Referat Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish


rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o'zgaruvchanlari


Download 221.77 Kb.
bet6/26
Sana03.12.2023
Hajmi221.77 Kb.
#1799683
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Referat Mavzu Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish-fayllar.org

rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o'zgaruvchanlari
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini o'z ichiga oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e'tiborning predmeti bo'ladi. Boshqaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg'orroq texnologiyalarni paydo bo'lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo'lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g'oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xodimllardagi motivatsiyani yo'qqa chiqarishi mumkin.

Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo'ladilar Odamlarsiz tashkilot yo'q. Tashkilot faqat unda odamlar bo'lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog'likdir. Shuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun "birinchi sonli predmet" bo'ladilar.
Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot a'zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig'indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo'lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo'lishining ma'nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa;
• tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo'lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo'lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o'zaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me'yorlari;
• tashkilotda "o'yin" olib boriladigan qoidalar;
• tashkilotda mavjud bo'luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a'zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o'zaro hamkorlik qilishlarida nomoyon bo'luvchi muhit;
tashkilotda ma'lum tadbirlarni o'tkazish, ma'lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf - odatlar.
Tashkilot xodimlari ko'proq menejment tomonidan va xususan yuqori rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy madaniyatning manbalari bo'ladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol o'ynashi mumkin. Ammo maqsadga erishish yo'liga katta to'siq ham bo'lishi mumkin, ayniksa, u buning uchun o'zgarishlar o'tkazishni talab qilsa.
Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qo'llab quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta e' tibor qaratishi kerak.
Tashkilotning ichki hayoti ko'p sonli har har harakatlar, jarayonchalar va jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning o'lchami va faoliyat turiga ko'ra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi o'rinni egallashlari, boshqalari yo yo'q bo'lishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv ob'yekti bo'ladilar. Ular quyidagilardan iborat:
  • ishlab chiqarish;


  • marketing;


• moliya; xodimlarni boshqarish;


• ekkaunting (xo'jalik fao liyatini hisobga olish va tahlil qilish).
Menejment tashkilotda o'tayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga oshiradi, zarur bo'lgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va o'zgartiradi.
Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, ashyoviy jihatlarda o'zaro hamkorlik qilishga qodir bo'lgan ochiq tizimdan iborat bo'ladi.
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta'minlovchi manba bo'ladi. Bunda tashkilot ham, o'z navbatida, buning uchun to'lov sifatida tashqi muhitga o'z faoliyatining natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o'zaro almashish holatida bo'ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan o'zaro hamkorligi mavjud bo'lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko'rsatilayotgan xunik ta'sirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni ta'minlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta'sir ko'rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan ko'proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin.
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan bog'lik emaslar.
Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular bevosita bog'langanlar va ular bilan o'zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste'molchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo'yicha sheriklar va h.k.
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta'riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta'riflash uchun "murakkab" va "dinamik" tushunchalaridan foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini ta' riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur. Tashqi muhitning dinamikligini uning ta'riflarining o'zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o'zgaruvchanligini baholash mumkin bo'lgan asosiy ta'riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir.
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillari g'oyatda murakkab, bir ma'noli bo'lmagan va o'zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko'rsatib o'tilgan omillar yaqindan o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi holatda bo'ladilar, ulardan birlaridagi o'zgarish boshqalaridagi o'zgarishlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan ta'riflanadi:
  • katta noaniqlik;


  • dinamiklik;


  • oldindan aytib bo'lmaslik;


  • murakkablik;


  • ba' zi bir tashabbuskorlik bilan.


Masalan, bazaviy tashkilotlar (iktisodiy faoliyatning "Foydali qazilmalarni qazib chiqarish", "Qayta ishlovchi ishlab chiqarish" elektr quvvati, gaz va suvni ishlab chiqarish va taqsimlash" turlari bo'yicha)ning 2010 yilda o'tkazilgan so'roviga ko'ra, bu tashkilotlardagi ishga doir faollikni cheklovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: tashkilotlarning pul mablag'larini yetishmasligi 35%, tashkilot mahsulotiga mamlakat ichidagi yetarli bo'lmagan talab 42%, noaniq iqtisodiy holat 16 %, kerakli uskunalarning yo'qligi 30%, tashkilot mahsulotiga xorijdagi yetarlicha bo'lmagan talab 18%, hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yuqori raqobot 25 %.


Tashkilot-xo'jalik yurituvchi sub'yektni normal ishlashiga jiddiy to'siqni yana biri ishga doir axborotlarning yetarlicha bo'lmagan hajmi, axborot kengligining surunkali yetkazib berishga bitimlarni shakllantirishni judayam qiyinlashtiradi, xo'jalik xatarini oshiradi va ishga doir munosabat nafaqat qattiqqo'llik va bir ma'nolikni, balki o'zaro "murosa", egiluvchanlik va ko'p variantlikni ko'llashni talab qiladi.
Zamonaviy tashkilot yashab qolishi va qo'yilgan maqsadlarga erishishni ta'minlash uchun atrof-muhitni o'zgarishlariga samarali javob qaytarish, moslashishga qodir bo'lishi kerak. Buning uchun tashkilot menejmenti, hammadan avval uning yuqori darajasi tashkilotning atrof-muhit bilan o'zaro hamkorlik qilish siyosatini ishlab chiqarishi va o'tkazishi, tashkilot atrofdagi holatning noaniqligini pasaytirishi, uni atrof-muhitning o'zgarishiga moslashishini rivojlantirishi kerak. Bunda atrof-muhit bilan samarali o'zaro hamkorlik ham tashkilot ichidagi jarayonlar va ham tashqi muhitga ta'sir ko'rsatish bilan amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning atrof-muhit bilan o'zaro hamkorlik qilishi strategiyasi tashkilotlarni boshqarishining barcha jarayonlarini qurish burchagining boshida turishi kerak.



Download 221.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling