Referat mavzu: O'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish printsipi va samaradorligi


Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM)


Download 385.94 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi385.94 Kb.
#1460670
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
323 Guruh G\'ulomova Marxabo(akt)

Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM)–onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarga uzluksiz servis xizmati ko‘rsatuvchi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar. Ular tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida, onlayn-NKM yoki virutal kassalarni Davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi. TXKM Respublikaning istalgan hududlarida malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan filiallarini ochishi yoki sheriklik asosida faoliyat yuritishi belgilangan. TXKM tadbirkorlik subyektlariga o‘rnatilgan onlayn-NKM qurilmalari va virtual kassalarni majburiy tartibda bir yilda bir marta texnik va dasturiy ko‘rikdan o‘tkazib boradi. TXKM tomonidan onlayn-NKM yoki virtual kassa nosozligi davrida tadbirkorlik subyektini bir kun ichida zaxiradagi onlayn-NKM yoki virtual kassa bilan taʼminlashi kerak. Tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan istalgan turdagi onlayn-NKM yoki virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda istalgan texnik xizmat ko‘rsatish markazlariga ro‘yxatdan o‘tishi uchun ariza taqdim qilishi mumkin.

Onlayn-NKM yoki virtual kassalarni ro‘yxatga olish arizasiga:
- turg‘un savdo (xizmat ko‘rsatish) shahobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
- texnik xizmat ko‘rsatish markazi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
- shaxobcha manzilining xaritadagi koordinatasi maʼlumotlari ilova qilinadi.

TXKM 4 ish soat ichida taqdim etilgan maʼlumotlarni maxsus axborot tizimida qayd etadi va ishchi holatga keltirilgan onlayn-NKM yoki virtual kassani tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi. Onlayn-NKM yoki virtual kassani Davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.


Aholi bilan pulli hisob-kitob amalga oshirish jarayonida Onlayn-NKM yoki virtual kassani qo‘llash tartibi quyidagicha:
- xaridor mahsulot(xizmat) uchun to‘lovni amalga oshiradi;
- sotuvchi onlayn-NKM yoki virtual kassada to‘lovni qayd etadi, to‘lov maʼlumotlari onlayn NKM yoki virtual kassa orqali fiskal maʼlumotlar operatoriga yuboriladi va xaridorga maxsus QR-kodli chek taqdim etiladi;
- fiskal maʼlumotlar operatori o‘z navbatida Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasiga kassa cheki maʼlumotlarini qayd etadi;
- xaridor chekning haqiqiyligini maxsus mobil ilova bilan QR-kodni skanerlash orqali tekshiriladi.
Farmon bilan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.
- Unga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari – 2020 yil 1 yanvardan;
- o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari – 2020 yil 1 avgustdan;
- o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subyektlari – 2021 yil 1 yanvardan;
- qolgan barcha tadbirkorlik subyektlari – 2022 yil 1 yanvardan onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tishi shartligi ko‘rsatilgan.
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimidan foydalanishga o‘tgan taqdirda quyidagi qulayliklarga ega bo‘ladi:
- kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritishni va har bir NKM bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyati bekor qilinadi;
- realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi;
- virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi DSQ tomonidan bepul beriladi;
- plastik kartalari yoki chegirma kartalariga o‘tkazilgan bonuslar (cashback) daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi;
- kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan kam summalarni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqi beriladi;
- 2021 yil 1 yanvarga qadar onlayn-NKMni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlari ularning keyingi soliq to‘lovi hisobidan, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha kamaytiriladi.

Download 385.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling