Referat mavzu: Xom ashyoni boyitish. Bajardi: guruh talabasi Tekshirdi
Download 40.2 Kb.
|
Referat
Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi.
Sanoat xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) ishlab chiqarish xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va b. kiradi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi. Bizning mamlakatimiz xalq xo'jaligini mineral xomashyoga bo'lgan talabini amalda to'la ta'minlanishiga imkoniyati bo'lgan qudratli xomashyo bazasiga egadir. Xomashyo zahiralarining ko'pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalari — Olmaliq «Ammofos-Maxam» AJ, «Maxam-Chirchiq» «Farg'ona azot»• AJ, «Navoiyazot» AJ, «Toshkent lokbo'yoq zavodi» OAJ QK, «Dehqombod kaliyli o'g'itlar zavodi» UK, «Qo'ng'irot soda zavodi» UK, «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ, «Qo'ng'irot natriy sulfat» MChJ QK va qator boshqa kimyo sanoati korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar Olmaliq, Chirchiq, Fałg'ona, Qo'qon, Navoiy, Sho'ltan, Dehqonobod va respublikamiming boshqa hududlarida yirik kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Xomashyodan foydalanish nuqtai nazardan kimyo sanoatining asosiy xususiyatlari: yer osti xomashyo resurslari (fosfatli xomashyolar, kaliyli tuzlar, oltingugurt, tabiiy gaz; neft, ko'mir), qłshloq xo'jalik mahsulotlari, havo va suv, shuningdek kimyo sanoatida xomashyoni qayta ishlash mahsulotlari (ftorli gazlar, sulfatlar, fosfogips va xokazo) va bir-biriga bog'liq tarmoqlar (masalan, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va koks kimyosi chiqirrli gazlari) ni inobatga Olgan holda xomashyo bazasining ko'p variantliligi; turli xil kimyoviy mahsulotlar olish uchun birgina xomashyodan kompleks foydalanishning keng imkoniyatlarini mavjudligi; birgina omashyodan tudi kimyoviy mahsulotlar Olishga imkon beradigarvko'p turdagi kimyoviy qayta ishlash usullarining mavjudligi kabilarda yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, benmldan kauchuk, polistirol, kaprolaktam, yadoximikatlar va boshqa malsulotlar olinishi mumkin. Shu bilan birga usullarning xilma-xilligi bitta mahsulotning turli xil xomashyolardan Olish imkonini beradi. Masalan: asetilen ishlab chiqarishda tabiiy gaz, ftni qayta ishlash gazlari, neft qazib Olish yo'ldosh gazlari, kalsiy karbid; kaprolaktam ishlab chiqarish uchun esa — benzol, fenol, anilin yoki toluol ishlatilishi mumkin. Ko'pgina kimyoviy mahsulotlar bir necha yo'llar bilan olinishi mumkin. Masalan sulfat kisłota ishlab chiqarishning kontaktli va minorali usullari, superfosfat ishlab chiqarishning kamerali, oqimli va boshqa usullari ishlab chiqarishning bug'-fazali va sulfat kisłotali gidratatsiya usullari va xokazo ko'rsatish mumkin. Kimyo sanoatida tog '-kon ruda, neft, gaz, o'rmon va sellyulozaqog'oz sanoatlari, qora va rangli metallurgiya korxonalarining mahsulotlari xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, misli, ruxli,qo'rg'oshinli ruda va konsentratlarni kuydirishda hosil bo'ladigan rangli metallurgiya chiqindi gaz]aridan ajratib olinadigan sulfit angidrid sulfat kisłota ishlab chiqarishning qimmatbaho xomashyosi hisoblanadi. Oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadigan maxsus xarajatlarsiz har bir tonna mis metali suyuqlantirib Olish hisobiga 10 t dan ortiq sulfat kisłota Olish mumkin bo'ladi. Xomashyodan-to'la va kompleks foydalanish, tarkibidagi asosiy modda miqdori kam bo'lgan xomashyolarni qayta ishlash imkoniyatini yaratish, kimyo sanoati va boshqa tarmoqlar chiqindilarini ichki qayta XULOSA Keng maʼnoda xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) ishlab chiqarish xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqalar kiradi. Ko'pgina kimyoviy mahsulotlar bir necha yo'llar bilan olinishi mumkin. Masalan sulfat kisłota ishlab chiqarishning kontaktli va minorali usullari, superfosfat ishlab chiqarishning kamerali, oqimli va boshqa usullari ishlab chiqarishning bug'-fazali va sulfat kisłotali gidratatsiya usullari va xokazo ko'rsatish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: Мухленов И.П. Практикум по обќей химической технологии. М:Вўсшая школа Атрошенко В.И. Курс технологии связанного азота М:Л: Химия 1968. Атрошенко В.И. Технология связанного азота М-Л. Госхим изд. Позин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонические вешеств. Л.: Химия 1980. Arxiv.uz Ziyouz.com Wikipedia.org Download 40.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling