Sotsial turizmning maqsadi foyda olish emas, balki daromadi kam bo‘igan kishilami dam olishga boMgan huquqini amalga oshirish uchun ulami qo‘1lab-quvvatlash hisoblanadi. Turizmning mazkur turi chet elda keng tarqalgan. Sobiq Ittifoq davrida ham turizmning mazkur turi ommabop hisoblangan, uning ulushiga ichki turizmning qariyb 80 foizi va xalqaro turizmning 50 foizi to‘g‘ri kelar edi. Sotsial turizm xizmatlari - ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga (bolalar, o'smirlar, yoshlar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar, kam ta’minlangan aholi guruhlari) hamda chegirmali yoMlanmalami xarid qilgan shaxslarga, sotsial turizm subyektlari (sotsial turistik birlashmalar, bolalar va o‘smirlar turistik hamda turli sogMomlashtirish-kurort muassasalari, imtiyozli asosda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa turistik korxonalari) tomonidan, davlat, davlat va nodavlat jamg‘armalari, huquqiy va jismoniy shahslaming mablag‘lari hisobiga qisman yoki to‘liq moliyalashtiriladigan, turistlaming mutanosib ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlar majmuasidir.
Tashkil etilgan turizm - bu tur tashkilotlar tomonidan tashkil etilagan alohida shaxslami yoki bir guruh turistlaming sayohatidir. Tashkil etilgan tur bo‘yicha turistlar turistik yoMIanmani xarid qilish yo‘li bilan sayohatga chiqish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bunda xizmat turlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, turistlar turistik yollanmasiz borganda, xizmatlar majmuasini, ya’ni transport, ovqatlanish, yashash xizmatlari uch un borgan joyida kursovkani xarid qilib olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |