Referat mavzu: Sharqda estetik qarashlarning shakllanish tarixi Bajardi: Raxmatullayeva G. R
Download 72.01 Kb.
|
Falsafa referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Toshkent Moliya Instituti Fan: Falsafa REFERAT Mavzu: Sharqda estetik qarashlarning shakllanish tarixiBajardi: Raxmatullayeva G.R Tekshirdi: Raxmonov A. Toshkent 2023 Mavzu: Sharqda estetik qarashlarning shakllanish tarixiReja:Kirish Estetika fanining predmeti. Estetikaning jamiyatda tutgan o’rni.Qadimgi Sharq estetikasi. Ma`rifatchilik va hozirgi zamon estetikasi. XulosaTestFoydalanilgan adabiyotlar KIR I S H Mustaqil O`zbekiston o`tgan yillar mobaynida asrlarga tatigulik tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar endilikda ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu,eng avvalo istiqlolimiz, uni mustahkamlash, shuningdek, xavfsizlik va tinchlik uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning natijasidir. Darhaqiqat xavfsizlik va tinchlikka erishmasdan turib, biror ezgu maqsadga erishib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “”Xavfsizlik va tenglikuchun kurashmoq kerak” nomli kitobi bilan tanishganda ko`ngildan shu fiklar o`tadi . Kitobning qimmatli jihati shundaki, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, terrorchilik balosiga qarshi kurashda juda katta e`tabor bergan. Bugungi kunda sayyoramizda tinchlik barqarorlikka jiddiy xavf solib turgan xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda birlashtirishni, harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan taklif, fikr va mulohazalar milliy va iqtisodiy xavfsizlik dolzarb masala ekanidan dalolat beradi. Darhaqiqat, o`tgan asrnning keyingi yillaridan boshlab iqtisodiy xavfsizlik muammosi o`ta keskinlashdi, “iqtisodiy xavsizlik” tushunchasi keng qamrovli, murakkab tushuncha ekanligi oydinlasha boshladi. An`anaviy yondashish va usulla rorqali iqtisodiy xavfsizlikni to`liq tavsiflab bo`lmaydi. Iqtisodiy xomashyoga asoslangan mamlakatlarning mahsulotlari, shuningdek yetakchi mamlakatlarning jahon bozoridagi valyuta kurslari tebranishlari bilan bog`liq xavfla rmamlakatlar iqtisodiy o`sishiga salbiy ta`sirni , ularning inqirozi xavfini kuchaytiradi. Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqhan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi. Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh "go’zallik falsafasi", goh "san’at falsafasi" sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish hismida yozadi: "Estetika" degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz "estetika" nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu "san’at falsafasi" yoki yana ham aniqroq qilib aytganda "badiiy iyod falsafasi". Hegelning "estetika" atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi mazkur so’zning barcha his tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, "estetika" atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz "nafosatshunoslik" atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan "nafis", "nafislik", "nafosat" so’zlari o’z qamrovi bilan fanimiz talabiga to’la javob byera oladi. "Nafis" so’zi "o’zbek tilining izohli lug’ati"da go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari "estetika" ("eshtetik") so’zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas. O’tmishda estetik qarashlar, goyalar, fikr-mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag‘rida paydo buldi. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yunalishlar estetik qarashlarning ham turli kurinish va yunalishlarga kuchli ta’sir utkazib keldi. Nafosat mohiyati, estetik ong va estetik faoliyat tabiati, san’atning voqelikka munosabati masalalarida turlicha qarashlar paydo buldi. Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi SHarq ulkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. YAqin-yaqinlargacha «estetik g‘oyalar vatanni qadimgi YUnonistondir» degan suzlarga ishonar edik. Qadimgi SHarq estetikasining tarixiy merosi ataylab kuzdan pinhon tutilgani, hatto kam urganilganligi sababli «ovrupoxudbinlik» («evropotsentrizm») uydirma aqidalari zur berib ilgari surildi. Qadimgi SHarq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari (Mixxat, finikiya alifbosi), Urxun-Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmat-baho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari (Misrda firavn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asoriatiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, skiflar oltin buyumlari va boshqalar), ulug‘vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraniy etganini kursatadi. Ilk estetik karash va goyalar kohinlar tomonidan bayon qilinganligini bugun biz bu mamlakatlar xalqlari qulyozma merosidan, ogzaki xalq ijodi namunalaridan bilamiz. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli urganilmagan va ilmiy sharzuganmagan. Qadimgi YUnoniston ziyolilaridan Gerodot SHarq mamlakatlarining kuplarida bulib, ular haqida uz tarixiy asarlarida bayon qilgan qadimgi SHarq estetik qarashlarini urganib, ularni umumlashtirib, nazariy jizhatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bulganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovrupo mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligini e’tirof etish vaqti keldi. Qadimgi YUnon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi SHarq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik goyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. SHu asosda tartibga solingan estetik nazariya uzidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bulib xizmat qildi. Qadimgi yunon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (e.a. 6-5 asrlar)nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning uzaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga uz hissalarini qushdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va goyalari estetik tafakkur tarizsida muhim urin tutadi. Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialistik) yunalishni Geraklit (e.a. 540-480 yillar) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning uzidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi deb kursatdi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surdi. Demokrit (e.a. 460-370 yillar) guzallikni hamohanglikda, bulaklarning tug‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka tazushd qilish (mimesis) da kurdi. Suqrot (e.a. 470-399 yillar) ta’limotida guzallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga kuchirilgan bulib, guzallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi etakchi goya sifatida bayon qilinadi. Suzuyut estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar urtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini kursatib berdi. Aflotun (e.a. 427-347 yillar) qarashlarida estetika ham guzallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbaini avvalo goyalar tashkil etadi. His-tuygu beradigan barcha narsalarni abadiy, uzgarmas g‘oya «yoritib turgan» dagina guzallik kashf etiladi. Uning fikricha guzallik uta hissiyotli bulgani tufayli uning mohiyatini his-tuygu bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotunning san’atga oid qarashlarida ijodiy jarayonni ilohiylashtirish, san’atni esa butunlay aql-idrokka teskari bulgan sa’y-harakat tarzida baholash urin olgan. U, san’atni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta’riflab, uni narsalardan kuchirilgan nusxa, narsalarning uzi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb uqtiradi. Aflotun qarashlarida estetik tarbiy nazariyasi muhim urin tutadi. U san’atning odamlarga nisbatan utkaza oladigan ta’sir kuchini tan oladi, lekin bu ta’sir kuchi salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHu bois Aflotun istiqbolda orzu qilgan davlat mafkurasida musiqadan boshqa barcha san’at turlarini tilga olmaydi, musiqaning ham faqat «Harbiycha jaranglaydigan», «mardona» shakllariga urin ajratadi. SHunday kilib, Aflotunning san’atga va estetik tarbiyaga doir qarashlari tarkidunyochilik, qattiq qullik ruhi bilan sugorilgan. Qadimgi yunon estetika nazariyasining chuqisi va yakuni sifatida Arastu (e.a. 384-322 yillar) estetik ta’limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastu fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlilik, aniqlik, uygunlik, yaxlitlik xossalarida namoyon buladi. Download 72.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling