Referat mavzulari ro’yxati
-Maruza: KERAMIK MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
5-Maruza: KERAMIK MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI. REJA: 1 Keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi 2 Ishlab chiqarish. Keramik buyumlar xossalari shakli, xom ashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish. Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir Yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib olishda karer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi o‘simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi. Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo‘shimchalar qo‘shish, barcha komponentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo massasi buyum turi, xom ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho‘l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom ashyo massasidan g‘isht, keramik tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, xom ashyo massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi. yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi. rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-gil kareri; 2-ekskavator; 3- gil zaxirasi; 4-vagonetka; 5-yashikli uzatgich; 6-qo‘shimchalar; 7-begunlar; 8-valetslar; 9- lentali press; 10-keskich; 11-taxlovchi moslama; 12-telejka; 13-quritish xonalari; 14- tunnel pechi; 15-o‘zi yurar telejka; 16-omborxona. Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab olinishi mumkin. Bu usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar tayyorlanishi mumkin. Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, presskukun 2- 6% namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar tayyorlanadi. Shliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi. 2-rasm. Lentali vakuumli press 1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 6vakuum- kamera; 7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama. Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda qoplama plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari tayyorlanadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling