Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- LABORATORIYA №15. 15-ISHI: BETON NAMUNALARINI SINASH VA MARKA (KLASS) BELGILASH
LABORATORIYA №14. 14-ISH: BETON NAMUNALARINI TAYORLASH VA ULARNI SAQLASH Betonning o‘rtacha zichligini aniqlashda, sinash uchun qorishma tayyorlanadi. 1 l hajmdagi silindr idish sinashdan oldin obdon quritiladi va tarozida tortiladi. Idishni beton qorishma bilan to‘ldiramiz. Beton qorishma diametri 10-12 mm li po‘lat sterjen bilan 25 marta zichlanadi. So‘ng zichlangan qorishma yuzasi tekislanib 5 g aniqlikkacha tarozida tortiladi. Natijalar quyidagi 1-formulaga qo‘yilib, qorishma o‘rtacha zichligi hisoblanadi: V m m б 1 (1) bu erda: m - betonning idish bilan massasi, g; m 1 - idish massasi, g; V – idishning hajmi, 1000 sm 3 ga teng. BETONNING NOMINAL TARKIBI Ishlab chiqarishda tayyorlanadigan beton tarkibiy qismlarining massasi bo‘yicha nisbatini hosil qilish uchun har bir materialning kg lar hisobidagi sarfi sement sarfiga taqsimlanadi: 88 , 0 Ц С bo‘lganda S/S:Q/S:SH/S=2,1/2,1:6,6/2,1: 12,8/2,1=1:3,1:6 a) massa bo‘yicha S : K : SH = 1 : 3,1 : 6 S\S =0,88 S/S:Q/S:SH/S=0,89/0,89:2,82/0,89:5,48/0,89=1:3,1:6,1 b) hajm bo‘yicha S : K : SH = 1 : 3,1 : 6,1 S\S =0,88 3- LABORATORIYA №15. 15-ISHI: BETON NAMUNALARINI SINASH VA MARKA (KLASS) BELGILASH Asbob va uskunalar. 10x10x10 sm li beton namunasi, chizg‘ich, gidravlik press. Ishlash tartibi. Beton namunalarini sinash va markasini belgilashda 10x10x10 sm li kum namunalari tayyorlanadi. Sinaladigan namunalar to‘g‘ri geometrik shaklda bo‘lishi kerak. Namunani sinashdan oldin uning kuch tushadigan yuzasining tomonlari ikki martadan o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzasi (S) 0,1 sm 2 aniqlikkacha hisoblanadi. Siqilishga sinaladigan namunaga tushadigan kuch qolipdagi qorishmaning joylanish yuzasiga parallel bo‘lishi kerak. Beton namuna press plitkasining markaziga o‘rnatiladi va sekundiga 0,2- 0,3 tezlikda namuna yorilguncha kuch beriladi. Uchta beton namunasining sinash natijasida olingan natijalarning o‘rtacha arifmetik qiymati betonning siqilishga mustahkamlik chegarasini ifodalaydi va u quyidagi 2-formula orqali hisoblab topiladi, olingan natijalar jadvalga yozib boriladi. S P R б сик , MPa. (2) Oddiy beton namunalarini nam sharoitda 28 kungacha saqlashning iloji bo‘lmasa, ularni 3 yoki 7 kun namlikda saqlab, so‘ngra sinash ham mumkin. U holda betonning siqilish (egilish)dagi mustahkamlik chegarasi quyidagi 3-formula oraqali hisoblanadi: , lg 28 lg 28 . n R R n б сик (3) tayyorlangan kun – sinalgan kun – qotirish uchun ketgan kun –….. № Namuna o‘lchamlari, sm Kesim yuzasi, sm 2 Buzuvchi kuch, kgs Sikilishga mustah- kamlik chegarasi , kgs/sm 2 eni qalinligi 1 2 Bo‘lim bo‘yicha umumiy xulosalar: QURILISH QORISHMALARI Vazifa. Murakkab qurilish qorishmasining tarkibini hisoblash, xossalarini aniqlash va DST ga solishtirish. Qorishmalar haqida umumiy ma’lumotlar. Qurilish qorishmasi bog‘lovchi materiallardan birontasini (sement, ohak, gips va boshqalarni) suv, qum va har xil qo‘shilmalar bilan qorishtirib tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari sochiluvchanlikda, tosh, g‘isht, bloklar va boshqa materiallardan devorlar qurishda devorbop bloklar, plitalar, taxtalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish qorishmalarining ishlatishga yaroqli ekanligini bilish uchun laboratoriyada uning quyuq yoki suyuqligi, yoyiluvchanligi, hajmiy massasi, undagi havo pufakchalari hajmi, suv ushlashlik qobiliyati tekshirib ko‘riladi. Qorishmaning yoyiluvchanligi orqali uning texnik xossalari o‘rganiladi. G‘isht yoki bloklardan devor terishda ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi qorishma quyi yuzadagi chuqurcha va yoriqlarni yopa oladigan qulay joylashuvchan, mayin bo‘lishi kerak. SHu bilan birga g‘isht terganda qorishma ularning choklaridan oqib ketmasligi lozim. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling