Referat mavzu: Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari Bajardi: Shamsiyev Feruz


Download 27.03 Kb.
bet3/6
Sana12.02.2023
Hajmi27.03 Kb.
#1190475
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turizm sohasi va uni quyi tarmoqlari

Malakaviy ish turizmi. Turizmning mazkur turiga ish maq- sadlari bilan amalga oshirilgan safarlar kiradi. Hozirgi iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlaming faoliyati xorijiy hamkorlar bilan ishlashni taqozo qilmoqda, shu tufayli mahalliy tadbirkorlaming xalqaro munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ish turizmining afzalligi shundan iboratki, uni turizm sohasi uchun nomavsumiy paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Turizmni mazkur turining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab qilingan sayohat paytida oddiy turistga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlami va shunga o‘xshash tadbirlami o‘z mamlakatida o‘tkazishga harakat qiladilar (masalan, turli forum, festival, qishki va yozgi sport musobaqalari va h.k.).
Ilmiy turizm. 0‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish 0 ‘zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu safarlaming ommabop boiib borayotgan turi-bu xorijiy til o‘rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlami amalga oshirish.
Hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‘otayotgan sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini: turli inventarlami, maxsus trassalami, arqon yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalami talab etadi. Sport turizmi bo‘yicha sayohatlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri - bu dam oluvchilaming xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport turizmining sayohatlari safarlaming maqsadiga bog‘liq ravishda 2 turga bo‘linadi: aktiv va passiv ravishda bo‘lishi mumkin. Shop-turlar Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari uchun xos bo‘lgan, xorijga tashrifhing asosiy maqsadi ushbu mamlakatda tanqis bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini xarid qilish va uni o‘z mamlakatida sotish hisoblanadi (poyafzal, trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar - Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan; mebel va jihozlar - Dubay, Xitoy va Italiyadan; tele-radio mahsulotlari - Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoydan; avtomashinalar - Germaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklaridan.
Diniy turizm (religious or piligrim tour) ziyorat qilish maqsadidagi sayohat sifatida hozirgi kunda juda yuqori talabga ega boiib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili ko‘plab vatandoshlarimiz Makkai Madinaga Haj va Umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Dunyodagi ko‘pgina odamlar Makka-yu Mukarrama, muqaddas yer boigan Vatikan ibodatxona- lari va lx»shqa joylami ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. 0 ‘zbe- kistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam Daxbitiy, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda.

Download 27.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling