Referat mavzu: Turli tarmoqlarda axborot tizimlarini qo’llanilishi Bajardi: Azatov Oʻtkirbek


Download 30.34 Kb.
bet1/14
Sana23.04.2023
Hajmi30.34 Kb.
#1385362
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
market


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Raqamli iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fani

REFERAT
Mavzu: Turli tarmoqlarda axborot tizimlarini qo’llanilishi

Bajardi: Azatov Oʻtkirbek
Tekshirdi: Samiyeva Maftuna

Reja:

  1. Axborot tizimlari

  2. Marketing sohasida axborot tizimining o’rni

  3. Buxgalteriya va bank sohasiga axborot tizimining ta’siri

  4. Axborot tizimini isloh qilish



Axborot tizimlari
Hozirda odamlar orasida XXI asr axborot asri deb aytiladi. Chunki hozirgi kunda eng global rivojlanayotgan sohalardan biri bu axborot tizimlari hisoblanadi.
Axborot - xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari istе`mol qiluvchi zaxira bo’lib, enеrgеtika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, tеxnika, tеxnologiya, madaniyat, san`at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma`lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intеllеktual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta`sir ko’rsatmoqda. Axborot - fan va tеxnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-tеxnika ma`lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-tеxnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va “homashyo”sidir. Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-tеxnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya`ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va istе`mol etish faqat jamiyatning intеllеktual hayoti bilan chеklanadi.
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi.
Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, yoqilg‘i-energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui, kimyo majmui.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, maishiy xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muhofaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va hokazo. Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu sohalarning avtomatlashgan tizimlari yaratilishiga olib keladi. Axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi avlodlarini yaratishda foydalaniladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruktorlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari kiradi.
Moliya va buxgalteriya hisobida menejerlar IT tizimlaridan daromadlar va tadbirkorlik faoliyatini prognoz qilish, mablagʻlarning eng yaxshi manbalari va ulardan foydalanishni aniqlash, shuningdek, tashkilotning tubdan asosli ekanligi va barcha moliyaviy hisobotlar va hujjatlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish maqsadida audit oʻtkazish uchun foydalanadilar. Tashkiliy axborot tizimlarining boshqa turlariga FAIS, tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari, korxona resurslarini rejalashtirish, ofislarni avtomatlashtirish tizimi, boshqaruv axborot tizimi, qarorlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi, ekspert tizimi, boshqaruv paneli, taʼminot zanjirini boshqarish tizimi va elektron tijorat tizimi kiradi. Ekspert tizimlari maʼlum bir sohada fikrlash qobiliyatlari, bilimlari va tajribasini qoʻllash orqali inson ekspertlarining ishini takrorlashga harakat qiladi.

Download 30.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling