Referat mavzulari ro’yxati


SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3.SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari 
SHisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli xossalari barcha 
nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi.
SHishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning tarkibida 
mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. SHishaning bu xolati uning 
“mikrogeterogenligi” 
deyiladi. 
Kristallitlik 
nazariyasi 
asosida 
xossalari 
mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar-sitallar yaratiladi. SHishaning o‘ziga xos 
strukturasi uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, o‘tga chidamligini, harorat 
o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi.
Nazariy mustahkamligi. Deraza oynalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 6500-8000 
MPa bo‘ladi. SHisha strukturasida
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa bo‘ladi. 
SHishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi xollarda 1200 MPani tashkil 
etadi.
Nur o‘tkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur o‘tkazuvchanligi 9092%, 
profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki 80-85% ni tashkil etadi. SHisha nurni 
qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat 2% nurni o‘zi yutgani sababli nur 
o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Deraza oynalari 
infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa Yomon o‘tkazadi. SHisha zich 
material (2,5-2,6 g/sm
3
) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. SHu sababli binolarga 
tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya xolatini Yomonlashtiradi. 
Tovushni izolyasiyalash deraza oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga bog‘liq 
bo‘ladi.
SHishaning issiqlikka munosabati. Deraza oynalarining 100
0
S haroratdagi issiqlik 
izolyasiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vt/m
0
S tashkil qiladi. Tarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p 
bo‘lgan shisha issiqlikni kam o‘tkazadi. Ko‘pikshishaninig issiqlik izolyasiyasi 
koeffitsienti 0,045-0,058 Vt/m
0
S bo‘ladi. Xona haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63-
1,05 KJ/kg
0
S ni tashkil etadi. SHishaning issiqlik sig‘imi va issiqlikdan termik kengayishi 
uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilish shishasining haroratdan chiziqli 
kengayish koeffitsenti (9
.
10
-6
-15
.
10
-6
)
0
S
-1
ni eng kichik ko‘rsatkichi 0,58
.
10
-60
S
-1
tashkil 
etadi.
SHishaning issiqqa bardoshligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientiga, o‘z 
navbatida shisha xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qurilish 
shishasining issiqqa chidamliligi 120
0
S atrofida bo‘ladi. SHisha tarkibiga kremniy, bor va 
sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti, demak issiqqa bardoshligi 
oshiriladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling