Referat mavzu: Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Bajardi: Shamsiyev Feruz


Download 27.03 Kb.
bet5/6
Sana12.02.2023
Hajmi27.03 Kb.
#1190475
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari

Ekstremal turizm - xatarli tusdagi turizm - sport turizmining turli xil ko‘rimshi, turist uchun ancha xatarliligi bilan ajralib turadi. Ekstremal turizm ishqibozlari o‘rtasida tog‘dan baland obyektdan parashyutda sakrash, baland obyektlardan rezina arqon bilan ko‘pincha ko‘priklardan sakrash va h.k.lar ommalashgan.
Etnografik turizm - turli xalqlar, elatlar va hududlaming urf- odatlari, madaniyati va turmush tarzini o‘rganishga boigan harakat, intilishlar insonlami sayohat qilishga undaydi. Masalan, turli xalq- laming urf-odatiari, turmush tarzi, milliy taomlari, kiyim-kechaklari, ro‘zg‘or buyumlari, madaniy-tarixiy obidalari turizm sohasida eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turlari sifatida namoyon boiib kelmoqda.
Madaniy-tanishuv turizmi. Turistning madaniy dunyoqarashini kengaytirishga boigan ehtiyoji ushbu turizm turining asosini tashkil etadi. Bu turizm madaniy qadriyatlar bilan tanishib, turist o‘z xohishi asosida bilim olish imkoniyatiga ega boiadi.
Sport turizmi. Sport turizmining 2 ta turi mavjud: aktiv va passiv. Aktiv sport turizmining asosini sportning ixtiyoriy turi bilan shug‘ullanish ehtiyoji tashkil etadi. Passiv sport turizmida esa - sport turiga qiziqish, asosan kuzatuv tashkil etadi. Sport turizmi oxirgi vaqtlarda ancha faollashib borib, uning tarkibiga quyidagi sport faoliyati kiritilmoqda: Suv turizmi - suv resurslariga ega boigan mamlakatlarda qadim zamonlardan ma’lum boigan faol harakatlanish faoliyati hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda yangi zamonaviy shakllarining yaratilishi ushbu turizm turining o‘sishiga olib keldi. Bunga, asosan, turistlar tomonidan xarid qilinadigan yoki ijaraga olinadigan turli hajmdagi yoki ko‘rinishdagi suv transportidan foydaianishning kengayshi katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu turizm turi infratuzilmasining asosini sport bandargohi tasjikil etadi. Qishki sport. Qishgi sport amaliyoti an’anaviy turistik faoliyatlardan biri hisoblanadi. U turli ko‘rinishlarga egadir: alp chang‘ilari, tog‘ changilari va boshqalar. Odatda, qishgi turizm tog‘dagi qishgi stansiyalarda tashkil etiladi. Ovchilik va baliq ovi. Bu turizm ham an’anaviy turizm turlaridan biri boiib, maium belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi, ya’ni unda ishtirok etish uchun maxsus ruxsatnoma va litsenziyalar talab etiladi. Ovchilik va baliq ovi geografik joylashuv, fasl va hayvonlar hamda baliqlaming ba’zi turlarini saqlash maqsadida joriy qilingan cheklovlar va ruxsatlarga bogiiq holda tashkil etiladi. Ovchilikning bir turi sifatida Afrikaning qo‘riqxo- nalarida tashkil etiladigan safarilami kiritish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, sport turizmining bu turi ixtisoslashgan hisoblanib, о ‘ zining tarafdor lariga egadir. Golf sport turizmining bir turi hisoblanib, Buyuk Britaniyada vu- judga kelgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga keng tarqalgandir. Shuni ta’kidlash kerakki, sport turizmi keng infrastrukturaga ega boiishi kerak. Uning tarkibiga sport uskunalarini ijaraga berish joylari, xizmat ko‘rsatish hududlari, kiyim almashtirish xonalari, texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari, maxsus inshootlar (maydonlar, kortlar, basseynlar va boshqalar) kiritiladi. Katta xavf-xatar va jarohat olish ehtimolining yuqoriligi tibbiyot punktlarining mavjudligini talab etadi. Bun dan tashqari, joylashuv, ovqatlanish obyektlari, do‘koniar, diskotekalar va shu kabilami o‘z ichiga oladigan qo‘shimcha xizmatlar uchun hududlar ham boiishi kerak. Sotsial turizm - kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muh- toj aholi qatlamlari hamda chegirmali yoilanmalami xarid qiluvchi shaxslar tomonidan iste’mol qilinadigan, lekin davlat budjeti, davlat va nodavlat jamg‘armalari, homiylar, turizmda faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslaming ijtimoiy ehti- yojlarga ajratilgan mablagiari hisobidan qisman yoki toiiq moliya- lashtiriladigan turistik sayohatlaming barcha turlariga aytiladi.

Download 27.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling