2. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi.
Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish:
1. Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.
2. Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini ishlab chiqish.
3. Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, reklamaning samaradorligini baholash.
4. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public Relations).
4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot).
Targ‘ibot – marketingning zamonaviy ko‘rinishi. Targ‘ibot (Promotion) – Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi xaridorning xatti-harakati va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi. Marketing menejerlarining asosiy vazifasi – mijozlar va ular guruhiga kerak mahsulot aynan qaysi joyda va ularga ma’qul narxni ma’lum qilishdir. Targ‘ibot (Promotion) - marketingning zamonaviy ko‘rinishi:
Shaxsiy sotish(Personal Selling)
2.1-rasm. Targ‘ibot usullari.
Ommaviy sotish(Mass Selling)
Targ'ibot(promotion) usullari
Reklama (Publicity)
Targ‘ibot usullari:
1. Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali sotuvchi darhol xaridorni fikrini bilib olish va keyinchalik qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar.
2. Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab potensial xaridorlar bilan muloqotda bo‘lish. Odamlar gavjum joyda «ommaviy sotish»ning eng asosiy ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat yuborishni o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy sotish»ning boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin».
3. Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish, ommaviy yoki shaxsiy sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |