Реферат mavzu: Versal-Vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
versal-vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ..................... 40
Kirish
davlatlar taqdiriga ta‟sir etdi va dunyo xaritasini kuchli mamlakatlar foydasiga o‟zgartirib yubordi. Versal-Vashington tizimi dunyo tarixida birinchi marta qurollanishni cheklashi orqali insoniyat taqdirini ijobiy tomonga o‟zgartirdi. U tufayli Versal-Vashington tizimi orqali dunyodagi qaram mamlakatlarning ba‟zilari mustaqil davlatlarga, ba‟zi mustaqil davlatlar esa qaram davlatga aylanib qoldi. Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920 yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko‟pincha tamomila qaramaqarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo‟lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo‟lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko‟ra, Rossiya Stambulni olishi va Dardanell bo‟g‟ozi ustidan nazorat o‟rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e‟tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va‟da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning yaqin Sharqni bo‟lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi. Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Pari, tinchlik shartnomasi Gerimaniya va lining ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 ylining 28 iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e‟lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi, Germaniyadan dunyodagi eng boy temir konlariga ega bo‟lgan Elzas Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi. Fransiya, shuningdek, Saar ko‟mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo‟lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g‟arbdagi hududi Fransiya
chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosining g‟arbiy qirg‟og‟ida 15 yil mobaynida ittifoqchilarning qo‟shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko‟ra, Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. 1 Ko‟ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan bo‟shatish majburiy qilib qo‟ yildi. Mavjud qurolyarog‟lar - tank va to‟plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshuildi. Germaniya amalda to‟liq qurolsizlantirildi. Tayinlangan nazorat komissiyasi shartnoma talablari bajarilishini kuzatib turishi zarur edi. Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o‟tdi. Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G‟arbiy va Sharqiy Prussiya rayonlariga ega bo‟ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi “erkin shahar” deb e‟lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta‟minlaydigan maxsus “yo‟lak” ham ajratildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan Angliya, Fransiya va Belgiya o‟rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va Kamerunni, Angliya - Tanganikani, Belgiya – Ruanda Urundi va Namibiyani (Janubi G‟arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao Chjou viloyati va shandundagi konsepssiyaning sohibi bo‟ldi. Versal-Vashington tizimi orqali dunyoda biror bir soha ustidan hukumronlik qiluvchi yirik-yirik davlatlar paydo bo‟ldi. Versal-Vashington tizimi dunyoda
birinchi martta
dengizdagi munosabatlarni tartibga soldi. Yuqoridagi Versal-Vashington tizimi bilan bog‟liq masalalarni chuqur tahlil etish hamda ularning mohiyatini ochib berishni belgilaydi.
1 Nuriddinov Z. G'arb mamlakatlari yangi tarxi. –T; 1974. 605-bet.
Versal-Vashington tizimi dunyodagi kuchlar nisbatini tubdan o‟zgartirib yubordi. Bu tizim orqali dunyoda birinchi va ikkinchi raqamli mamlakatlar paydo bo‟ldi.
2
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling