Referat mavzu: Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Bajardi: Shamsiyev Feruz
Download 27.03 Kb.
|
Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro turizm
- «kiruvchi» va «chiquvchi»
- Ichki turizm
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM MTL-91
REFERATMavzu: Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Bajardi: Shamsiyev Feruz Tekshirdi:
Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Reja: 1. Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. 2. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari. 3. Turistik-rekreatsion klastemi shakllantirish. 4.Turizm sohasining tasniflanishi va turlari Zamonaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida, uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha, safar maqsadi, harakatlaiiish usuli, turistlarni joylashtirish vositalari va ishtirokchilari soni bo‘yicha tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvofiqdir. Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning turlari quyidagi tavsifiy xususiyatlarga ega: Xalqaro turizm - mamlakat fuqarosining chet davlatlarga turistik maqsadlarda chiqishi va chet davlat fuqarolarining turistik maqsadlar bilan ushbu davlatga tashrif buyurishi hisoblanadi. Xalqaro turist tushunchasiga ko‘ra, tashrif buyurgan xorijiy davlatga 24 soatdan kam boMmagan muddatga kelgan va malakaviy faoliyatiga haq to‘ lanmaydigan vaqtinchalik tashrif buyurgan turistlar kiradi. Turistik oqimlaming yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «kiruvchi» va «chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg‘un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi: 1 ta kiruvchi turist - 1 ta chiquvchi turist -4 ta ichki turist. Ushbu nisbatning 0 ‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har bitta kiruvchi turistga 1, 4 nafar chiquvchi turist to‘g‘ri kelib, shularga nisbatan ichki turistlar soni 3, 5 nafar turistni tashkil etmoqda. 1 ta kiruvchi turist - 1, 4 ta chiquvchi turist - 3, 5 ta ichki turist. BTT tavsiyalari asosida 0 ‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 0, 4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Bu vaziyat 0 ‘zbekiston fuqarolarining oilaviy budjetidan bevosita turistik maqsadlarga ajratilgan qismi ortib borayotganligini ifoda- laydi. Bu, o‘z navbatida, ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi bilan birgalikda, uning salbiy oqibatlari ham mavjud bo‘lib, respublikadan chet el valyutasining chiqib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi BTTning nisbatiga ko'ra, ichki turizm 4 kishiga ega bo‘lishi kerak edi, demak, 0 ‘zbekiston sharoitida ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Ichki turizm - 0 ‘zbekiston Respubiikasida doimiy yashay- digan fuqarolaming 0‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik ras- miyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valyuta, til, hujjatlar oldin- gidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlaming 80-90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan xarajatlar xalqaro turizm xarajatlaridart 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH, Fransiya, Angliya mamlakatlarida omrnabop hisoblanadi. Kiruvchi turizm - 0 ‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan fuqarolaming 0‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Download 27.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling