lizingga oid olinadigan joriy to‘lovlar to‘lov muddati kelishi bilanoq 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» schotida aks ettirib quyilgan. Lizing to‘lovining olinishi chog‘ida operatsiya quyidagi tarzda aks ettiriladi: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» — 1200,0 ming so‘m 266 K-t 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» schoti — 750,0 ming so‘m K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti — 450,0 ming so‘m. 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»- schotida qimmatli qog‘ozlarga quyilgan mablag‘larni qayta baholashda olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash bilan bog‘liq xarajatlarni 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schotida aks ettirish mumkin. Masalan, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarning qayta baholanishi amalga oshirilgan: D-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta bahoshdan daromadlar» schoti. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar rezerv kapital schotlarida aks ettiriladi: D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti K-t 8510-«Aktivlarning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» schoti Biroq, №12 BHMSning 22-bandiga muvofiq bozor bahosi bo‘yicha qayta baholangan qimmatli qog‘ozlarning sotilishi chog‘ida rezyerv kapital schotlarida aks ettirilgan jami qo‘shimcha baholash summasi joriy davrning daromadi sifatida (yoki taqsimlanmagan foydaning ko‘payishi sifatida) aks ettiriladi: D-t 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schoti K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schoti yoki 8720-«Jamg‘arilgan foyda». Qayta baholashda qimmatli qog‘ozlar bahosining arzonlashtirilganda: D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti K-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti. Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi kamaytirilganda, uni, ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholashlar doirasida rezyerv kapitalini kamaytirish hisobiga kompensatsiyalash mumkin. Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil qilingan rezyervdan ortiq bo‘lgan arzonlashtirish summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga qo‘shiladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi 100,0 ming so‘mgacha kamaygan, oldingi qayta baholash hisobiga tashkil qilingan rezyerv esa 80,0 ming so‘mni tashkil qiladi: 267 D-t 8510-«Mol-mulkning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» schoti —80,0 ming so‘m D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» — 20,0 ming so‘m K-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti – 100,0 ming so‘m. 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»-schotida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlar bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha xarajatlar to‘langanida: D-t 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar» schoti K-t 5110-«Hisob-kitob schoti» yoki 6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti Bunday xarajatlar soliq solish maqsadda daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydi. 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schotida moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar aks aks ettiriladi. Download 293.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling