Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulqon tufi
Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir
turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi. Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi. Porfirlar-mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari granitnikiga o‘xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari sienitning xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 g/sm 3 , siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalari, Yo‘l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi. Andezit-plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat bo‘lib, dioritning o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 g/sm 3 , siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchilar olishda ishlatiladi. Bazalt-zich,goxida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning o‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g/sm 3 , siqilishdagi mustahkamligi 110500 MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan xolatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bezaltni yuqori haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlikdan izolyaysiyalovchi matolar olish mumkin. Diabaz-gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam (300-400 MPa), zich bo‘lgani uchun yo‘l qurilishida ishlatiladi. Pemza-g‘ovak vulkanik shisha oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%, zichligi 2-2,5 g/sm 3 , o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 g/sm 3 , siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemza issiqlik izolyatsiyalovchi xususiyatga ega, undan yyengil betonlar uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar olish mumkin. Vulqon tufi- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va zichlashishidan hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigar rang bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi. Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog‘liklarda ko‘plab uchraydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling