Referat mavzu: O'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish printsipi va samaradorligi


Download 385.94 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi385.94 Kb.
#1460670
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
323 Guruh G\'ulomova Marxabo(akt)


Tayyorladi:G'ulomova Marhabo

REFERAT


MAVZU: O'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish printsipi va samaradorligi




Mavzu:O'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish printsipi va samaradorligi

Reja:
1. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga onlayn nazorat kassa mashinalari va virtual kassalarni joriy qilish haqida
2. Onlayn kassa apparatlaridan foydalanish samaradorligi
3. Onlayn_NKM va virtual kassa o’rnatilishi va ro’yhatdan o’tkazilishi tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5813–sonli Farmoni qabul qilindi.


Ushbu Farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi №943-sonli “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etilishi, onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi va ularga qo‘yiladigan texnik talablar, shuningdek ularni Davlat reyestriga kiritish tartibi va texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Onlayn nazorat-kassa mashinasi – fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal maʼlumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari hisoblanadi.

Virtual kassa — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal maʼlumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslaridir.

Fiskal modul — fiskal maʼlumotlar operator tomonidan ishlab chiqilgan, maxsus himoyalangan dasturiy taʼminotga ega bo‘lgan, o‘zi ulangan qurilmaning hisoblash quvvati va dasturiy mahsulotini ishlatmagan holda fiskal maʼlumotlarning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda milliy standartlar asosida kriptografik himoyasini taʼminlovchi fiskal xotira vazifasini bajaruvchi ixtisoslashtirilgan fizik qurilma hisoblanadi.


Download 385.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling