Реферат мавзу: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy
Download 330.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Реферат мавзу O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rgani
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»
- To’maris, Zarina, SHiroqlar, Spitamen, Muqanna, Torobiy, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik
- 3. O’zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgoxlari).
- Sivilizatsiya
- Qutadg’u bilig
- «Fergantrop»
Agar haqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazaridan Vatan tarixiga yondashadigan bo’lsak, u quyidagi katta davrni o’rganadi: 1 .Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri. 2. Vatanimiz tarixining O’rta asrlar davri. 3. Vatanimiz tarixi Rusiya bosqini va mustamlakachiligi davrida. 4. Vatanimiz tarixi sho’rolar hokimiyati davrida. 13
5. Vatanimiz tarixi mustaqil taraqkiyot davrida. Bu katta davrlar o’z navbatida bir necha kichik davrlarga bo’lib o’ganiladi. Vatan tarixini yoritishda kaysi manbalar asos bo’lganligi ham g’oyat katta o’rin tutadi. SHo’ro hokimiyati yillarida yozilgan O’zbekiston tarixiga oid adabiyotlar uchun marksizm - leninizm klassiklarining asarlari, KPSS hujjatlari, Kommunistik partiya va sho’ro davlati rahbarlarining ma’ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari, adiblari va olimlarining asarlari asosiy manba o’lib xizmat qilgan. O’tmish tariximiz va madaniyatimizning durlari hisoblangan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Forobiy, Ahmad Farg’oniy, YUsuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, Navoiy, Ulug’bek, Nizomiddin SHomiy, SHarafuddin Ali YAzdiy, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Solih va boshqa juda ko’plab dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Vatan tarixini yaratish va o’rganishda quyidagi manbalar asos bo’lishi mumkin. 1. Qadim zamonlardan to shu kunga qadar ulug’ ajdodlarimiz buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan ma’naviy boy asarlari. 2. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo’lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar. 3. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy memuar asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar. 4. Har xil muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari. 5. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar. 6. Kino, fotohujjatlar. 7. O’zbekiston hukumati rahbarlari asarlari, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar, qonunlar, qarorlar, farmonlar, shuningdek, mahalliy matbuotning barcha vositalari (teleradio, gazeta-jurnallar) ma’lumotlari ham muhim manba hisoblanadi.
14
“O’zbekiston tarixi” fanining hozirgi mustaqilligimizni mustahkamlash, komil insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov tarix fani taqdiriga qiziqib, uni rivojlantirish, buning uchun esa tarixiy tadqiqotlarni to’g’ri yo’lga solib yuborish ishida tashabbus ko’rsatmoqdalar. Maolumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida" qarori e’lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy- metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat: - xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish; - O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy- siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish; - O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma- xilligini hisobga olish; - “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish; - “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash: - O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy- tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish; - tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;
15
- yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eotiborga olish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’irisida”gi 1998 yil 27 iyulda eolon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi. Qarorda Vatanimizda tarix fanining rivojlanishini taominlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag’ bilan taominlash chora-tadbirlari belgilangan. Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga - “O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi eotirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash”ni taominlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan. SHuni alohida taokidlash joizki, yirik davlat arbobi va isteododli olim Islom Karimovning bir qator kitoblarida va nutqlarida iqtisod va siyosatga, ma’naviyatning turli sohalariga bo’lgani kabi Vatan tarixiga ham, o’tmishimizga to’g’ri munosabatda bo’lish zarurligi haqida ham qimmatli fikrlar bor. Masalan, yuqorida taokidlaganimizdek, u o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida shunday deb yozadi: “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’maganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. “Xalqimizning otashqalb farzandi” kitobida I.A.Karimov o’zining Vatan tarixiga qarashlarini izchilik bilan rivojlantirib, quyidagilarni yozgan: “Bugungi zamon bahosini berish uchun avvalambor, kechagi kunga - o’tmishga nisbatan qanday munosabatda ekanimizga baho berish kerak”. I.A.Karimovning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, quyidagi so’zlar tarixchi
16
- tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun metodologik asos bo’la oladi: “Biz yangi hayot uchun bel bog’ladik, biroq o’tmishga malomat toshlarini otmadik. Halqimizning o’tmishga tosh otish - gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik... o’tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish - o’z ildizimizni o’zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...” Bu gaplarni tarixchilarimiz, baozi ijodiy ziyolilarimiz ham o’qib, ham uqib olishlari kerak, chunki ilgari ular bunga amal qilmadilar va hozir ham to’la amal qilayotirlar, deb bo’lmaydi. SHuning uchun ham Prezidentimiz 1998 yilning iyunp oyi oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar hamda, ziyolilarning ayrim vakillari bilan suhbat o’tkazdilar. Bu suhbat “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan sarlavha bilan “Muloqot” jurnalining 5-sonida va alohida risola sifatida nashr qilindi. Prezidentimiz suhbatda Vatan tarixining bir qator dolzarb muammolari haqida so’z yuritdilar. Bular asosan quyidagicha: 1. Vatan tarixini yaratishning yagona kontseptsiyasi yo’q. Obro’li tarixchi olim fikri ilmiy hukm bo’lib qolmoqda. Munozara, turli fikrlilik yo’q. 2. Bugun xalqning holis tarixi yaratilmagan, bor qo’llanmalar talabga javob bermaydi. 3. O’zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari konkret ko’rsatilmagan. O’zbek millatining shakllanish tarixini, davlatchiligimizning paydo bo’lishi asoslarini ko’chmanchi xalqlarga bog’lashga intilish kuchli. 4. O’zbek davlatchiligi asosi tubjoy xalqlardan, masalan, Xorazmdan boshlanganligi, bunga “Avesto” guvoh ekanligi baralla aytilmadi. 5. Tezda jiddiy tadqiqotlarni tuzish kerak, bu ma’naviyatimiz uchun ham, siyosat uchun ham kerak, chunki u tarix ma’naviyatni shakllantirishga, siyosatga xizmat qiladi, yangi, holisona yozilgan tarixsiz siyosatda xatolarga yo’l qo’yish mumkin.
Prezidentimiz, avvalo, yangi Vatan tarixini yaratish ishi orqaga surilib kelinayotganligidan qoniqmaganliklarini bildirdilar, olib borilayotgan tadqiqot 17
ishlari talabga javob bermasligini aytdilar. Bunga asosiy sabab Vatan tarixini yoritishning yagona kontseptsiyasi yo’qligi, dedilar. Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixining roliga Prezidentimiz alohida urg’u beradilar. “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, - deb yozadi Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida. “Ma’naviyatni tiklash, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir”. YAna “Inson uchun tarixdan judo bo’lish - hayotdan judo bo’lish demakdir”. Ona Vatanimiz tarixining nomlanishi masalasida ham olimlar o’rtasida turlicha fikr va qarashlar bor. So’nggi yillarda fanimizning nomi o’qitilish ob’ektiga moslangan holda «Vatan tarixi», «O’zbekiston tarixi», «Tarix», nomlari bilan atalmokda. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib jahon hamjamiyatiga qo’shilgan ekan, tariximizning komil insonni tarbiyalashdagi o’rni benihoya kattadir. SHu jihatdan olganda: Birinchidan, Vatan tarixi yosh avlod ongida g’oyaviy-siyosiy, nazariy-ilmiy dunyo qarashni shakllantirishi lozim, voqea va hodisalarlarga tarixiy nuqtai nazaridan yondashadigan har tomonlama yetuk barkamol Insonni tarbiyalash kerak.
Ikkinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil O’zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonning uyg’onib shakllanishiga ko’m aqlashadi. YOshlar ajdodlarimiz taraqqiyot yo’lining tarixiy tajribasini o’rgangandagina, ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash hamda kelajakka nazar solish malakasi shakllanadi, milliy jihatdan uyg’onadi. Milliy o’zlikni anglamasdan, milliy tafakkurni shakllantirmasdan turib baynalminalchilik haqidagi har qanday g’oya va qarashlar mantiqsiz ekanligini anglaydi. Uchinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni otashin vatanparvarlik an’analari ruhida tarbiyalaydi. Tarix fanining deyarli har bir mavzusi bu borada boy imkoniyatlarga egadir. 18
Turtinchidan, Vatan tarixi yosh avlodni ulug’ xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va ahloqiy fazilatlari. Halollik va poklik, odillik va adolatlilik, insonparvarlik va rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymonlilik va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalaydi. Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptiradi. Beshinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. YOshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutoalaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. O’zbekiston azaldan ko’p millatli mamlakat ekanligi, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyotiga ko’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.
ta’kidlaydiki, «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, hulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli kishini esa oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi». Darhaqiqat, qimmatli fikrlar. Tariximizni bilish, o’tgan mutafakkirlar, olimlar, daholar, xalq qahramonlari haqidagi ma’lumotlarni o’rganish albatta kishilarimiz tafakkurida, ongida, xususan biz kelajakni ularsiz tasavvur qilolmaydigan yoshlarimiz tushunchalarida keskin ijobiy o’zgarishlar paydo qiladi. Uylab ko’raylikchi, o’tmishda hududimizga bosqinchilik bilan kelgan chet el bosqinchilariga qarshi kurashgan, o’z hududi va elini ozodligi uchun jonini tikkan xalqning asl farzandlari - To’maris, Zarina, SHiroqlar, Spitamen, Muqanna, Torobiy, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, mo’g’ul istilochilari sulolalarini tugatib, markazlashgan yirik turk imperiyasini tuzgan Temur, chorizm mustamlakasiga qarshi kurashgan milliy ozodlik harakati rahbarlari yetimxon, Po’latxon, Dukchi
19
bularning barchasining jasoratdan iborat bo’lgan faoliyatlari nahotki kishilarimiz qalbida vatanparvarlik ruhini, o’z yurtini va elini sevish va e’zozlash kabi fazilatlarini ko’chaytirmasa, nahotki tariximizda o’chmas iz qoldirgan yirik olimlar, shoirlar, sarkardalar (ularning yuzlab nomlarini keltirishimiz mumkin) faoliyatlari, ijodlari dunyo miqyosidagi ahamiyatga ega bo’lgan va hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan ishlari haqidagi ma’lumotlar odamlarimizda milliy g’urur, milliy iftixor, shuningdek, o’shalarga munosib bo’lishdek his-tuyg’uni uygotmasa. Bulardan xabardor bo’lish ayniqsa, yoshlarimizda ularga va ular qoldirgan-moddiy va ma’naviy merosga, o’tmish an’analariga sodik qolishdek xususiyatni kuchaytiradi. Barchamizga ayonki, ma’naviy barkamol odamlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. SHuningdek, insonning insonligi uning pok va halolligi, fidoiyligi bilan o’lchanadi. SHuning uchun tariximizga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz hamisha halol bo’lishga, fidoiylik ko’rsatishga da’vat etib kelishgan. Halol bilan haromni farqlash to’g’risida nasihat qilishgan. SHuning uchun Turkiston hududida, xususan O’zbekistonda uzoq o’tmishdan boshlab, ayniqsa ta’lim-tarbiya uchun mo’ljallangan kitoblarda ilmi odob, husni odob yo’nalishlariga alohida e’tibor qilingan. Diniy yo’nalishlarda esa bolalarni yoshligidan boshlab, barcha insoniy
fazilatlarni ma’nosini o’zida mujassamlashtirgan hadislarni o’qitish, o’rgatish, yodlatishga harakat qilingan. Demak, shunday xulosa qilishimiz mumkinki, tarix - bu buyuk ustoz, tarix - bu tarbiyachi, tarix - bu hayotiy saboqlar yig’indisi. Tarixni o’rganish - bu beminnat o’qituvchiga shog’ird bo’lishdir. SHuning uchun ham yana bir bor ishonch bilan aytamizki, barkamol insonni yetishishida O’zbekiston tarixi fanining bilishni ahamiyati, o’rni ulkandir. Xulosa qilib: “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak.
20
Vatan tarixi fanining vazfalarini Prezidentimiz lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur, - deb ko’rsatadi I.Karimov.
21
neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgoxlari). Qadimgi taraqqiyot (tsivilizatsiya) tushunchasi. Qadimgi taraqqiyotning shakllanishi. Qadimgi odamlarning dastlabki makonlari. Selengur, Ko’lbuloq, Teshiktosh va boshqa manzillar. Olov va o’q-yoyning kashf etilishi). «Sivilizatsiya» so’zi nisbatan yaqinda, 2 asr muqaddam, frantsuz ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat ma’nosida tushunilgan. Keyinchalik bu so’z turlicha, keng mazmunda ishlatiladigan bo’lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi tsivilizatsiyani yovvoyilik, vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi tsivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot ko’rinishi deb hisoblagan. Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy ob’ekti-bu insondir. Odam tabiat ne’matlaridan o’z extiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o’z hukmronligini o’tkazishga intiladi. TSivilizatsiya-bu odamning komillik, yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma o’zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo’lga kiritiladi», deb ta’kidlaydi. YUsuf Xos Hojib o’zining mashhur «Qutadg’u bilig» kitobida jamiyatning muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish, unga takomil baxsh etishning insonning asosiy burchi deb biladi. Buning uchun avvalo ilm va uni xayotga tatbiq etish muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql va bilim egasi bo’lgan. Alisher Navoiy komillikni insonni ma’rifatli bo’lishida, yuksak ma’naviyatida, adolatning 22
tantanasida va nihoyat, xalq va yurtboshining o’zaro sadoqatidadir, deydi. Frantsiya donishmandlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni tsivilizatsiyaga erishgan mamlakat deb hisoblaganlar. Mashhur nemis olimi Gegel esa tsivilizatsiyani ma’naviy-ruhiy madaniyatning moddiy-texnik asosi, deb tushungan. Ko’rinib turibdiki, tsivilizatsiya zamirida aql-zakovat, farosat, xayotga ijodiy yondashish, betinim mehnat kabi fazilatlar mujassam. SHuning uchun ham ko’pchilik lug’atlarda tsivilizatsiya so’zi ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi deb talkin etiladi. Ko’p tarixshunoslarning fikricha, tarixni o’rganishga yondashish anchagina holis va ob’ektivdir. Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham ibtidoiy jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi va uzoq asrlarni o’z ichiga olgan tosh davridir. Undan keyingi mezolit davri miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi, o’ng neolit-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar, eneolit (mis-tosh) davri-miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi. Sayyoramiz tarixida eng buyuk voqea-odamzodning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi bo’lgan. Bir qancha olimlar, xususan U. Islomov, odamlarni maymundan emas, balki, maymunsimonlar oilasiga kirgan jonzotlardan uzoq vaqtlar davomida shakllangan, degan taxminni qo’llaydilar. SHarqiy Afrikaning Olduvay daryosi o’zanida eng qadimgi odam suyaklari topilgan. Bu suyaklar 1 mln. 700 ming yil avval yashagan kishiga mansub. Antropogenez fani odamzodning paydo bo’lish davri taxminan 5 mln. yilni o’z ichiga oladi deb hisoblaydi. Neandertal kiyofali odamning tarkalishi miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oiddir. Zamonaviy kiyofali odamlarning (kroman’onlarning) paydo bo’lishi miloddan avvalgi 40-30 ming yilliklarga to’g’ri keladi. Qadimgi odamlarda ongning paydo bo’lishi, fikrlash qobiliyatining vujudga kelishi juda uzoq va g’oyat murakkab jarayon bo’lgan. Bu haqda olimlarda turli muloxazalar mavjud, ammo aniq bir narsa ayonki, yashashga intilish, jon saqlab
23
qolish, tirikchilik qilish qadimgicha fikr qilishga, qiyoslash va takkoslashga majbur etgan. Hozirgi zamon odamiga o’xshash kishilar shakllanganiga ham uzoq ming yillar utibdi. Es-hushli odam (Homo Sapiens) ning shakllanish jarayoni murakkab sharoitlarda muhim boskichlardan o’tgan. Bu davrda eng muhimi anglash vositasi bo’lgan inson miyasining shakllanishi edi. Ko’pchilikka ma’lumki, inson miyasi maymunlar miyasiga qaraganda 4-5 marta kattadir. Bilamizki, har-bir mahluq sezgi organiga ega. Lekin, faqat odamzod atrof muhitni anglash, idrok etish, xulosalar chiqarish, tabiatning ayrim elementlarini o’z manfaatlariga moslash, qulayliklar yaratishdek nodir ne’matga sazovor bo’ldi. Mezolit davrida jahonning ko’p qit’alarida tektonik o’zgarishlar: yirik ekologik tanazzul yuz berdi, zilzilalar bo’ldi, muzliklar eridi. SHu bois tabiiy sharoit ko’p hududlarda keskin o’zgardi, odamlarning katta-katta guruh bo’lib iqlimi durustroq joylarga ko’chishlari bo’ldi (shu jumladan Markaziy Osiyoga ham). YAngi sharoitga moslashish esa, kishini yanada faolroq bo’lishini taqozo qildi. Ma’lumki, o’q-yoy, kamon mezolit davrining mevasidir, uning tarixiy ahamiyati barchaga ayon. Inson tirikchilikning yangi manbalarini izlaydi. Maxsulotni sun’iy ravishda yetishtirishni o’rgana boshlaydi. Boshoqli donlar, xonaki mol, qo’y-echkilar, ishlab chiqarishni yangi qurollari ko’p mintaqalarda mezolit va neolit davrining mahsulidir. Ko’pchilik olimlar ana shu asrlarni tsivilizatsiyaning dastlabki muhim
qadamlari davri
deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilarning ayrimlari esa «neolit inqilobi tsivilizatsiyalar tarixining boshlanishi» degan xulosaga keladilar. Ularning fikricha dastlabki tsivilizatsiya markazlari Old Osiyo va yaqin SHarq bo’lgan,xususan Nil, Frot, Dajla, so’ng Hind, keyin YAntszi vohalari tilga olinadi. Qadimshunos olimlar A.Amalrik va A.Mongayt fikricha, Misr inson hayotining ta’minlagan va madaniyatni vujudga keltirgan yurt, eng qadimgi ziroatchilik vatanidir. Dehqonchilikni paydo bo’lishi kishilarga boshqa yumushlarni amalga oshirish imkonini yaratdi va asta sekin hunarmandchilik rivojlana boshladi. 24
Markaziy Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning dastlabki bosqichlaridanoq kishilar diqqat e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Hozirgi O’zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo bo’ylaridan, Farg’ona vodiysi va uning tog’ yon bag’irlari hududlaridan, Ohangaron va CHirchiq daryolari atrofidan shuningdek Janubiy Qozog’istonning, Qirg’iziston va Janubiy Turkmanistonning tog’ va tog’ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklari topilgan. O’rta tosh davriga mansub ibtidoiy kishilar manzilgohlari Markaziy Osiyoning ko’p joylarida uchraydi. Demak, aholi bu paytlarda yurtimizda keng tarqalgan bo’lib, kishilar turmushida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo’la boshlagan. Endi ular ibtidoiy tudadan urug’chilik jamoasiga o’ta boshlaydilar. Ana shu davrda o’lkamizda hozirgi zamon odamlariga o’xshash kromanonlar paydo bo’ldi. Ular tinimsiz mehnat natijasida aqliy va jismoniy jihatdan rivojlandilar va biologik xususiyatlari o’zgarib bordi. Mehnat qurollari takomillashadi, nutq madaniyati o’sib, fikrlash ancha oshadi. Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi. Qadimshunos olimlar U.Islomov, A.Askarov, A.Sagdullaev o’z tadqiqotlarida mintaqamiz tarixining eng asosiy sanalari to’g’risida to’xtalib, quyidagi muhim voqealarga diqqatni tortadilar. O’zbekiston hududida odamzodning paydo bo’lganidan 1 million yilga yaqin vaqt o’tgan. Eng qadimgi ajdojlarimizning izlari Farg’ona viloyati So’x tumani Selungur g’oridan topilgan. Olimlar uni «Fergantrop» ya’ni Farg’ona odami deb atadilar. Surxandaryo viloyati Boysun tumani Teshiktosh goridan neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan deb taxmin qilinadi». Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug’i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug’i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. SHu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo’g’ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug’ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O’q-yoy
25
mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo’lgan va insoniyat tarixida katta o’rin tutgan. Download 330.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling