Referat mavzu: shaxsning iqtisodiy xavfsizligi. Bajardi: Ibrohimov ismoil. Tekshirdi: Abdualimov Ashraf. Denov 2023


Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash yo


Download 498.82 Kb.
bet4/5
Sana12.02.2023
Hajmi498.82 Kb.
#1192350
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi

3. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash yollari.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanganlik holati sifatida tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
 shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mutanosibligiga rioya qilish;
 xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro mas‘uliyatli bo‘lishi;
 xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o‘zi, uning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o‘z bilimi, kasb, malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo‘lgan intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga asoslanadi.
Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‘sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o‘zgarishlar, bozor konyunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, jamiyatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi, tashqi tabiiy atrof-muhitning zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar tufayli vujudga keladi. Tahdidlar, shuningdek, turli davlatlar hamda ular bilan hamkorlik qiluvchi siyosiy va ijtimoiy hamkorlik kuchlari o‘rtasidagi nizo, ziddiyat, qaramaqarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo‘ravonlik alohida xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo‘ravonlik inson shaxsini kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid solishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o‘z ifodasini topadi9.
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o‘z oldiga noto‘g‘ri maqsadlar qo‘yganligi, bilim, kasb-malaka darajasining pastligi tufayli kam haq to‘lanadigan ishlarda ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod bo‘lishi, ishsiz bo‘lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki daromadi kam bo‘la turib bolalari ko‘p bo‘lishi, qariganligi va turli kasalliklar hamda shikast olganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo‘qotganligi, boquvchisidan ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo‘ladi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol o‘ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va tadbirkorligini o‘stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
 fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-korlik turlarini hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta‘minlashga;
 mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
 aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga;
 ta‘lim, ijtimoiy sug‘urta, sog‘liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo‘li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik darajasi bo‘yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish hamda aholining to‘lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o‘sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta‘minlash ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lgani holda, ularni shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy jarayonlarning yuz berishi bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari natijasida paydo bo‘luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi borasidagi tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:10
 inflatsiya;
 pensiya ta‘minoti muammolari;
 iqtisodiyotning dollarlashuvi;
 bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
 aholining haddan tashqari ko‘p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi jamg‘armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar tomonidan banklarga qo‘yilgan omonatlarning yo‘qotilish xavfini vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, istiqbolda qarzdorlarning o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolarining bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi o‘sib bormoqda. Olinayotgan har to‘rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag‘al oilalar o‘z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini bank kreditlarini to‘lashga sarflamoqdalar.
Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o‘zi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiritilgan:
 moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy jamg‘armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va tajribaning yo‘qligi;
 qarz olishda o‘ylab ish tutmaslik;
 samarasiz investitsiyalar;
 moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshmashosharlik qilish;
 qonunlarni bilmaslik va hokazolar.
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo‘lsa, shaxs shuncha o‘z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o‘zining farovon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o‘rin tutishini inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg‘ash qiyin emas. Buning uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy institutlarning xizmatlarini o‘rganish, investitsiyalarni diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish talab etiladi.
Shaxsning temir yo‘llardagi xavfsizligi o‘z ichiga ko‘plab jihatlarni qamrab oluvchi, shubhasiz keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Mazkur holatni sinchkovlik bilan o‘rganish uchun, eng avvalo, shaxs o‘z hayotining u yoki bu davrida huquqiy nuqtayi nazardan kim va qanday maqomda ishtirok etishiga oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bunga bog‘liq holda temir yo‘llarda shaxsning xavfsizligi yoki uning turli xavf-xatarlardan himoyalanganligini ta‘minlashga juda ko‘p omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, shaxs temir yo‘l transporti obyektlarida bo‘lgani va uning xizmatlaridan foydalangani holda, u:
 temir yo‘l transporti xodimi;
 yuk qabul qiluvchi;
 yo‘lovchi va yoki boshqalar sifatida ishtirok etishi mumkin.


XULOSA.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllanishi davrida yangi vujudga kelayotgan strategik tavakkalchiliklar ta‘sirida iqtisodiy xavfsizlikning nazariy masalalariga qiziqish keskin o‘sib bormoqda. Xavfsizlik ushbu konteksda hayotiy faoliyatning barcha sohalaridagi o‘zgarishlarni va o‘zaro aloqadorliklarni ifodalovchi integral tavsiflovchi ko‘rsatkich sifatida baholanmoqda. “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi mazmuni, ya‘ni davlat iqtisodiyotining muhim elementlarini majmuali qiyosiy statistik holatda ko‘rish mumkin. Ularga: inson resurslari, texnik ishlab chiqarish, texnologik, oziq-ovqat, yoqilg‘i-energetik, transport, ma‘muriy axborot va boshqa elementlardan iborat. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi – bu nafaqatgina milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy manfaatlarni himoyalash mexanizmlarini yaratishga tayyorligi hamda ushbu sohada ko‘nikmalarga egaligi bilan ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga muvofiq, tasdiqlangan Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash sharoitida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida quyidagi muhim ustuvor vazifalar belgilangan. Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish:
 Makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.
 Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta‘minlash.
 Har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini «Fuqarolar byudjeti» dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
 Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta‘minlash11.


Download 498.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling