Реферат mavzu: Versal-Vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
versal-vashington tizimi va uning xalqaro ahamiyati
12 Lafasov M, Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T.,2008. 11-bet 13 Hidoyatov G.A, Jahon tarixi (1918-1945y). I qism. T., 2004. 45-bet
2. Versal tizimining qaror topishi va uning shartlari 1919-yilning 14-fevral kuni dunyoning 44 davlati tashkilotning Nizomi (4 ustavi)ni tasdiqladilar. Tashkilotning oliy organi Assambleya edi. Uning ishida barcha a‟zo davlatlar ishtirok etardi. Assambleyalar oralig‟ida Ittifoqning ishiga Ittifoq Kengashi rahbarlik qilardi. Unga katta vakolatlar berishgan edi. Besh davlat (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya) Kengashning doimiy a‟zolari edi. Nizom agressor davlatga nisbatan birgalikda harbiy va iqtisodiy sanksiyalar (choralar) qo‟llashni ham ko‟zda tutardi. Biroq Nizomda qanday davlat agressor davlat deyiladi, degan savolga aniq javob yo‟q. Bu esa har bir davlatga xalqaro nizomlar xarakterini o‟zicha talqin etish imkonini beradi. Millatlar Ittifoqi o‟zi faoliyat ko‟rsatgan 1946-yilgacha amalda biror marta ham jazo choralarini qo‟llay olmadi. Bunga Ittifoqning amalda Buyuk Britaniya va Fransiya siyosatining quroliga aylanib qolganligi sabab bo‟ldi. (AQSh kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamaganligi uchun Ittifoq a‟zoligidan chiqqan edi.) Nizomda uning a‟zolari zimmasiga “barcha a‟zolarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish va asrash” vazifasi ham yuklatilgan edi. Biroq amaldagi Ittifoqning hech bir a‟zosi bu vazifani bajarishga astoydil intilgan emas. Millatlar Ittifoqining Nizomida “Mandat tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo‟yildi. Unga ko‟ra, Millatlar Ittifoqi mustamlaka bo‟lib kelgan yoki bo‟lib qolayotgan hududni boshqarish huquqini u yoki bu davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni olgan davlat o‟sha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim edi. Aslida bu ayyorona tizim mustamlakalarni bo‟lib olish siyosatini niqoblovchi mash‟um vosita vazifasini o‟tadi. Fransiyada, Germaniyadan tashqari, urushda mag‟lub bo‟lgan boshqa davlatlar bilan ham alohida-alohida shartnomalar imzolandi. Chunonchi, Avstriya bilan bunday shartnoma 1919-yilning 10-sentabr kuni Parij yaqinidagi Sen-Jermen saroyida imzolandi. Shartnoma sobiq Avstriya-Vengriya imperiyasi tugatilganligini e‟lon qildi. Tinchlik shartnomalari Millatlar Ittifoqining
tuzilishi Avstriya hududi esa sezilarli darajada o‟zgartirildi. Xususan, Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o‟tkazildi. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo‟shildi. Bukovina esa Ruminiyaga nasib etdi. Avstriya qo‟shinlarining soni 30 ming kishidan oshmasligi belgilab qo‟yildi. Floti esa Antanta ixtiyoriga o‟tkaziladigan bo‟ldi. Bundan tashqari Avstriyaning Germaniya bilan qo‟shilishi batamom taqiqlab qo‟yildi. 1919-yilning 27-oktabrida Parijga yaqin Neyi shahrida Bolgariya bilan shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‟ra, Bolgariya hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiyaga o‟tdi. Ayni paytda unga 2,5 mlrd oltin frank kontributsiya to‟lash majburiyati yuklandi. Bolgariya qurolli kuchlarining soni 20000 kishidan oshmasligi belgilandi. 1920-yilning 4-iyulida Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‟ra, Vengriya o‟z hududining ancha qismidan mahrum etildi. Chunonchi, Xorvatiya, Bachka va Banatning g‟arbiy qismi Yugoslaviyaga o‟tdi. Ruminiyaga Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi berildi. Chexoslovakiya ham esdan chiqarilmadi. Unga Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi nasib etdi. Vengriyaga berilgan og‟ir zarbadan biri - bu uning dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum etilganligi bo‟ldi. Vengriya 30 ming kishidan ortiq qurolli kuchga ega bo‟la olmas edi. Antanta davlatlari 1920-yilning 10-avgustida Fransiyaning Sevr shaharchasida Turkiya bilan shartnoma imzolashdi. Shartnomaga ko‟ra, Turkiyaga 1914-yilning 1-avgustigacha qaram bo‟lgan hududlar to‟rtdan uch qismga kamaydi. Turkiya hududi Kichik Osiyo va Istambul shahrini o‟z ichiga olgan Yevropadagi ozgina joy bilan cheklab qo‟yildi. Istambul shahri poytaxt sifatida qoldirildi. Biroq g‟olib davlatlar, agar Turkiya Sevr shartnomasi talablarini bajarishdan bosh torta boshlasa, bu qarorni qayta ko‟rib chiqish huquqiga ega edilar. Qora dengiz bo‟g‟ozlarining barcha davlatlar savdo va harbiy kemalari uchun ochiq ekanligi belgilab qo‟yildi. Turkiyani bo‟g‟ozlardan o‟z harbiy kuchlarini olib chiqib ketishga majbur etishdi. Aslida bu shartlar bo‟g‟ozlar ustidan Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya nazorati o‟rnatilishiga imkon berdi. Turkiya o‟z flotini Antanta ixtiyoriga topshirishi zarur edi. Bu ham yetmaganidek, Sevr shartnomasi g‟olib davlatlarga Turkiyaning moliyasi va butun
iqtisodiyoti ustidan nazorat o‟rnatish huquqini berdi. Turkiya armiyasining soni 50 ming kishidan oshmasligi belgilandi. Sevr shartnomasi Turkiyaga Antanta davlatlarining yarim mustamlaka tartibini o‟rnatdi. Birinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi nisbati belgilangan Versal tizimi shu tariqa shakllandi. Bu tizim Yevropa siyosiy xaritasini qayta qurish va dunyoni qayta bo‟lib olishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirishning o‟ziga xos shakli edi. Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik shartnomasi Germaniya va lining ittifoqchilari bilan alohidaalohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 ylining 28 iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e‟lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi, Germaniyadan dunyodagi eng boy temir konlariga ega bo‟lgan Elzas Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi. Fransiya, shuningdek, Saar ko‟mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo‟lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g‟arbdagi hududi Fransiya chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosining g‟arbiy qirg‟og‟ida 15 yil mobaynida ittifoqchilarning qo‟shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko‟ra, Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. Ko‟ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan bo‟shatish majburiy qilib qo‟ yildi. 14 Mavjud qurolyarog‟lar - tank va to‟plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshuildi. Germaniya amalda to‟liq qurolsizlantirildi. Tayinlangan Nazorat
komissiyasi shartnoma talablari bajarilishini kuzatib turishi zarur edi. Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o‟tdi. Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G‟arbiy va Sharqiy
14 Lafasov M. Jahon tarix “Turon -iqbol” T.,2008. 13-bet
Prussiya rayonlariga ega bo‟ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi «erkin shahar» deb e‟lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta‟minlaydigan maxsus «yo‟lak» ham ajratildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan Angliya, Fransiya va Belgiya o‟rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va Kamerunni, Angliya - Tanganikani, Belgiya - RuandaUrundi va Namibiyani (JanubiG‟arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao Chjou viloyati va Shandundagi konsessiyaning sohibi bo‟ldi. Germaniyaga ittifoqchilarning tinch aholisi va ularning mulkiga yetkazilgan zarar uchun tovon to „lash majburiyatini yukladilar. Tovonning umumiy miqdori konferensiyada belgilanmagan bo‟lsada, Germaniya 1921 yilgacha har yili ittifoqchilarga 5 milliard dollardan to‟lab turishi zarur edi. Shundan keyin 30 yil davomida to‟lanishi lozim bo‟lgan umumiy mablag‟ belgilanishi ko‟zda tutilgandi. Bunday qarordan ko‟proq fransuzlar mamnun edilar. Chunki ularning fikricha, agar Germaniya tovonni to‟lab borsa, holdan toyadi va kuchsizlanadi, agar to‟lamasa, fransuzlarning bosqinchiligini oqlash uchun asos bo‟ladi. Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231 bandni qo‟shdilar. Unda shunday de yilgandi: “Ittifoqchilar va ularga qo‟shilgan davlatlar shuni ta‟kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar va ularga Qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi”, Nemislar o‟z hududlarining 10 foizini yo‟qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha yuz mingi uyjoysiz qolgan, o‟nlab shaharlar vayron qilingan, milionlab odamlar nogiron bo‟lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to‟lash aqlga sig‟masdi. Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo‟q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo‟ yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishi yoki urushga kirib, shaksiz mag‟lubiyat va inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi. Qolaversa, Germaniya hukumati mag‟lub Rossiyaga bundan ham og‟ir va tahqirlovchi tinchlik bitimi imzolatilgan BrestLitovskni yaxshi xotirlardi. Har qalay, Versal shartnomasida bir paytlar
Rossiyaga berilmagan ba‟zi bir imkoniyatlar mavjud edi. Brest Litovsk shartnomasiga asosan Rossiya tovonni darhol oltin, oziqovqat, xom ashyo bilan to‟lashga majbur qilingan bo‟lsa, Versal shartnomasida ma‟lum vaqt berilgandi. Germaniya hay‟ati shartnomani imzoladi. Parij konferensiyasida Millatlar Ligasi tashkil etildi. Uning nizomi tinchlik shartnomalari matniga ham kiritildi va 44 mamlakat tomonidan imzolandi. Millatlar Ligasi birgalikda xalqaro siyosat olib borish va umum manfaati yo‟lida, ayniqsa, urush xavfi tug‟ilganda maslahatlashishga rozi bo‟lgan mustaqil davlatlarning umumiy organi sifatida rejalashtirilgan edi. Nizomning 16moddasida agressorga nisbatan iqtisodiy va harbiy jazo choralari qo‟llash ko‟zda tutilgandi. Liga biror marta ham bu jazo choralarini qo‟llay olmadi, chunki uning ixtiyorida harbiy kuchlari ham, davlatlar o‟rtasida obro‟e‟tibori ham yo‟q edi. Millatlar Ligasi Konvensiyasida uning a‟zolari zimmasiga «barcha a‟zolarning hududiy butunligini hurmat qilish va asrash» yuklatilgan edi. Ammo keyingi voqealar shuni ko‟rsatdiki, hech 1dm bu shartlarni chindan ham bajarishga tayyor emas edi. Germaniya va Rossiyaning ligadan chiqarilganhgi mazkur xalqaro tashkilotning samaradorligini pasaytirdi, uning faoliyati munozara va muzokaralar bilan cheklanib qoldi. Millatlar Ugasi (1919-1946) xalqlarning tinchlik va xavfslzlik yo‟lidagi hamkorliginl amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. Fashist davlatlar ittifoqiga befarq qaraganligi uchun Ikklnchi jahon urushi boshlanganldan keyin amalda o‟z faoliyatini to‟xtatdi. Urush aybdorlari deb e‟tirof etilgan boshqa mamlakatlar bilan ham ayriayri shartnomalar imzolandi. 1919 yil 10 sentabrda Parij yaqinidagi Sen Jermen saroyida Avstriya bilan shartnomaga qo‟l qo‟yildi. Unda sobiq AvstroVengriya yo‟q bo‟lganligi, Avstriya hududi sezilarli o‟zgarishlarga uchraganligi qayd etildi. Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o‟tdi. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo‟shildi. Bukovina Ruminiyaga berildi. Avstriyaga faqat 30 ming kishidan iborat armiyaga ega bo‟lish ruxsat etildi, uning floti ittifoqchilar ixtiyoriga berildi, Avstriyaning Germaniya bilan qo‟shilishi batamom taqiqlandi. Bolgariya bilan shartnoma 1919 yil 27 noyabrda Parij yaqinidagi NeyisyurSen shaharchasida imzolandi. Unda Bolgariya qurolli kuchlari soni 20 ming
kishi bilan chegaralangan, hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiya foydasiga olib qo‟yilgan edi. Bolgariyaga tovon to‟lash majburiyati ham yuklatilgandi. 1920 yil 4 iyunda Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Unga ko‟ra, Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo‟lmasligi lozim edi. Ayni paytda tovon to‟lashi ko‟zda tutilgandi. Xorvatiya, Bachka va Banatning g‟arbiy qismi - Yugoslaviyaga, Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi- Ruminiyaga, Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi - Chexoslovakiyaga beriJdi. 15
Turkiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladilar. Unga ko‟ra, Turkiya o‟ziga qaram hududlarning 80 foizini qo‟Idan berdi (Falastin, Transiordaniya, Iroq, Suriya, Livan va h.k.). Qora dengizdagi bo‟g‟ozlar harbiy kuchlardan xoli qilindi, Qora dengizdan uzoq davlatlar undan o‟z harbiy kemalarini bemalol o‟tkazish huquqini qo‟lga kiritdilar. Turkiya hududi Kichik Osiyo yarim oroli va Istanbul (Konstantinopol) shahrini o‟z ichiga olgan Yevropadagi ozgina hudud bilan cheklangan edi. Turkiyada yarim mustamlaka tuzumi o‟rnatildi. Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur ziddiyatlar mavjud bo‟lib, keyinchah‟k ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g‟olib va mag‟lub davlatlar o‟rtasidagi nizolarda namoyon bo‟ldi. Shartnomalarning talonchilarcha shartlari mehnatkashlarning yelkasiga og‟ir yuk bo‟lib tusndi. tin esa ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab bo‟ldi. Germaniya vayron bo‟hnagan, u asosan o‟zining harbiysanoat imkoniyatlarini saqlab qolgan, mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo‟shinlar yo‟q edi. Germaniya Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni poylardi. Hatto qurolli nizo evaziga bo‟lsada, uning moddalarini qayta ko‟rib chiqishga erishish niyatida edi. Gitler keyinchalik aholining katta qismini o‟zining ahmoqona g‟oyalari bayrog‟i ostida birlashtirgani ham bejiz emas. AvstroVengriya imperiyasi ko‟plab mayda davlatlarga bo‟linib ketdi. Davlatlar chegarasida vujudga kelgan boj to‟siqlari Yevropa tijoratini izdan chiqardi, xom ashyo manbalarini ishlab chiqarish
15 Lafasov M. Jahon tarixi “Turon -iqbol” T., 2008. 15-bet
mintaqalaridan, ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan ajratib qo‟ydi. Bu esa yangi ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ziddiyatlar dushmanlikka aylanib, tinchlik shartnomalari tufayli yuzaga kelgan nizolarning yanada kuchayishiga sabab bo‟ldi. Urush paytida ittifoqchi bo‟lgan davlatlar o‟rtasida murosasiz ziddiyatlar mavjud edi. Eng asosiysi Angliya va Fransiya o‟rtasidagi raqobat bo‟lib, ularning har biri Yevropa qit‟asida gegemonlikka intilardi. Fransiya tuzoqqa tushib qolgan, uning taqdiri Angliyaning xayrixohligiga bog‟liq bo‟lib qolgandi. Angliya bundan keyin uning tarixiy taqdirini belgilay olar edi. Fransiyaning ziddiyatli xalqaro ahvoli ichki hayotiga ham ta‟sir ko‟rsatgan, o‟tkir ijtimoiy va siyosiy nizo butun mamlakatda keskin vaziyatni vujudga keltirgan edi. Buning ustiga AQSh Germaniya harbiysanoat majmuasini qayta tiklashga katta mablag‟lar sarflab, Fransiyaning sharqiy chegaralarida yangi harbiy devning paydo bo‟lishiga, uning hayotmamot dushmani arvohini qayta
tiriltirishga ko‟maklashayotgandi. Fransiya shartnomalarning samaradorligi kafolatchisi deb hisoblanardi, ammo Angliya va AQSh siyosati qarshisida bu vazifa uydirma, shartnomalar esa xomxayol bo‟lib qoldi. Rossiya Millatlar Ligasiga kiritilmagan va shartnomalarning tayyorlanishida ishtirok etmagan edi. Ammo uning ishtirokisiz Yevropadagi tinchlik mustahkam bo‟la oknasdi. Rossiyani yakkalab qo‟yishga urinish sovet davlati rahbariyatida o‟ta ekstremist unsurlar diktaturasining kuchayishiga, iqtisodiyotda va siyosatda biqiqlikka sabab bo‟ldi. Rossiyaning tashqi siyosatida urushlarning muqarrarligi haqidagi, jahon inqilobini tayyorlash va amalga oshirishning zarurligi to‟g‟risidagi mafkuraviy nazariya hukmron bo‟lib qoldi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling