Referat mavzulari ro’yxati
Plastik qoliplash usuli bilan g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Plastik qoliplash usuli bilan g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi
Plastik qoliplash usulida loyning namligi 18-25 % buladi. Bu loydan g‘isht va toshlar tayyorlash uchun lentali preslar ishlatiladi. Ular vakuum bilan yoki vakuumsiz ishlaydigan to‘rlarga bo‘linadi. Vakuumsiz ishlaydigan lentali presning tuzilishi quydagi rasmda ifodalangan. 15-1-rasm. Lentali vakuumsiz press. 1. Shnes 2.Korpus. 3.Utkaziladigan moslama (golovka). 4.Mundshtuk. Vakuumli preslarda qoliplanganda buyumlarning xossasi o‘zgaradi. Bu usul 30- chi yillarda qo‘llanila boshlagan. Vakuum yordamida qoliplashda qoliplangan massaning plastikligi ko‘tarilib mustaxkamligi 1,5 marta ko‘tariladi, zichligi 6-8 % oshadi. Suv talabchanligi (massaning) 2-3 % kamayadi. Pishirilgan buyumlarning 3 1 2 4 59 o‘rtacha zichligi 3-4 % ga oshadi, suv shimuvchanligi 10-15 % kamayadi, mustaxkamligi 2 barobar oshadi, qoliplash jarayonida brak maxsulot kamayadi. Lentali pressning mundshtukidan chiqqan qoliplangan massa pichoqlar yordamida qirqiladi, maxsus moslamalar yordamida vagonchalarga joylashtiriladi, va quritishga yuboriladi. Quritish-devorbop sopol buyumlarni qoliplash namligi 18-22 % (chet ellarda 14-16 % namlik bilan qoliplaydigan preslar bor). Pishirishdan oldin ularni 5 % namlikgacha quritiladi. Quritish jarayonida iloji boricha qisqaroq mo‘ddatda quritiladigan kam enegiya sarf bo‘ladigan, maxsulot sifati yuqori bo‘lishni ta’minlaydigan rejim qabul qilinishi kerak. Quritish jarayoni 3 bosqichdan iborat: 1. Namlik buyumning ichidan yuzasigacha chiqadi, (ichki diffueiya). 2. Suv yuzasidan bug‘lanadi va atrofdagi xavoga singadi (tashqi diffuziya) 3. Namlikquritilayotgan bo‘shliqdan chiqib ketadi. Quritish jarayonidagi asosiy ko‘rsatgich materialning yorilishiga chidamliligi. Devorbop sopol materiallarning yorilishiga chidamliligini oshirish uchun quydagi usullarni qo‘llash mumkin: 1. Giltuproqni bug‘ yordamida namlash bunda buyumni boshlang‘ich temperaturasini oshiradi. Bug‘ bilan namlashda buyumlarni quritish muddati qisqaradi, quritishning boshida bug‘larning kondensatsiyalanishi tamom bo‘ldi. 2. Qoliplashdan oldingi giltuproqni quritish barabanlarida qizdirish. 3. Plastiklikni kamaytiradigan qushimchalar qushish. 4. Yog‘och qirindilarini qushish eng yaxshi usullardan bir-ular armatura vazifasini bajarib sopol massaning mustaxkamligini oshiradi. 5. Giltuproqga gips qushish-qoliplangan buyumlarning mustaxkamligini oshiradi. (rasm) 0,4 0,3 0,2 0,10, 1 0,2 0,5 1,0 2,0 3,0 15-2-rasm. 60 Gips qo‘shimchasini (%) sopol massani siljish kuchlanishining chegarasiga ta’siri. 1-0 % 2-1 % 3-3 % 4-4 % 6. Giltuproqga vakuumli ishlov berish-giltuproqdan tayyorlangan namunaning mustaxkamligi oshadi, quritish muddati qisqaradi. 7. Giltuproqqa oz miqdorda (0,5 % giltuprq massasiga nisbatan) kerosin quyish- bir qism bog‘langan suv erkin suvga aylanadi, quritish xossalari yaxshilanadi. 8. Yuqori plastiklik tuproqlar qushish-quritish xossalarini yaxshilaydi va mustaxkamlikni ko‘paytiradi. Sopol buyumlarni quritish uchun 1945 y gacha asosan kamerali quritgichlar ishlatilar edi. Ularning asosiy kamchiligi-quritish bir tekisda bo‘lmaydi, ko‘p vaqt ketadi 72-96 soat quritilgan buyumlaning sifati past, ko‘p issiqlik enirgiyasi sarf bo‘ladi. Bu kamchiliklarni xisobga olib 1945 yildan keyin asosan tunelli quritgichlar ishlatiladi, bular uzluksiz ishlaydigan bo‘lib, iqtisodiy jixatdan qulay. To‘nelli quritgichlar qarama-qarshi oqim rejimida ishlaydi. Ularda quritish muddati 16-36 s ba’zi xollarda-48 soat. Ularning ko‘pchiligi retsirkulyasiya bilan ta’minlangan, bunday quritgichlarda quritish jarayoni bir tekisda olib boriladi. 1.Haqiqiy quritish tezligi. 2.Mumkin bo‘lgan quritish tizligi Quritish jarayonida yoriqlar xosil bo‘lishi quritish tezligiga bog‘liq. Tezlik chiziqlarini urganib kursak (rasm 2) mumkin bo‘lgan quritish tezligining chizig‘i bir tekisda oshib boradi, xaqiqiy quritish tezligi esa avval oshib boradi, keyin tushadi. Agar bu ikkita chiziqlar kesishsa, buyumda yoriqlar xosil bo‘ladi. (a), agar butun tunel buylab mumkin bulgan quritish tezligining chizig‘i, xaqiqiy tezlik chizig‘idan yuqorida bulsa yoriqlar xosil bo‘lmaydi (b). Shuning uchun isitadigan manbaning (teplonositel’) boshlang‘ich temperaturasini kamaytirish yoriqlar xosil bo‘lishini oldini oladi. Tunelli quritgichlarda quritish rejimning umumiy qonuni: quritish vaqtining birinchi ⅔ qismida namlikning ⅓ qismi bug‘lanishi kerak, qolgan ⅔ qismi namlik quritish vaqtining ⅓ qismida bug‘lanishi kerak. SHunday rejimda quritishni bir tekisda olib borish imkaniyatlari mavjud bo‘ladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling