Referat mavzu: Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Bajardi: Shamsiyev Feruz


Download 27.03 Kb.
bet2/6
Sana12.02.2023
Hajmi27.03 Kb.
#1190475
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari

Chiquvchi turizm - 0 ‘zbekiston Respublikasida doimiy ya- shaydigan fuqarolaming o‘zga mamlakatlarga qilgan sayohati. Tarixiy obidalar turizmi - Buxoro, Xiva, Samarqand, Shah- risabz, Toshkent shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalami ko‘rishga qiziqish. Arxeologik turizm - Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlaming qoldiqiari, qadimiy qal’alar harobalari, ko‘hna qadimiy Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi arxeologik topilma- lami o‘rganish.
Rekreatsion turizm - “rekreatsiya” atamasi lotincha “recreation” - “tiklanish” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, dastiabki mazmuni uning hozirgi zamonaviy tushunchasiga to‘iiq mos tushadi. U, odatda, “dam olish, mehnat qilish jarayonida inson tomonidan sarf- langan ishchi kuchini tiklash” ma’nosida talqin qilinadi. Dastiabki talqindan farqli ravishda, zamonaviy talqini ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega. Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli boMib hisoblanadi.
Sag‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm - health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa - sana- toriylar, kurortlar, pansionatlar, sog‘lomlashtiruvchi - davoiovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh bal- chiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurort- larda) olib boriladi. Turistik sohaga ixtisoslashtirilgan sog‘ lomlashtirish maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingugurt-vodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlari belgilanadi. Bunga misol tariqasida chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan - Rossiyadagi Kavkazda joylashgan Kislovodsk, Jeleznovodsk, Pyategorsk, Yesentuki; Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, Visbaden va Baden Baden (Germaniya); Karlavi-Vari (Chexiya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya) termal buloqlarining kattagina qismini keltirish mumkin. 0‘zbekiston tabiati boy va rang-barang bo‘lib, mamlakatning turli hududlarida 200 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suvi va balchiq manbalari aniqlangan. Ushbu yer osti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy-biologik va boshqa xususiyatlariga ko‘ra turli- tumandir. Ushbu manbalar asosida fizioterapevtik shifoxonalar, sa- natoriy-kurortlar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari tashkil etilgan. Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Abu Ali ibn Sino», Buxorodagi «Sitorai Mohi-Xosa» va Toshkent shahrida joylashgan «Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud. Bugungi kunda mamlakatimizda 57318 dan ziyod kishiga mo‘ljallangan maxsus sanatoriy, profilaktoriy, dam olish uylari ishlab turibdi.

Download 27.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling