Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giltuproq minerallar guruxiga
Karbonatlar guruxiga kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
Kalsit (CaCO 3 ) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa kul rang, sariq, pushti yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 g/sm 3 , qattiqligi 3. Dolomit (SaCO 3 . MgCO 3 ) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘irrang mineral. Zichligi 2,8 g/sm 3 , qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog‘lovchilar ishlab chiqarishda xom ashyodir. U kesilib bloklar xolida va maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Magnezit (MgCO 3 ) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral bo‘lib, zichligi 3,0 g/sm 3 , qattiqligi 3,5-4,5. Magnezit 1500-1650 0 S kuydirilib yuqori haroratga bardoshli materiallar (g‘isht, blok) va 750800 0 S kuydirilib magnezial bog‘lovchi olinadi. Giltuproq minerallar guruxiga kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar kiradi. Kaolinit (Al 2 O 3 . 2SiO 2 . 2H 2 O) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil aralashgan rangli mineral bo‘lib, zichligi 2,6 g/sm 3 , qattiqligi 1. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi. Gidroslyudalar slyuda va dala shpatlarining yemirilishidan hosil bo‘ladi. Gidroslyuda harorat ta’sirida ko‘pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit g‘ovak jinsi yyengil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit cho‘kindi jinslarning, xususan giltuproqlarning asosini tashkil qiladi. Sulfatlar guruxiga gips va angidrit kiradi. Gips (CaSO 4 . 2H 2 O) oq, qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi mineraldir. Zichligi 2,3 g/sm 3 , qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi ishlab chiqarishda xomashyodir. Angidrit (CaSO 4 ) oq, kulrang, pushti, och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 g/sm 3 , qattiqligi 3-3,5. Angidrit mineral bog‘lovchi ishlab chiqarishda xom ashyo bo‘ladi. Cho‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar teksturasi esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling