Referat mavzu: shaxsning iqtisodiy xavfsizligi. Bajardi: Ibrohimov ismoil. Tekshirdi: Abdualimov Ashraf. Denov 2023
Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar
Download 498.82 Kb.
|
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi
2. Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar.
Ijtimoiy soha nafaqat iqtisodiy, balki milliy xavfsizlikni ta‘minlashda ham muhim o‘rin tutadi, zero, ijtimoiy soha orqali shaxs, oila va shu bilan bir qatorda alohida ijtimoiy guruhlar hamda yaxlit tarzda jamiyatning manfaatlari va ehtiyojlari qondiriladi. Aynan shu joyda shaxs va davlat, shaxs va korxonalar o‘rtasidagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlarning mustahkamligi va o‘zaro hamohangligi jiddiy sinovdan o‘tadi. Aholi daromadlari va aholi iste‘molining keskin tabaqalanishi, daromadlari yashash minimumidan past bo‘lgan insonlar sonining mutlaq va nisbiy o‘sishi natijasida kambag‘allikning ortishi mamlakatning barqaror rivojlanishi hamda xavfsizligiga katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Kam sonli boylar va kam ta‘minlangan fuqarolar sonining ko‘pligini ifoda etuvchi jamiyatning mulkiy jihatdan tabaqalanishi ijtimoiy sohada mamlakatning xavfsizligiga katta tahdid tug‘diradi. Aholining daromad va mulk jihatdan tabaqalanishi barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan holat hisoblansada, mazkur tabaqalanish darajasi va turli aholi guruhlari daromadlarining o‘zgarish amplitudasi haddan ziyod ortib ketmasligi lozim. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, agar 10 foiz yuqori daromadga ega bo‘lganlar bilan 10 foiz past daromadga ega bo‘lganlarning daromadlari o‘rtasidagi farq 1:10 (birmuncha taraqqiy etgan Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 1:6-8 ni tashkil etadi)dan oshsa, u holda jamiyat ijtimoiy beqarorlik zonasiga kirib boradi. Rasmiy statistik ma‘lumotlarga ko‘ra mazkur nisbat O‘zbekistonda 1:8 ni, ayrim shaharlar va hududlar bo‘yicha esa bundan ham ko‘proqni tashkil etadi.8 Mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush darajasi va sifatining pastligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar jamiyatda ijtimoiy nizolar va zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. O‘zbekistonda bozor munosabatlari joriy etilishining dastlabki davrlarida aholi daromadlari o‘rtasida tabaqalanishning keskin kuchayishi asnosida jamiyatda ijtimoiy nizolar xavfining kelib chiqishi yanada kuchaydi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‘sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o‘zgarishlar, bozor konyunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik va inflatsiya darajasining boshqarib bo‘lmaydigan darajalarda o‘sishi, hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, ijtimoiy sohalar, shu jumladan, ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalar rivojlanishining past darajadaligi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yomonlashuvi, tabiiy muhitning yomonlashuvi, tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hamda jahon iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyatlar, mamlakat tashqi qarzining haddan tashqari o‘sib ketishi sababli ham vujudga kelishi mumkin. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o‘z ifodasini topadi. Shaxsning xavfsizligiga nisbatan jinoiy mazmunga ega tahdidlar mamlakatda kriminallashuv, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning kuchayishi orqali vujudga keladi. Download 498.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling