Referat Mavzu: O’zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish


Download 61.97 Kb.
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi61.97 Kb.
#1035425
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurbonboyev Sarvar 22

Referatning maqsadi-Yurtimizda migratsiyani takomillashtirish, tartibga solish borasida olib borilayotgan ishlar. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Mehnat migratsiyasi: kelib chiqishi va oqibatlarini o’rganish va uni tahlil qilish;

  • O`zbekistonda mehnat migratsiyasining davlat tomonidan takomillashtirilishini o’rganish;

  • Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish.

1 .Mehnat migratsiyasi: kelib chiqishi va oqibatlari.
Migratsiya lotincha “migration” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholining joyini o’zgartirishi, boshqa joyga ko’chib o’tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan
kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma’nosi farqlanadi.
Tor ma’noda aholining migratsiyasi – bu ularning doimiy turar joyining o’zgartirilishi bilan yakuniga yetadigan hududiy joyini o’zgartirishidir.
Keng ma’noda aholi migratsiyasi esa odamlarning bir yoki bir nechta ma’muriy-hududiy birliklardagi turli aholi turar joylari o’rtasida davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i nazar ko’chib yurishidir.
Migratsiya nazariyasining asoschisi Buyuk Britanyalik jo’g’rofiyachi E.Ravenshtayn hisoblanadi. U XIX asr oxirida “migratsiya qonuni “ni yaratgan.
E.Ravenshtayn AQSH va boshqa mamlakatlardagi migratsiya jarayonlarini tahlil etish asosida migratsiyaning quyidagi 11 ta qonuniyatini asoslab bergan:

  • Eng ko’p migratsiya qisqa masofaga amalga oshiriladi.

  • Migratsiya asta-sekin bosqichma-bosqich sodir bo’ladi.

  • Uzoq masofaga migratsiya asosan yirik sanoat va savdo markazlari tomon yo’naltirilgan bo’ladi.

  • Har bir migratsiya oqimiga uning qarshi oqimi muvofiq bo’ladi.

  • Shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan kam mobilroq bo’ladi.

  • Mamlakat ichkari migratsiyada ayollar, uzoq masofalarga –

  • Migrantlarning ko'pchiligini katta yoshdagi aholi tashkil etadi,oilalar o'z mamlakati tashqarisiga kam migratsiya qiladi.

  • Katta shaharlarning yiriklashishi ular aholisining tabiiy o'sishidan ko'ra ko'proq migratsiya natijasidir.

  • Migratsiyaning ko'lamlari sanoat va savdoning, ayniqsa transportning rivojlanishi natijasida ortadi.

  • Hududlar asosan iqtisodiy xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.

  • Migratsiyaning asosiy sababi – iqtisodiy sababdir.

Uning migratsiya qonunlarida uning asosiy sababi – iqtisodiy sabab ekanligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ushbu g'oya migratsiya jarayonlarini modellashtirish sohasida bundan keyingi tadqiqotlarga ulkan ta'sir ko'rsatdi.
E.G.Ravyenshteynning migratsiyaning asosiy sababi – iqtisodiy sabab ekanligi haqidagi xulosa hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Ushbu olimning “migratsiya qonunlari” doirasida ishchi kuchi mobilligiga yangi klassik nazariyasida turli mintaqalar (ham mamlakat ichkarisida, ham mehnat migrantlarining kyelib chiqish mamlakati bilan boshqa davlatlar) o'rtasida ish haqidagi farq yotishi markaziy o'rinni egallaydi. Ushbu konsepsiya yangi klassik maktab vakillarining ishlab chiqarish omillari, shu jumladan mehnat resurslarining turli mamlakatlar o'rtasidagi tengsizlik oqibatida ko'chib yurishi asoslangan iqtisodiy nazariyasiga tayanadi. Mazkur tengsizlikni tartibga solish vositasi “hududiy-iqtisodiy mutanosiblik” nomini oldi.
“Hududiy-iqtisodiy mutanosiblik” konsepsiyasida mehnat resurslari eksportchilari bo'lgan mamlakatda iqtisodiy o'sish va mehnat migratsiyasi kuchayishi natijasida ish haqi darajasi o'rtasida avval mavjud bo'lgan katta farq kamayib boradi. Natijada mehnat resurslari eksportchilari mehnat resurslarini import qiluvchilarga aylanishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat, masalan Yevropada –– Italiya, Portugaliya, Gretsiya, Osiyoda – Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Janubiy Amerikada – Braziliya va Chilida ro'y bergan. 1
Mazkur nazariyaning qoidalari qator konseptual xulosalarga egadir. Ya'ni:

  • mehnat resurslarining xalqaro mobilligi mamlakatlardagi ish haqi o'rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi;

  • jahon miqyosida ish haqi o'rtasidagi farqlarga barham berilgandan so'ng mehnat resurslarining mobilligi to'xtaydi;

  • yuqori malakali va quyi malakali mehnat resurslari mavjud bo'lgan holatlarda inson kapitalining oqimlari ana shu jarayonlarga ta'sir ko'rsatadigan turli harakatlantiruvchi kuchlar ostida turli yo'nalishda bo'lishi mumkin;

  • mehnat bozori mehnat resurslari mobilligining asosiy mexanizmidir. U tufayligina mehnat resurslarining xalqaro oqimlari yuzaga keladi. Bozorlarning boshqa turlari mehnat resurslari mobilligiga ancha kamroq tasir ko'rsatadi;

  • mamlakatlarning hukumatlari asosan mehnat bozoriga ta'sir ko'rsatishi orqali mehnat resurslari oqimlarini boshqara oladilar.

2.Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan takomillashtirilishi.
Jahon iqtisodiyotida avj olayotgan globallashuv jarayonlari mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning ortishiga, alohida faoliyat ko'rsatayotgan bozorlarning erkinlashtirilishiga va ularning umumiy jahon mehnat bozoriga integratsiyalashuvining chuqurlashuviga xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidyentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2885-conli “O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi, 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-sonli “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari, 2017 yil 21 dekabrdagi “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga (MDH) a'zo mamlakatlar 1988 yilda Noqonuniy migratsiya bilan kurashish sohasida hamkorlik qilish bitimini imzolaganlar. Ushbu Bitimda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning quyidagi asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan:

  • Bitimda ishtirok etuvchi davlatlarning noqonuniy migrantlar va noqonuniy migratsiyaga ko'maklashadigan shaxslarning mas'uliyati sohasida milliy qonunchilikni uyg'unlashtirish;

  • davlatlar hududiga chet elliklarning noqonuniy kirishi va bo'lishiga qarshi kurash olib borish;

  • noqonuniy immigrantlar ma'lumotlar bankini shakllantirish;

  • noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish mexanizmini yaratish va boshqalar.





Download 61.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling