Реферат mavzu: Versal-Vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
versal-vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi va vazifasi.
Mavzuning o’rganish darajasi. Versal - Vashinton tizimi va uning xalqaro
ahamiyati bo‟yicha bir qator olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur ziddiyatlar mavjud bo‟lib, keyinchalik ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g‟olib va mag‟lub davlatlar o‟rtasidagi nizolarda namoyon bo‟lishini, shartnomalarning talonchilarcha shartlari mehnatkashlarning yelkasiga og‟ir yuk bo‟lib tusndi, ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab bo‟ldi. Germaniya vayron bo‟hnagan, u asosan o‟zining harbiysanoat imkoniyatlarini saqlab qolgan, mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo‟shinlar yo‟q edi. Germaniya Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni poylardi. Hatto qurolli nizo evaziga bo‟lsada, uning moddalarini qayta ko‟rib chiqishga erishish niyatida edi. Gitler keyinchalik aholining katta qismini o‟zining ahmoqona g‟oyalari bayrog‟i ostida birlashtirgani ham bejiz emasligi haqida olimlarning fikrlari yetarlicha asosli. Bu mavzu chuqur ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‟lib mustaqillik davrida bu davr tarixiga oid turli xil kitoblar nashr qilindi. Z.Nuriddinov, 3 Х.Kichkilov 4 , N.Jo‟rayev 5 , А.Aliyeva 6 , М.Lafasov 7
kitoblarida bu mavzu chuqur tahlil etilib mavzuni mohiyati ochib berilgan. Versal-Vashington tizimi chuqur tahlilga egaligi bilan harakterlanadi. Bu mavzuni vazifasi yuqoridagi to‟rtta punkt bilan ochib berilgan. Mavzuning maqsadi va vazifasi. Vashington konferensiyasi qarorlari Versal tinchlik shartnomasiga qo‟shimcha sifatida Tinch okeanida yangicha
2 Kichkilov X. Eng yangi tarix. -T; 1998. 18-bet. 3 Nuriddinov Z. G‟arb mamlakatlari eng yangi tarixi. –T; 1974. 606- bet. 4 Kichkilov X Fayzullayev M. Eng yangi tarix. –T; 2011. 102-bet. 5 Jo‟rayev N. Eng yangi tarix. –T; 2003. 108-bet. 6 Aliyeva A. Всумирная история таблицах и схемах. –M; 2002. 65- bet. 7 Lafasov M. Jahon tarixi. –T; 2009. 15-bet.
«kuchlar muvozanati» uchun asos bo‟ldi. Ular AQSh uchun Uzoq Sharqda faol siyosat eshiklarini ochar va bu mintaqada AQSh gegemonligini o‟rnatganligini va Vashington konferensiyasi xalqaro munosabatlarda Versal-Vashington tartibini nihoyasiga yetkazganligini tushintirish. Mavzuni maqsadi yuqoridagi masalalarni tahlil etish va mohiyatini ochib berishdan iborat. Versal-Vashinton tizimi va uning xalqaro ahamiyati mavjud adabiyotlar asosida taxlil etish asosida maqsad qilib olindi va quydagi vazifalarni belgilandi. - Versal tizimini yuzaga kelishining sabablari va omillari taxlil etish; - Versal tizimining qaror topishi va uning shartlarini yoritish; - Vashington konferentsiyasining AQSh manfaatlariga hizmat qilishi taxlil qilish; - Versal-Vashington tizimining yangicha xalqaro
munosabatlarni shakillanishidagi o‟rni yoritish; Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling