Реферат mavzu: Versal-Vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
Versal tizimini yuzaga kelishining sabablari va omillari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
versal-vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
1. Versal tizimini yuzaga kelishining sabablari va omillari
Ishchilar harakatidagi revolyutsion tendentsiya bilan opportunistik tendentsiya o‟rtasida kurash kuchayib borayotgan bir sharoitda, 1900 yilda, II Internatsionalning navbatdagi Parij kongressi bo‟ldi, unda 791 delegat qatnashdi. Kongressda burjua partiyalari bilan ittifoq to‟g‟risidagi masala (amalda ana shu nom ostida “Mile‟ran kazusi” muhokama qilingan edi)ni muhokama qilish asosiy o‟rinni egalladi. Internatsional kongressida “Mileran kazusi”ning muhokama qilinishi german, ingliz, belgiyalik va boshqa sotsial-opportunistlarning, Milerandan o‟rnak oling deb, uning qilmishini oqlashlari shuni ko‟rsatdiki, sotsialistik harakat ichidagi turli oqimlar o‟rtasida milliy zaminda paydo bo‟lgan nizolar internatsional ixtiloflarga aylanmoqda edi. Bu masala bo‟yicha tuzilgan komissiya kongress muhokamasiga ikkita rezolyutsiyani: komissiyaning ko‟pchiligi Kautskiy rezolyutsiyasini va komissiyaning ozchiligi Ged bilan italyan sotsialisti Ferri rezolyutsiyasini taqdim etdi. Kautskiy rezolyutsiyasining birinchi qismida sotsialistlarning burjua hukumatida qatnashishini “siyosiy hokimiyatni qo‟lga olishning normal boshlanishi” deb hisoblab bo‟lmaydi, deyilgan bo‟lsa, xuddi shu yerning o‟zida, “vaqtincha favqulotda chora sifatida” burjua hukumatida qatnashish mumkinligi e‟tirof qilinsin, deyilgan edi. Kautskiy, sotsialistlarning burjua hukumati sostaviga kirishining birdan-bir sharti partiyaning roziligini olishdir deb hisobladi. Kautskiy rezolyutsiyasida marksizmning sotsialistlarning burjua hukumatiga kirishi masalasidagi printsipial munosabati haqida hech narsa aytilmagan edi;
rezolyutsiyada sotsialistlarning burjua hukumatida qatnashishi mumkinligi yoki zarurligining sharti ham, sharoiti ham belgilab berilmagan edi. Shunday qilib, Kautskiy noaniq yoki o‟sha vaqtda “kauchuksimon” deb to‟g‟ri nom berilgan rezolyutsiyani taklif qilib va reaktsion hukumat sostaviga kirgan Mile‟ran ning xoinligidan iborat konkret holni qoralamay, Mile‟ran ning xoinligidan iborat konkret holni qoralamay, Mile‟ran ni va butun “ministerializm” siyosatini oqlash uchun opportunistlarga yo‟l ochib berdi. Ged
kongressda so‟zlagan otashin nutqida
Kautskiyning «kauchuksimon» rezolyutsiyasini qoraladi. U, proletariat diktaturasi o‟rnatmay turib, ishchilar sinfi hokimiyatni qo‟lga olishi mumkin emas, dedi. Ged tomonidan kiritilgan rezolyutsiya sotsialistlarning burjua hukumatiga kirishini man qilgan edi. 8
Qizg‟in tortishuvlardan so‟ng ko‟pchilik ovoz bilan Kautskiy rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu esa II Internatsional partiyalarida opportunistik qanotning ta‟siri kuchayganligidan dalolat berardi. Parij kongressi majlis qilayotgan paytda ingliz imperialistlari bur qishloqlarini vahshiylarcha vayron qilayotgan, Amerika imperializmi Filippin orollarida mehnatkash ommani shafqatsiz qirayotgan, xalqaro imperializmning jazo korpusi esa Xitoydagi xalq ozodlik harakatini bo‟g‟ib tashlamoqchi bo‟lib turgan edi. Bunday imperialistik bosqinchilik siyosatiga qarshi sotsialistik partiyalarning qat‟iy norozilik bildirmasligi mumkin emas edi. Parij kongressi Roza Lyuksemburg dokladi bo‟yicha rezolyutsiya qabul kilib, unda ishchilar xalqaro miqyosda g‟ayrat bilan harakat qilishga va birgalashib militarizmga qarshi kurash olib borishga chaqirilgan edi. «Kongress harakat vositasi sifatida, -deyilgan edi rezolyutsiyada, -quyidagi tadbirlarni tavsiya qiladi: 1) turli sotsialistik partiyalar militarizmga qarshi kurashish maqsadida yoshlarni tarbiyalash va uyushtirishga e‟tibor berishlari kerak; 2) hamma mamlakatlardagi sotsialist deputatlar har qanday harbiy xarajatlarga qarshi, flot uchun, mustamlakalarga yuboriladigan
8 Lafasov M, Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T., 2008. 7-bet
harbiy ekspeditsiyalar uchun belgilangan xarajatlarga qarshi ovoz berishlari lozim; 3) doimiy internatsional sotsialistik komissiya barcha davlatlarda yagona umumiy plan bo‟yicha norozilik harakatini va militarizmga qarshi agitatsiyani amalga oshirishi hamda zarur bo‟lgan hollarda ularni yo‟lga solib turishi lozim». Parij kongressi imperialistik davlatlarning mustamlakachilik siyosatini ham qat‟iy ravishda qoraladi. Bu masala bo‟yicha qabul qilingan qarorda shunday deyilgan edi: “Burjuaziya mustamlakachilik siyosatining maqsadi faqat kapitalistik sinfning oladigan foydasini oshirishdan va ishlab chiqaruvchi proletariatning qonini va pulini surib olish orqali hamda qurol kuchi bilan bosib olingan mustamlakalardagi mahalliy xalqqa nisbatan jinoyat va son-sanoqsiz vahshiylik qilish vositasi bilan kapitalistik sistemani saqlashdan iboratdir”. Rezolyutsiya mustamlakachilik avantyuralariga qarshi qat‟iy kurash olib borishga, mustamlakalarda sotsialistik partiyalar tashkil qilib, ularning harakatini birlashtirishga chaqirdi. Parij kongressida barcha sotsialistik partiyalarning vakillaridan II Internatsionalning doimiy ijroiya organi- Xalqaro sotsialistik byuro (XSB) tuzildi. U hamma mamlakatlardagi ishchilar sinfining ahvoli haqida ma‟lumotlar yig‟ib borishi, kongresslarning protokollarini tarqatishi, ayrim mamlakatlardagi sotsialistik harakat to‟g‟risida kongresslarga dokladlar tayyorlab turishi lozim edi. Xalqaro sotsialistik byuroning doimiy turar joyi Bryussel shahri bo‟lib qoldi. XSB ning raisi qilib E. Vandervelde, sekretari qilib K. Gyuismans saylandi. Birinchi jahon urushi 1918-yil 11-noyabrda Germaniyaning Antantaga taslim bo‟lishi bilan tugadi. Shundan so‟ng urush aybdori bo‟lgan German bloki davlatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash va shartnoma tuzish uchun tayyorgarlik boshlandi. 1919 yil yanvar oyida Parijdagi Versal saroyida Antanta ittifoqiga kirga g‟olib mamlakatlar vakilari urushga xulosa yasash va tinchlik shartnomasini imzolash uchun to‟plandilar. Tinchlik konferensiyasi ishida 27 mamlakatdan mingdan ortiq delegat ishtirok etdi. Ammo amalda barcha asosiy masalalar besh davlat tomonidan hal qilindi:
AQSh (Prezident Vudro Vilson), Angliya (Bosh vazir David Lloyd Jorj), Fransiya (Bosh vazir Jorj Klemanso), Italiya (Bosh vazir Vittorio Orlando), Yaponiya (Baron Makino).
9
Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920 yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko‟pincha tamomila qaramaqarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo‟lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo‟lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko‟ra, Rossiya Stambulni olishi va Dardanell bo‟g‟ozi ustidan nazorat o‟rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e‟tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va‟da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning Yaqin Sharqni bo‟lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi. Jorj Klemanso (1841-1929) - fransuz davlat arbobi, ma‟lumoti bo‟yicha vrach. 1906 yildan - Fransiya Vazirlar kengashi raisi, 1917 yildan -Fransiya Bosh vaziri va ayni paytda harbiy vazir. Mamlakatda diktatorlik tuzumi o‟rnatlshga urindi. 1920 ylldagi saylovlarda mag‟lubiyatga uchradi. Vittorio Emanuele Orlando (1860-1952) - italyan liberal harakati rahbarlaridan biri. 1917-1919 yillarda Italiya Vazirlar mahkamasi raisi. 1925 yildan fashist tuzumiga muxolifatda, 1931 yilda fashist hukumatiga qasamyod qilishdan bosh tortgan. Devid Loyd Jorj (1863-1945) 1916-1922 yillarda Buyuk Britaniya Bosh vaziri. Liberal partlyaning yirik rahbarlaridan biri. G‟olib mamlakatlarning manfaatlari ham birbiriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o‟zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va Yevropada Fransiyaning ustunligini ta‟minlaydigan tinchlik o‟rnatilishini istar edi. Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo‟lga kiritishdan umidvor edi.
9
Hidoyatov G.A, Jahon tarixi (1918-1945y). I qism. T., 2004 y. 42-bet
Angliya o‟zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o‟ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta‟minlashni talab etar, shu yo‟l bilan o‟zining okean floti ustunligidan foydalanishni mo‟ljallardi. Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat markazida turgan muammo “rus masalasi” edi. Bolshevizm g‟oyalarining yoyilishi qarshisidagi qo‟rquv Versal konferensiyasining qarorlariga ham o‟z muhrini bosdi. G‟arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug‟ullandilar. Ular Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yo‟qotish o‟z mamlakatlaridagi inqilobiy harakatni va Sharqdagi milliyozodlik harakatini bostirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ladi, deb hisoblardilar. Ko‟p asrlardan beri urush g‟olibi bo‟lgan davlat yoki davlatlar guruhi bilan yengilgan davlat yoki davlatlar o‟rtasida shartnoma imzolangan. G‟olib tomon yengilgan tomonga o‟z xohish-istagini o‟tkaza olgan, albatta. Birinchi jahon urushi ham bundan mustasno bo‟lmadi. G‟olib Antanta bilan mag‟lub To‟rtlar ittifoqi o‟rtasida imzolanadigan tinchlik shartnomasining matnini tuzish uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga 27 davlat delegatsiyasi to‟plandi. Ular Versal saroyida imzolangan tinchlik shartnomasini ishlab chiqish ustida bir yil ishladilar. V. Vilsonning “14 moddasi” asosida Versal saroyida 5 ta davlat (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya va Turkiya) bilan imzolanadigan 5 ta shartnoma matni tayyorlandi. Shu 5 ta shartnoma birgalikda “Versal tizimi” deb ataldi. Buyuk davlatlarning Osiyo va Tinch okean havzasidagi munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1921-1922-yillarda Vashington shahrida 9 ta davlat ishtirokida konferensiya o‟tkazildi. Bu konferensiyada uchta shartnoma imzolandi. Shu tariqa Versal-Vashington tizimi nomi tarixda qoldi. 10 Fransiya Bosh vaziri Jorj Klemanso tinchlik shartnomasi shartlarini ishlab chiqish bo‟yicha xalqaro konferensiyaning Parij shahrida o‟tkazilishini qattiq turib himoya qildi, va nihoyat, u o‟z maqsadiga erishdi. Parij konferensiyasi 1919-yilning 18-yanvar kuni o‟z ishini boshladi. Konferensiya ochilishining aynan shu kunga belgilanganligi bejiz emas edi. 1870-1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushida g‟olib Prussiya bilan
10 Lafasov M Jahon tarixi “Turon -iqbol” T., 2008. 9-bet
yengilgan Fransiya o‟rtasidagi shartnoma aynan shu saroyda imzolangan va 18- yanvar kuni shu saroyda Germaniya imperiya deb e‟lon qilingan edi. G‟oliblar Germaniyani tahqirlash uchun aynan shu kuni konferensiya ishini boshladilar. Germaniyani tahqirlashdan Fransiya ayniqsa manfaatdor edi. Shuning uchun ham konferensiyani kirish so‟zi bilan ochgan Fransiya Prezidenti A. Puankare o‟z so‟zida, jumladan, bunday degan
edi: “Adolatsizlik bilan Tinchlik konferensiyasida 27 davlat vakillari qatnashgan bo‟lsada, amalda barcha asosiy masalalar “katta uchlik” deb atalgan (AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya) davlat rahbarlari tomonidan hal etildi. Ularning ichida Fransiya Bosh vaziri Jorj Klemanso o‟zining jo‟shqin nutqlari bilan ajralib turar va o‟ta qiziqqonligi tufayli “yo‟lbars” degan laqab olgan edi. Konferensiyaga to‟rtlar ittifoqi davlatlari hamda Sovet Rossiyasi taklif etilmadi. Katta uchlik davlatlari garchand To‟rtlar ittifoqiga qarshi urushda ittifoqchi bo‟lgan bo‟lsalarda, ularning har biri Parij konferensiyasi qarorlari aynan o‟zlarining maqsadlariga mos kelishini istar edilar. Xususan, AQSH o‟zini dunyoning yetakchi davlati, Yevropa davlatlariga bergan qarzi hamda Birinchi jahon urushining Antanta foydasiga hal bo‟lishiga qo‟shgan hissasi, shuningdek, Vilson ilgari surgan tinchlik dasturi AQShga jahonni ma‟naviy idora qilish huquqini beradi, deb hisoblar edi. AQSH Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi davlatlar bo‟lib qolishini istamas, shuning uchun Germaniya butunlay kuchsizlantirilgan holatga tushirib qo‟yilishiga qarshi edi. Buyuk Britaniya Germaniyaning dengiz va iqtisodiy qudratini sindirganligini o‟zining katta yutug‟i deb hisoblardi. Germaniyaning sobiq mustamlakalarini o‟z imperiyasi tarkibiga qo‟shib olishga intilardi. Ayni paytda Fransiyaning Germaniya hisobiga kuchayishini ham istamas edi. Parij tinchlik konferensiyasi. Chapdan o‟ngga: D.Lloyd-Jorj, V. Orlando, J. Klemanso, V. Vilson. “Katta uchlik” o‟rtasidagi ziddiyatlar. Shuning uchun Fransiya Bosh vaziri J. Klemansoning Buyuk Britaniya Bosh vaziri D. Lloyd-Jorjga: “G‟alabadan keyin darhol Britaniya bizning dushmanimiz bo‟lib qoldi”, - deb ta‟na qilganligi bejiz emas. Bunga javoban Lloyd-Jorj Klemansoga qarab kulib turib: “Britaniyaning siyosati shunday emasmi?” - deb javob qaytarganligini tarix unutgan emas. Lloyd- Jorj Fransiya
kuchayib ketishining hamda bolsheviklar solishi mumkin bo‟lgan xavfning oldini olish maqsadida kuchli Germaniyaning saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya AQShning jahon siyosatida tutgan o‟rni, shuningdek, harbiy-dengiz qudrati tobora oshib borayotganligidan tashvishda edi. Biroq bu jarayonning oldini olishga qodir emas edi. Chunki AQSh Buyuk Britaniyani qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylantirib qo‟ygan edi. Buning ustiga iqtisodi tobora kuchsizlanib, moliyasi va savdosi izdan chiqib bormoqda edi. Fransiya katta uchlik ichida eng ko‟p zarar ko‟rgan davlat edi. Chunki urush harakatlari uning hududlarida olib borilgan edi. Ayni paytda u ham qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylanib qoldi. Bu ham yetmaganidek, Sovet hukumati podsho Rossiyasining chet davlatlardan olgan qarzini to‟lashdan bosh tortganligi Fransiya uchun qattiq zarba bo‟ldi. Chunki chor Rossiyasi eng ko‟p qarzni Fransiyadan olgan edi. Shuning uchun ham u barcha yo‟qolgan boyliklari o‟rnini Germaniya hisobidan qoplashni istar edi. Bundan tashqari, Fransiya Germaniyaning nihoyatda kuchsizlantirilishi tarafdori edi. Fransiya nafaqat Germaniya bir vaqtlar undan tortib olgan hududlarini qaytarib olishni, ayni paytda Germaniyaning Saar ko‟mir havzasi va Reyn daryosining so‟l sohilidagi yerlarni ham qo‟shib olishni istar edi. Shuningdek, Fransiya Yevropaning Ruminiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlaridan kelgusida Germaniyaga qarshi o‟ziga xos bir ittifoq tuzish niyatida ham edi. Ayni paytda Fransiya hukmron doiralarining rejasiga ko‟ra, bu davlatlar Sovet Rossiyasiga qarshi kurashda ham asqotishi lozim edi. “Katta uchlik” esa Sovet Rossiyasiga qarshi kurash masalasida yagona fikrda edi. 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyida yengilgan Germaniya bilan g‟olib Antanta davlatlari o‟rtasida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e‟lon qildi. Shartnomaga ko‟ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o‟ziga qaytarib oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqaruviga
berildi. 11 15 yildan so‟ng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan bo‟ldi. Uning ko‟mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo‟lib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to‟la demilitari- Versal tinchlik shartnomasining imzolanishi zatsiyalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bir paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo‟ldi. Eypen, Malmedi va Morelle okruglarida plebitsey o‟tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o‟tdi. Klaypeda esa Litvaga o‟tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi Chexoslovakiyaga berildi. Gdansk shahri esa Millatlar Ittifoqi boshqaruvidagi №erkin shahar” deb tan olindi. Shu tariqa Germaniya 1914-yilning 1-avgustiga qadar bo‟lgan o‟z hududining 1/8 qismini yo‟qotdi. Germaniya Avstriyaga bo‟lgan da‟volaridan voz kechishga majbur etildi. Avstriyaning mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan kafolatlanadigan bo‟ldi. Bundan tashqari, Germaniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan mahrum etildi va ular g‟oliblar o‟rtasida taqsimlandi. Chunonchi, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o‟tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germaniya Sharqiy Afrikasi); Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika Ittifoqiga -Janubi-g‟arbiy Afrika (Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to‟lovi majburiyati yuklandi. Komissiya reparatsiya miqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydigan, Germaniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kemalar va qimmatbaho qog‟ozlar bilan to‟lashi zarur edi. Reparatsiya muammosi 1921- yilning aprel - may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko‟ra, reparatsiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi Fransiyaga; 22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga; Gretsiya,
11
Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga to‟lanishi kerak edi. Bu ochiqcha talonchilik Antanta davlatlarining Versal shartnomasida yozib qo‟ygan quyidagi fikrlari bilan oqlanar edi: «Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar (Antantani nazarda tutishayotir) va ularga qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi». Germaniya uchun bunday katta miqdorda reparatsiya to‟lash nihoyatda og‟ir edi. Biroq uning rozi bo‟lishdan boshqa iloji yo‟q edi. 12 Hayot Germaniya oldiga ikki imkoniyatni ko‟ndalang qilib qo‟ydi: yo qo‟yilgan shartga rozi bo‟lib, tinchlikka erishish, yoki yana urushga kirishib butunlay xonavayron bo‟lish. Versal shartnomasi Germaniyada umumiy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo‟shinlariga ega bo‟lish huquqidan mahrum etildi. Shunday bo‟lsada, Germaniyaga 100 ming kishilik qo‟shinga ega bo‟lish (bu qo‟shin faqat ko‟ngillilar asosidagina tashkil etilishi mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo‟shin Germaniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish uchun zarur edi. Millatlar Ittifoqi (Millatlar Ligasi ham deyishadi) - bu, dunyo davlatlarining xalqaro tashkiloti edi. Tashkilotning asosiy vazifasi - tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni ta‟minlashdan iborat bo‟lishi kerak edi. Bunday tashkilotni tuzish tashabbusi bilan AQSh Prezidenti V.Vilson chiqdi va bu uning moddali tinchlik dasturida o‟z ifodasini topgan edi. Antantaning yetakchi davlatlari (Buyuk Britaniya va Fransiya) bu tashabbusni qo‟llab-quvvatladi. 13
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling